Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja


Download 0.92 Mb.
bet33/79
Sana20.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1105349
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79
Bog'liq
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi

Ta’lim tizimi va uning ahvoli. XX asrning 20-30 yillarida madaniy-ma’naviy soha ham o‘ziga xos murakkablik, qiyinchilik bilan kechdi. 1920-yillar boshlariga kelib O‘zbekiston hududida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari boshlab yuborildi. Sovetlar O‘zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratishga yo‘l tutar ekan, bundan ko‘zlagan asosiy maqsadlari o‘lkada xalq ta’limi bo‘g‘inlarini ravnaq toptirish, xalq savodxonligiga erishish, ilm-ma’rifatdan bahramand etish orqali yurt farzandlari ongiga kommunistik g‘oyalarni chuqur singdirish va shu yo‘l bilan o‘zlariga xizmat qiladigan avlodni tarbiyalash edi. Sovetlar avval boshda O‘zbekistondagi murakkab vaziyatni, mahalliy xalq kayfiyati va ruhiyatini, uning o‘ziga xos milliy an’analari, islomiy qadriyatlarini bir qadar hisobga olib, bu yerda eski va jadid usulidagi maktablar, madrasalarning ham faoliyat yuritishiga monelik qilmadi. Buning orqasida bu o‘quv dargohlari yosh avlodga ta’lim berish, ajdodlar merosi va sharqona odob-axloq ruhida tarbiyalashda o‘z xissasini qo‘shib bordi. Lekin sovetlarning bu vaqtinchalik taktikasi uzoqqa bormadi. Ular o‘lka hayotiga moslashib olgach, 20-yillar o‘rtalaridan e’tiboran o‘zbek xalqi ma’naviy hayotining ko‘p zamonlar uzviy qismi bo‘lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim-tarbiya tizimiga barham berdi. Milliy maktablarga nisbatan ma’muriy-repressiv hamda iqtisodiy choralar ko‘rildi. Biroq keng halq ommasi an’anaviy maktablar tarafdori bo‘lib qolaverdi. Turkiston musulmonlariga o‘zining mafkuraviy ta’sirini kengaytirish maqsadida sovet maktablari tarmog‘ini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Mustabid davlat muqobil o‘quv maskanlari faoliyatining barcha imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi. Avvalo o‘lkada islom dini asoslarini yemirish bo‘yicha ishlar avj oldirildi. Bu birinchi navbatda eski maktablarining yo‘q qilinishiga zamin bo‘ldi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligini yoppasiga kollektivlashtrish to‘g‘risidagi qarordan keyin maxsus ma’rifiy xayriya mulklari bo‘lmish vaqf mulklari tugatilib, buning oqibatida an’anaviy maktablar ham iqtisodiy asosdan mahrum bo‘ldi. Bundan tashqari, milliy maktablarga diniy-xurofot o‘choqlari tamg‘asi yopishtirilib, o‘n asrdan ortiq to‘plangan qadriyatlar zararli ijtimoiy institutlar sifatida izsiz tugatib yuborildi. Oxir oqibatda 1920 yilga kelib, TASSRda “sotsialistik” turdagi 2080 maktab faoliyat ko‘rsatib, ulardagi o‘quvchilar soni 174820 tani tashkil qildi. 1920 yil 17 sentyabrda Turkiston ASSR hukumati o‘lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan kishilarni o‘qitish va savodxon qilish to‘g‘risida dekret qabul qildi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad mahalliy xalqni tobora sovetlar siyosati va mafkurasi ta’siriga olish edi. Shularni hisobga olib respublikaning turli hududlarida ko‘plab savodsizlikni tugatish kurslari tashkil etildi. Ularga turli yoshdagi kishilar jalb qilinib, savodlarini chiqardilar. Jumladan, 1-besh yillik (1928-1932 yy.)da O‘zbekistonda jami 700 ming nafar kishi savodsizlik kurslarini tugatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2 besh yillik (1933-1937 yy.) davrida 1 mln. 400 ming kishini tashkil qildi. Respublikada boshlang‘ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyinroq esa 7 yillik ta’limga o‘tilishi ham xalq ta’limi sohasida muhim o‘zgarishlardan bo‘ldi. Maktab qurilishi, uning malakali o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlanishi, o‘quvchilar soni yil sayin o‘sib bordi. Ma’lumotlarga ko‘ra, agar 1924-25 o‘quv yilida O‘zbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar tashkil qilinib, ularda 17209 nafar o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941 yilga kelib bunday maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni esa 1 mln. 315 ming nafarga yetgan. Sovet xukumati ta’lim tizimini o‘z izmiga bo‘ysundirish maqsadida arab alfavitiga asoslangan eski o‘zbek yozuvini ham isloh qilishga kirishdi. Shu maqsadda 1928 yilda arab alifbosidan lotin alifbosiga o‘tildi. Birgina eski o‘zbek yozuvini o‘zgartirishda qo‘llanilgan shoshma-shosharlik respublika xalq ta’limining keyingi taqdiri uchun katta qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Yangi tashkil etilgan ta’lim maskanlarining moddiy bazasi zaif bo‘lib, zarur jihozlar bilan ta’minlanmadi. Milliy respublikalardagi ta’lim jarayoni Moskvadan tayyorlab yuboriladigan dasturlar, darsliklaru o‘quv qo‘llanmalari asosida olib boriladigan bo‘lib qoldi. Bu esa xalq ta’limining milliy mazmuni, xarakteriga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 1930 yillarga kelib respublikaning maktab ta’limiga mafkuraviy tazyiq o‘tkazish, muallimlar tarkibini elak-elak qilish atayin kuchaytirildi. 1920-30-yillarda Qoraqalpog‘istonda madaniy qurilish, barcha joylarda bo‘lganidek, bolsheviklarning “madaniy inqilob” andozasi bo‘yicha amalga oshirildi. 20-yillarda bu yerda ham savodsizlikni tugatish kampaniyasi o‘tkazildi. 1924 yilda QQ xalqi arab yozuvi asosidagi o‘z alifbosiga ega bo‘ldi. 1928-29 yillarda Qoraqalpog‘iston viloyatida 3000 kishi savodsizlikni tugatish kurslarini bitirdi va 4000 kishi o‘qishni davom ettirdi. Xotin-qizlar savodsizligini tugatishga katta e’tibor berildi. 1924-25 o‘quv yilida viloyatda 2,5 ming o‘quvchi 49 ta maktabda ta’lim oldi. 1927-28 o‘quv yilida esa 75 ta maktab faoliyat ko‘rsatib ular maktab yoshidagi bolalarning tahminan 16%ini qamrab olgan edi, holos.1930 yillarda umumiy boshlang‘ich ta’lim joriy qilindi. YEtti yillik maktablar soni ko‘payib, 1940 yilda ular 108 taga yetdi. 1936-37 yilda birinchi o‘n yillik maktab paydo bo‘ldi. Mutaxassislar tayyorlash uchun Qoraqalpog‘istonda pedagogika, moliya-reja, qishloq xo‘jaligi texnikumlari va tibbiyot o‘quv yurti ochildi. 1934 yilda To‘rtko‘l pedtexnikumi bazasida Qoraqalpoq davlat o‘qituvchilar instituti ochildi. Shuningdek, mahalliy millat vakillari Toshkent, Samarqand, Moskva, Leningrad, Qozon, Olmaota, Ashxobod, Samara va boshqa shaharlarning oliy o‘quv yurtlariga yuborildi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling