Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja


-Mavzu: Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmigacha jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi


Download 0.92 Mb.
bet40/79
Sana20.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1105349
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Bog'liq
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi

7 -Mavzu: Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmigacha jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi.


Reja:
1.Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya.
2.Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to‘grisida. Qadimgi Rimda pedagogik goyalar rivoji.
3.Garbiy Yevropada maktab va pedagogik fikrlar.
4.Iogann Genrix Pestalotsiyning didaktika va boshlangich ta’lim metodikasiga qo‘shgan xissasi.
5.Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi.
6. Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
Tayanch tushunchalar:Qadimgi Yunoniston, Rim davrlarida ta’lim-tarbiy, G‘arbiy Yevropada maktab, Yan Amos Komenskiy pedagogik tizim, Adolf Disterveg, Konstantin Dmitrievich Ushinskiy pedagogik merosi


1. Qadimgi Yunoniston va Rim davrlarida ta’lim-tarbiya. Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o‘rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo‘ldi, hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda o‘zlarini katta hissasini qo‘shdilar. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha yondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qog‘oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o‘nlik tizimi kashf etildi, Mesopotamiyada esa er kurrasini graduslarga, sutkali soatlar, minutlar va daqiqalarga bo‘lish o‘ylab topildi. Eramiz boshlanishidan oldin O‘rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo‘lgan joyda O‘rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo‘li qurildi. So‘ngra O‘rta Osiyo orqali Xitoydan O‘rta dengizga tomon “Buyuk ipak yo‘li” ochildi. Natijada O‘rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o‘z navbatida O‘rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi. Ayniqsa, qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. Yunoniston uncha katta bo‘lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning mo‘tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo‘ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi. 268 Yunonistonda qullarni “gapiradigan ish quroli” deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling