Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja
Download 0.92 Mb.
|
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qori Niyoziy, Abdurahmon Sa’diy, Abdulla Avloniy, Yah’yo G‘ulomov, Po‘lat Soliyev, Toshmuhammad Sarimsoqov, Halil Rahmatullin, Habib Abdullayev, Sobir Yunusov singari
- «Hujum» harakati.
Ilm-fan soxasining rivojlanishi. Respublikada ilm-fanning ravnaq topishi ham tabiiy holdir. Yurtning ko‘plab iqtidorli, zakovatli yoshlari o‘zlarini ilm-fanga bag‘ishlab, asta-sekin uning cho‘qqilariga ko‘tarilib bordilar. 1930 yillarga kelib o‘zbek fanining turli yo‘nalishlarida o‘z yuksak salohiyatini namoyon etib, o‘z ilmiy maktabiga asos solgan Qori Niyoziy, Abdurahmon Sa’diy, Abdulla Avloniy, Yah’yo G‘ulomov, Po‘lat Soliyev, Toshmuhammad Sarimsoqov, Halil Rahmatullin, Habib Abdullayev, Sobir Yunusov singari fan allomalari yetishib chiqdi. Ayni paytda respublikada ko‘plab ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari tashkil etilib, fanning turli dolzarb muammolari ustida izlanishlar olib bordilar. Bular jumlasiga Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (SoyuzNIXI), Madaniy qurilish, Huquq-tadqiqot insitutlari, Gidrometrologiya instituti, Geliotexnika labaratoriyasi, Astronomiya observatoriyasi va boshqalarni misol qilish mumkin.Mazkur institutlar va ilmiy markazlarga jalb etilgan fan fidoyilari ittifoq va respublika ahamiyatiga molik qanchalar hayotiy muammolarning yechimini topishda jiddiy tadqiqotlar olib bordilar. Ayniqsa paxtachilik, uning tez pishar, sifatli navlarini yaratish sohasida muhim yangiliklar qilindi. Geolog olimlar sa’y - harakatlari bilan yangi konlar, turli xil ma’dan topilmalari kashf qilindi. 1927 yilda Farg‘ona vodiysida Sho‘rsuv neft koni ochildi. Sement ishlab chiqarish uchun xomashyo qidirib topildi. Qator mis, oltin, kumush, qalay, marmar konlari topilib, ishga tushirildi. Respublikada ijtimoiy fanlar, shu jumladan, tarix va arxeologiya sohalarida ham ancha ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘zga tashlandi. Yirik arxeolog olimlar: Ya.G‘ulomov, S.Tolstov Xorazmda, M.YE.Masson Samarqandda, V.A.Shishkin, O.Nabiyev, A.T.Okladnikovlar Ohangaron vodiysi va Termiz atrofida katta hajmdagi qazilma ishlarini olib bordilar. Boysunda eng qadimgi ajdodlarimiz nasliga oid neandertal odami qoldiqlari, madaniy izlari topilishi fanda muhim yangilik bo‘ldi. O‘zbekiston fani markaz olimlari tomonidan ham e’tirof etildi. 1940 yil 9 yanvarda O‘zbekiston hukumati huzuridagi Fan qo‘mitasi negizida SSSR FAning O‘zbekiston filiali ta’sis etildi. O‘sha kezlarda uning tarkibida 75 ta ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari mavjud edi. Ular 3024 nafar ilmiy xodimlarni o‘z safiga birlashtirgandi. Bularning 109 nafari fan doktorlari, 510 nafari fan nomzodlari edilar. 1943 yil 4 noyabrda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ochildi, uning birinchi prezidenti etib taniqli olim T.N.Qoriniyoziy saylandi. «Hujum» harakati.
XX asrning 20-yillarida o‘z mohiyati bilan o‘zbek xotin-qizlarini tutqinlikdan ozod qilishga qaratilgan harakat boshlanadi. Ma’lumki, Turkiston xotin-qizlari hayoti asrlar davomida musulmonchilik qonun-qoidalari va an’analari asosida kechgan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Jumladan, ular uy-ro‘zg‘or ishlari va farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishgan. Sovet hukumati esa bunday turmush tarziga diniy xurofot sifatida qaradi. Shu bilan birga ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi, ularning tor oila muhitidan ozod bo‘lib, keng ijtimoiy-siyosiy hayotga tortilishi g‘oyasi ilgari surildi. Shu narsa haqiqatki, jamiyat rivojlanib borar ekan, odamlarning ongi ham o‘zgarib boradi. Turmush tarzi yangilanadi, u zamonga moslashadi. Shu ma’noda o‘zbek ayollarini paranjidan ozod qilish yangi tuzum oldidagi muhim vazifalardan ekanligi tabiiydir. Biroq bu masalani eng avvalo jamiyat fuqarolari orasida keng ko‘lamli tushuntirish, ma’rifiy yo‘llar orqali hal qilish mumkin edi. Jadid rahbarlari M.Behbudiy, F.Xo‘jayev, A.Fitrat, A.Cho‘lpon, A.Avloniylar ham bu masalani hal etishni o‘z oldilariga muhim vazifa qilib qo‘ygan edilar. Shu maqsadda tashkil etilgan respublika, viloyat, tuman, shahar sovet tashkilotlari qoshidagi xotin-qizlar bo‘limlarida dastlab umuman to‘g‘ri ish olib borilgandi. Buning natijasida xotin-qizlar ijtimoiy foydali mehnatga, jamoatchilik ishlariga faol tortila boshlandi. Uni o‘zbek xotin-qizlari xursandchilik bilan kutib oldi. Chunki ochiq yurish, yorug‘ olamni ko‘rish, ilm olish, erkaklar bilan teng huquqli bo‘lish ularning ham asriy orzusi edi. Biroq VKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining 1926 yil sentyabrdagi maxsus qarori asosida bu harakatni sun’iy ravishda tezlashtirishga kirishildi. Oqibatda bu majburiy harakat «Hujum» nomini oldi. Biroq bu harakat afsuski, shoshma-shosharlik, ma’muriyatchilik yo‘li bilan mahalliy shart-sharoitlarni, xalq udumlari, urf-odatlarini e’tiborga olmasdan jadallashtirildi. Bunga hattoki erkak kommunistlar ham tayyor emas edilar. Xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish harakati dastlab ancha sezilarli yutuqlarga erishib bordi. 1927 yil bahoriga kelib 100 ming ayol paranji tashladi. Ming-minglab ayollar korxonalarga, turli yumushlarga tortildilar. Ular orasidan ko‘plab traktorchilar, brigadirlar, kolxoz raislari, klub va kutubxona mudirlari tayyorlandi. Jumladan, 1927-1929 yillarda sudlarning xalq maslahatchilari orasida o‘zbek ayollari 563 kishiga etdi. 1926 yilda birgina Toshkent va Farg‘ona viloyatlari «Qo‘shchi» uyushmalarining 4900 ayol a’zolari bor edi. 1927 yil davomida 7169 ayol kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lib kirdi. 5916 ayol matlubot kooperatsiyalariga a’zo bo‘ldi. 2343 xotin-qizlar davlat organlariga saylandi. 1927-1928 yillarda «Hujum» harakati yanada keng quloch yozdi. Paranji tashlagan ayollar uchun 32 ta savodsizlikni tugatish maktablari tashkil qilindi. 1927 yilda birgina Qo‘qon okrugida bunday maktablar soni 75 taga yetkazildi. Toshkentning eski shahar qismida 1409 o‘quvchini qamrab olgan 35 ta ayollar maktabi faoliyat ko‘rsatdi. Biroq bu borada qo‘llanilgan zo‘rlash, majburlash yo‘li va usullari o‘zining salbiy natijalarini bermasdan qolmadi. Joylarda xotin-qizlarni o‘ldirish hollari ruy berdi. Masalan, Oltiariq tumani Poloson qishloqlik dehqon Abduqodir Hojimatov o‘z xotinini osib o‘ldirdi. Andijon viloyatida faol ishchi ayollardan sanalgan Xadicha Eshboboyeva qora kuchlar tomonidan o‘ldirildi. Umuman, 1927-1928 yillarda 2,5 mingdan ortiq faol ayollar yovuz kuchlar qurboni bo‘ldi.Ammo «Hujum» harakati qiyinchiliklar bilan bo‘lsada, hayotga tadbiq etib borildi. Buning natijasida o‘zbek ayoli ijtimoiy ishlab chiqarishga, hatto eng og‘ir mehnat talab qiladigan ishlarga ham tortildi. «Hujum» harakatining o‘sib borishi davomida 1937 yilga kelib 273637 nafar o‘zbek xotin-qizlari savodsizlikni tugatish kurslarini muvaffaqiyatli bitirdilar. Ayol ishchilar va xizmatchilar soni 1940 yilda 232 ming kishiga etdi. Bu esa butun respublikadagi ishchilarning 40,7 foiziga teng edi. Ular tikuvchilikda 82,3 qandolatchilikda 65,5, to‘qimachilikda 88 foizni tashkil etardi. Shu bilan birlikda bu mavsumiy harakat ko‘pgina salbiy oqibatlarning yuz berishiga ham sabab bo‘ldi. «Hujum» harakatida faol ishtirok etib, butun ongli hayoti, faoliyatini sotsializm ishiga, uning soxta g‘oyalari chinligiga ishongan qanchalab ilg‘or xotin-qizlar keyinchalik qatag‘on qurboni bo‘ldilar. Bunga o‘zbek xotin-qizlari ozodligi kurashining taniqli namoyandalari – Tojixon Shodiyeva, Sobira Xoldorova, Xosiyat Tillaxonova, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova singarilarning fojiali hayoti to‘la misol bo‘la oladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling