Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja


Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug‘ilishi


Download 0.92 Mb.
bet42/79
Sana20.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1105349
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Bog'liq
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi

Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug‘ilishi YUnonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining ham tug‘ilishiga imkoniyat yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Ular o‘z qarashlari bilan ta’lim-tarbiya rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Suqrot. (eramizdan avvalgi 469—399 yillar) O‘zining demokratik ijtimoiy kelib chiqishiga qaramay (u kambag‘al hunarmand, ya’ni haykaltarosh o‘g‘li) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o‘z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, buyumlarning fizik holatini bilib bo‘lmaydi, odamlar faqat o‘zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar edi. Suqrot faylasuf bo‘lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so‘zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo‘li bilan haqiqatni o‘zlari topishlariga va bilishlariga undar, shu yo‘l bilan odamlarni haqiqatni izlashga o‘rgatar edi.
Suhbatni bu metodi “Suqrot metodi” deb yuritilgan. U pedagogika olamiga ana shunday savol-javob metodini, ya’ni “evristik” suhbat metodini yangi (savol berish va savolni to‘ldirish) metodini olib kirdi. Suqrot — falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. U baxs orqali, ya’ni muayyan masalalarni o‘rtaga qo‘yish va ularga javob topish yo‘li bilan haqiqatni aniqlash mumkin deb tushungan. Aristotel fikricha Suqrot mavjud haqiqatdan umumiy tushunchalarga o‘tish haqidagi induktiv ta’limotni hamda har bir narsaning mohiyatini bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalarni aniqlash haqidagi ta’limotni yaratgan. Uning etika sohasidagi asosiy tezisi shundan iborat: ezgulik bilimdir; donishmandlik, ya’ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi esa yaxshilikni yo bilmaydi, yoki pirovardida yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi. Suqrotning tushunishicha, aql bilan axloq o‘rtasida ziddiyat bo‘lishi mumkin emas. U tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli “mumtoz”largagina xos, “mumtoz” kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo‘lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo‘llarida bo‘lmog‘i kerak deydi. Suqrot demokratiyaga dushmanlikda asossiz ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan. Lekin o‘zi zahar ichib o‘lgan. Haqiqatda esa u adolatga xilof bo‘lgan davlatni boshqarishning hamma formalarini — monarxiya, tiraniya, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani tanqid qilgan.


Reja:



        1. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarning rivojlanishi

        2. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov asarlarida ta’limtarbiya to’g’risida ilgari surilgan g’oyalar va ta’lim tizimini isloh qilish masalalari.

        3. I.A.Karimov barkamol inson tarbiyasi haqida.

1-topshiriq.


“Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarning rivojlanishi” mavzusiga oid blits-so’rov savollari:

    1. Respublikamizda mustaqillik e’lon qilingandan so’ng ta’lim sohasida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?

    2. Ta’lim sohasidagi islohotlar nimadan iborat edi?

    3. Ta’lim to’g’risidagi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim tizimida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?

    4. Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda kimning o’rni beqiyosdir?

    5. Ma’naviy tarbiya tushunchasini qanday tushunasiz?

    6. “Ma’naviy ehtiyoj”tushunchasi shaxsan siz uchun nimani anglatadi?

    7. Sizningcha,ma’naviy ehtiyoj qanday qondiriladi ?

    8. Shaxsan siz qanday ma’naviy- axloqiy sifatlarga egasiz?

    9. Kitob o’qish siz uchun qanday ahamiyatga ega?

    10. Sizningcha, kitob o’qish shaxsni ma’nan, ruhan yuksalishiga qay darajada yordam beradi?

    11. Siz qanday qaraysiz: ma’naviy – axloqiy sifatlarga ega bo’lmasdan ham moddiy farovonlikka erishish mumkinmi?

2-topshiriq.


I.A. Karimov asarlariga tuzilgan“Blits-o’yin”texnologiyasi:



Tadqiqot bosqichlari

Yakka bahosi

To’g’ri javob

Yakka
xatosi

“Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”


5


“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”


7


“O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”


3


“Ma’naviyat yuksalish yo’lida”


2


“Barkamol avlod –O’zbekiston
taraqqiyotining poydevori”


1


“Ozod vaobod Vatan, erkin va farovon hayot–pirovard maqsadimiz”


4


“Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimz farovonligini yanada yuksaltirishdir”


6


3-topshiriq.


I Prezident I.A. Karimov asarlariga tuzilgan «Charxpalak» namunasi:

Harakathususiyatlari

1999 yil

yil

2008

1997yil

l

2012yi

“Barkamol avlod orzusi”

+










“Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”





+






“O’zbekiston -XXI asr
bo’sag’asida






+





“Barkamol avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”






+





“O’zbekiston XXI asrga
intilmoqda”

+










“O’zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”










+

4-topshiriq.


Grafik organayzerlar
Quyida Venn Diagramasi asosida ta’lim-tarbiya tushunchalari mazmunini qiyosiy tahlil qiling

5-topshiriq.
«Assisment» namunasi:

Test Tarbiya:
A) shaxsni ma’naviy-ahloqiy jihatdan shakllantirishga yo’naltirilgan maqsadli, uzluksiz jarayon
B)shaxsning intellectual salohiyatini rivojlantiruvchi tizim
V)shaxs dunyoqarashini shakllantiruvchi jarayon

Muammoli vaziyat:
Tassavur qiling, Sizga juda katta miqdorda moddiy mablag’ni qo’lga kiritish mumkin bo’lgan ish taklif qilinmoqda .Biroq bu ishning bajarilishi Sizga foyda keltirsada,jamiyatga zarar yetkazishi mumkin.
Shunday vaziyatda siz qanday yo’l tutasiz?

Ma’naviy tarbiya bu-

Amaliyko’nikma
Sizning hayotingizda qay jihat ustuvor ahamiyatga ega: moddiylikmi yoki ma’naviy tarbiya?

Xulosa:
Sizningcha shaxsning shakllanishida tarbiya metodlarining o’rni…

6-topshiriq.


Barkamol avlodni voyaga yetkazish komil insonlarni voyaga yetkazish demakdir. Jamiyatimizning bugungi talabiga ko’ra komil inson qanday talablarga javob berishi lozim?

Mustaqil ta’lim topshirig’i:


1-topshiriq: Qadimgi Sharq donishmandlari tarbiya haqida
“O’zbek pedagogikasi antologiyasi”ni o’qib, mavzuga oid konspekt yozish.
2-topshiriq:Qadimgi Sparta va Afina maktablarida ta’lim-tarbiya. “Pedagogika tarixi” kitobining 386-398 betlarini o’qib, konspekt qilish.
Adabiyot: Хошимов.К, Нишонова С. ва бошқалар. Педагогика тарихи.Т: Ўқитувчи, 1996.
Adabiyot: Ўзбек педагогикаси антологияси. – T.: Ўқитувчи, 1995



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling