Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja


Download 0.92 Mb.
bet34/79
Sana20.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1105349
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79
Bog'liq
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim. Sovetlarning xalq ta’limi sohasida yuritgan siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bu oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini shakllantirish hamda rivojlantirish edi. Har qanday tuzumda bo‘lgani singari, sovet hokimiyati ham yangi tuzum g‘oyalari va ideallari ruhida tarbiyalangan, unga sadoqat bilan xizmat qiladigan ko‘plab yuqori malakali, o‘qimishli kadrlarga o‘tkir ehtiyoj sezardi, albatta. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Turkistonda oliy ta’limni tashkil etish g‘oyasini dastavval, o‘lkaning ilg‘or jadid namoyadalari ilgari surganlar. Xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqa milliy ma’rifatparvarlar sa’y-harakati bilan 1918 yil 12 mayda Toshkent shahrining Eski shahar qismida Musulmon Xalq Dorilfununi ochildi. Uning 13 ta maktabi ham bo‘lib, ulardan 4 tasi ayollar maktabi edi. Lekin bu dorilfunun va maktablar sovet hokimiyati tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanmas edi. Shu bois, ular 1918 yilning sentyabr oyida mablag‘ yo‘qligi bois yopib qo‘yiladi. Doilfunun qisqa vaqt faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsada, mahalliy aholining savodini chiqarish, ilm-sa’rifatli qilish kabi muhim ishlarni amalga oshirishga, yurtimizda maorif sohasini rivojlantirishga erishdi. Sovetlar yurtparvar jadidlar tashabbusini bo‘g‘ib, 1920 yil sentyabrida Toshkentda Turkiston Davlat Universiteti tashkil etdilar. Keyinchalik O‘rta Osiyo Universiteti maqomini olgan bu oliygoh o‘lkada oliy ta’limni rivojlantirish, yuqori mutaxassis kadrlar tayyorlash o‘chog‘i bo‘ldi. Biroq bu o‘quv dargohi professor-o‘qituvchilarining mutloq tarkibi yevropalik millat vakillaridan iborat edi. Shu bois unda o‘qitish rus tilida olib borilardi. Bu esa mahalliy millat yoshlari uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirardi. Shuning uchun ham universitet talabalari safida ularning salmog‘i juda ozchilikni tashkil etardi. Keyinroq 1930 yillarda bu oliy o‘quv yurti negizida ko‘plab turli xil yo‘nalishlardagi Oliy o‘quv yurtlari, jumladan, politexnika, moliya-iqtisod, tibbiyot, qishloq xo‘jalik, to‘qimachilik institutlari, Samarqand davlat universiteti va boshqalar tashkil etildi. Shuningdek, bu davrda yuqori malakali pedagogik kadrlarga talab o‘sib borganligidan, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch, Farg‘ona va Namangan singari shaharlarda pedagogika va o‘qituvchilar tayyorlash institutlari tashkil etildi. Natijada 1932 yilga kelib respublikadagi jami oliy o‘quv yurtlari soni 31 taga etdi. Ulardagi talabalar soni 12,2 ming nafarni tashkil etardi. Talabalarning soni 1937 yilda 15,5 mingga, 1941 yilda esa 18 mingtaga etdi. Lekin shuni qayd etish kerakki, oliy o‘quv yurtlaridagi mavjud professor-o‘qituvchilar o‘zagini asosan rus ziyolilari tashkil qilar edi. Birgina O‘rta Osiyo Davlat universitetida 1933 yilda faoliyat ko‘rsatayotgan 65 professor, 75 dotsent va ilmiy unvonga ega bo‘lmagan 175 o‘qituvchilardan juda ozchiligini mahalliy millatga mansub kishilar tashkil qilardi. O‘zbekistonning bu davrdagi ta’lim tizimida o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlari faoliyati ham alohida o‘rin egallaydi. 1920 yillarda Respublikada 6 ta qishloq xo‘jalik texnikumi, 1 ta tibbiyot texnikumi, 16 ta hunar-texnika maktabi tashkil qilindi. Ularda 6800 nafar yoshlar o‘qidi. Shuningdek, shu vaqtda 5 ta pedagogika texnikumi, 2 ta pedagogika bilim yurti, bitta xotin-qizlar bilim yurti mavjud bo‘lib, ular orqali ko‘plab bilimli, malakali pedagog kadrlar tayyorlandi.XX asr 40-yillari boshlariga kelib O‘zbekistonda maxsus bilim yurtlari soni 92 taga yetgan bo‘lib, ularda 12,6 ming nafar yoshlar ta’lim olmoqda edi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling