Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma'rifatparvarlik xizmatlari
Download 0.92 Mb.
|
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munavvar qori Abdurashidxonov
- Abduqodir Shakuriy
- Abdulla Avloniy
- Is’hoqxon Ibrat
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma'rifatparvarlik xizmatlari. XX asr boshlarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab “usuli jadid” maktablari ochildi. Uni bitrganlar orasidan Turkiston manaviy-marifiy dunyosini milliy uyg‘onishiga kuchli ijobiy tasir qiladigan zabardast namoyandalar etshib chiqdi.
Ta’lim-tarbiya sohasida kutilgan natijaga erishmoq uchun,millatning ongu tafakkurini o‘zgartirmoq zarur edi.Jadidchi ma’rifatparvarlarimiz o‘qish va o‘qitish sohasida joriy etgan yangiliklar milliy maktab-maorif tizimi taraqqiyotida burilish yasadi.Ziyolilarning yangi avlodini etishtirishda muhim rol o‘ynadi. Adabiyot va san’atga bo‘lgan e‘tibor bugungi kunda har qachongidan ham kuchaydi.O‘zbekiston Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning farmoni bilan xalqimizning ozodligi va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib,milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishda beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Avloni,Mahmudhoja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidhonov singari adiblarimizning‘’BUYUK XIZMATLARI UCNUN‘‘ordeni bilan taqdirlangani buning yana bir isbotidir. Ularning “birinchisi”, “Turkiston jadidlarining otasi” Mahmudxo‘ja Behbudiydir. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yilning 19 yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida ruhoniy oilasida dunyoga keldi. Otasi Behbudxo‘ja Solixo‘ja o‘g‘li Ahmad Yassaviy avlodlaridan bo‘lib, onasi esa, asli xorazmlik bo‘lgan. Otasi 1898 yil vafot etgach, u tog‘asi, qozi Muhammad Siddiq tarbiyasida bo‘lib, undan arab, forsiy tllarini chuqur o‘rganadi. Behbudiy dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil oladi. Tnimsiz va qunt bilan o‘qib, imom-xatb, so‘ngra qozi, muft darajasiga ko‘tariladi. Bu mansablar shariatning yuqori maqomlari hisoblangan. Safardan qaytb kelgach, yangi usul maktablarini ochish yo‘lida g‘ayrat ko‘rsatadi. Shunday maktablardan birini Behbudiy Samarqandda birinchilardan bo‘lib 1904 yilda o‘z uyida tashkil qildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1911 yilda “Padarkush” nomli drama yozdi. U bu asarida o‘zining sevimli mavzusi — barchani ilm-marifatli bo‘lishga cha-qirish, ilmsizlik balosini daf qilish g‘oyasini qalamga olgan. Munavvar qori Abdurashidxonov Vatan va millat fidoyisi, mustamlakachilikning chorizm va sho‘ro ko‘rinishlarini ayovsiz fosh qiluvchi marifiy, siyosiy arbob, tolmas kurashchi, jadidchilik harakatning yirik namoyandasidir. Munavvar qori ham “usuli savtya” maktabiga ixlos bilan qarab, chor hukumat Turkiston o‘lkasidagi aholini qanday manaviy-madaniy uzlatda saqlayotganini va undan qutulish choralari faqat maktab talim-tarbiyasidagi keskin islohotga bog‘liqligini to‘g‘ri tushuygan holda chor hukumatning mustamlakachilik boshqaruv usuliga qarshi kurashda faollik ko‘rsatdi: mana shu maqsad yo‘lida Toshkentda ilg‘or fikrli ziyolilar va turli guruhlardan iborat “Turon” jadidlar jamiyatni tashkil etdi, O‘zi takidlaganidek: “Chor hukumatni yo‘qotsh jadidlarning tlagida bor edi. Siyosiy vazifamiz va maqsadimiz ham shundan iborat bo‘lishn yashirin emas”. Munavvar qori ochgan yangi usul «Namuna» maktabida bir necha yuz bola o‘qigan. Bu maktabda tayyorgarligi ancha jiddiy bo‘lgan istedodli yoshlar o‘qituvchilik qilishgan. Munavvar qorining o‘zi esa jadid maktablari uchun yangi tovush («usuli savtya») usulida darsliklar - «Adibi avval» («Birinchi adib», 1907)) alifbosi va «Adibi soniy» («Ikkinchi adib», 1907), «Er yuzi» («Jug‘rofiya»), «Havoyijon diniya» (1907) kitoblarini yozib chop ettrgan. Bular o‘lkadagi jadid maktablari uchun asosiy darslik sifatda bir necha bor qayta nashr etldi. Abduqodir Shakuriy(1875-1943) Samarqand shahri yaqinidagi Rajabamin qishlog‘ida 1901yilda yangi usuldagi maktabni tashkil qiladi. Yangi usuldagi bu maktabda arifmetka, tabiatshunoslik kabi dunyoviy fanlar o‘qitlardi. Shakuriy o‘zi ochgan yangi usuldagi maktabida arab tlining qoidalari va harflarni o‘qitshga jiddiy etbor bergan holda, o‘quvchilarni so‘z bo‘g‘inlari bilan tanishtrar va shu bo‘g‘inlar asosida bolalar uchun tushunarli sodda so‘zlarni tuzardi. Shakuriy 1907 yilda bolalarning yosh xususiyatga muvofiq tarzda axloq, odob va turmush qoidalaridan dastlabki malumot berish maqsadida «Jomeul – hikoyat» («Hikoyalar to‘plami») nomli ikkinchi kitobini tuzadi. Bu kitob boshlang‘ich maktabning II, III sinflari uchun terma kitobdir. Kitobdan 48 ta kichik-kichik odob-axloq mavzusidagi hikoyalar va 15 ta sheriy asarlar o‘rin olgan. Uning uchinchi o‘qish kitobi «Zubdatul ashor» deb ataladi. Muallifning bu o‘qish kitobini tuzishdan asosiy maqsadi o‘quvchilarning olgan bilimlarini takomillashtrish va mustahkamlash bilan birga ularda sheriyatni o‘rganishga havas uyg‘otsh va ularni (o‘zbek, tojik, ozarbayjon) klassik adabiyot namunalari bilan tanishtrishdan iborat edi. Muallim Shakuriy o‘z o‘quvchilari uchun yilda bir marta umumiy imthon Abdulla Avloniy (1878-1934) «Tarjimai holi»da yozadi: «1900 yilda uylanib, oila boshlig‘i bo‘lib qoldim. Shu yilda otam o‘lib, o‘gay onam bilan bir ukam meni qaramog‘imda menga boqim bo‘lib qoldi. Bu vaqtda butun oilani boqmoq uchun qish kunlarida ham ishlamoqqa to‘g‘ri kelganligidan quvvai muhofazam o‘rta darajada bo‘lg‘on holda madrasani tashlab chiqib ketuvg‘a to‘g‘ri keldi. Shu choqlarda o‘zim mehnat ichida yashag‘onlig‘imdan boylarga va mullalarga qarshi sherlar yoza boshladim. Madrasadan chiqib ketsam ham maorif ishlaridan chiqib ketmadim. Turli gazetalar o‘qishga tutindim. Shul zamonlarda Rusiyaning turli shaharlarida chiqqan matbuot – gazeta va jurnallar bilan tanishib, o‘qib, malumotmni orttra bordim. «Tarjimon» gazetasini o‘qib, zamondan xabardor bo‘ldim. Shul zamonda erli xalqlar orasida eskilik — yangilik («jadid-qadim») janjali boshlandi. Gazet o‘quvchilari mullalarni «jadidchi» nomi bilan atar edilar. Men ham shul jadidchilar qatoriga kirdim. 1904 yildan jadidchilar to‘dasida ishlay boshladim. «Jadid maktabi» ochib, o‘qituvchilik ham qildim... Mulla va boylarg‘a qarashli eski turmush bilan qatiy suratda kurasha boshladuk. O‘z oramizdan mullalarga qarshi uyushmamiz ham vujudga chiqdi...». A.Avloniy nashr etgan ro‘znomalar ilg‘or fikrlar targ‘ibotchisi bo‘lgani uchun ham uning faoliyat chorizm hukumat tomonidan tez-tez taqiqlanar edi. Shundan so‘ng u ilg‘or g‘oyalarni marifat o‘chog‘i – maktab orqali xalqqa tarqatshga qaror qiladi va 1903 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida yangi usulda maktab ochadi. A. Avloniy o‘zi ochgan maktabda kambag‘allarning farzandlarini, yetim-yesirlarni o‘qitdi. Is’hoqxon Ibrat (1862-1937) – maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o‘zbek matbuotchilaridan bo‘lib, 1862-yilda yaqinidagi To‘raqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Dastlabki maʼlumotni eski maktabda, soʻngra onasining qoʻlida oladi. Keyinroq Qoʻqonga borib madrasaga o‘qishga kiradi.Is’hoqxon Ibrat 1886-yilda madrasani tugatib, To‘raqoʻrgʻonga qaytib keladi. U o‘z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda maʼrifat tarqatish bilan boshladi. 0’sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.Is’hoqxon Ibrat 1887-yilda haj safariga otlanadi. Soʻng u Sharq mamlakatlari bo‘ylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istanbul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaharlarida bo‘ldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qiladi, Mumbay va Kalkuttada yashaydi. Is’hoqxon u yerlarda koʻr ishlatiladigan arab, fors, hind va ingliz tillarini mukammal o‘rgandi. U 1896-yilda o‘z vataniga qaytib keldi. 1901-yilda „Lugʻati sitta-alsina“ asarini bosmadan chiqaradi. Mazkur lugʻat jadid maktablarida sharq va rus tillarini o‘rganishda birdan bir qoʻllanma sifatida foydalanib kelindi.Is’hoqxon Ibrat 1912-yilda yozuvlar tarixiga bagʻishlangan „Jomeʼ ul-xutut“ („Yozuvlar majmuasi“) asarini yaratdi va o‘z matbaasi „Matbaayi Is’hoqiya“da bosmadan chiqardi. Ibrat chin qalbdan o‘z xalqining ilmli, maʼrifatli bo‘lishini istadi. Keyingi 20 yil ichida 14 ta ilmiy-:,. tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmuyi bo‘lmish „Devoni Ibrat“ sheʼrlar toʻplamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid „Tarixi Fargʻopa“, „Tarixi madaniyat“ va „Mezon uz-zamon“ ilmiy asarlarini yaratdi.Ibratning soʻnggi yillardagi hayoti ancha tahlikali o‘tdi. 1935-yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937-yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir va maʼrifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi. Is’hoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi nomaʼlum. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling