Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja
Boshlang‘ichsinflarda o‘qish uch bosqichda amalga oshiriladi
Download 0.92 Mb.
|
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi
Boshlang‘ichsinflarda o‘qish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi; 2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi); 3. CHuqurlashtirilgan bosqich. Dasturlarda o‘quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo‘yicha aniq, alohida-alohida talablarqo‘yiladi.1990 -yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobihyatiga qarab dars jadvalini tabaqalashtirganholda tuzish huquqi berildi. O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta’lim esakollejlar va htseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo‘lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5-4-o‘rta sinf, 3-sinf esa katta sinfhisoblanadi. Demak sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6—5 sinflarumumiy o‘rta ta’hm, 4—3 sinflar esa o‘quvchilarning moyilligiga qarab beriladi. Bu birinchibosqichni tugatgach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar. So‘ngra ikkinchibosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bolgan bolalar ta’hm oladilar. Ular uch yil o‘qibbakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradi-lar. Ana shunda diplom olgan o‘quvchilarginaoliy o‘quv yurtlarga qabul qilinish huquqiga ega bo‘ladilar. Fransiyada talabalar pedagogika,politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundantashqari shu kasbga moyilHgi ham alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlargaesa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.Oliy ta’lim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi. Birinchi turkum: umumiy bolib, o‘qish muddati ikki yil davom etadi. Ikkinchi turkum: o‘qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan yakunlaydi. Uchinchi turkum: o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklda: -biron bir predmetni chuqurlashtirib o‘rganilganligi haqida diplom 1 yil; - ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom 1 yil;- uchinchi turkumdoktorlik dissertasiyasi 1-2 yil; - davlat doktorlik dissertasiyasi biron-bir sohani mukammal o‘rganib dissertasiya yozish kabihujjatlar olish mumkin. Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatdasanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘qish muddati 2yil bolib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi.Sirtqi ta’lim shoxobchalari juda kengbo‘lib, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot berishnitavsiya eta oladi. Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboqberuvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktabiqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash,madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarnio‘rganadi. O‘qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o‘tadilar. Direktor dars bermaydi.Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. SHu ikki yil davomida maktabdirektori talantli tashkilotchi, etuk rahbar sifatida faoliyat ko‘rsata olmasa, u bu lavozimidan olibtashlanadi. Maktab o‘qituvchilariga qo‘yilgan talab Fransiyada o‘ta yuqori. Ayniqsa, boshlang‘ichmaktablarda o‘qituvchi o‘z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi,namunali xulq-atvor egasi bolmog‘i lozim.O‘qituvchilar o‘z nazariy—uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat beradilar. Malaka oshirishkurslaridan o‘tish uchun aniq muddat belgilab qo‘yilmagan. O‘qituvchilar o‘z ixtiyorlari bilan testmarkazlarida imtihon topshiradilar.Shu imtihonlar davrida o‘qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyojaniqlansa, o‘z vaqti va mablag‘lari hisobiga malaka oshiriladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling