Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja


Download 0.92 Mb.
bet47/79
Sana20.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1105349
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
Bog'liq
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi

YAponiyada ta’lim tizimi YAponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868 -yillari boshlangan. YAponiya o‘z oldiga ikkivazifani: boyish, va G‘arb texnologiyasini YAponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini qo‘yadiva bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish harakatigatushadi.
1872 -yili «Ta’lim haqida Qonun» qabul qilinib yapon ta’limi G‘arb ta’limi bilan uyg‘unlashtirildi.1908 -yili YAponiyada boshlang‘ich ta’lim majburiy 6 -yillikka aylantirildi. 1893 -yili kasbyo‘nalishidagi dastlabki kollej paydo boldi.1946 -yili qabul qilingan Konstitusiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilabberdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari shart ekanligi belgilab qo‘yilgan. Hozirgizamon yapon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: bog‘chalar, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rtamaktab, yuqori o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlari. Bolalar yoshxususiyatlariga qarab 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadi. YAponiyada maktabgacha ta’limmuassasalarining 59,9% xususiy, 40,8% munisipal, 0,3% davlatnikidir. Majburiy ta’lim. Ta’limningpog‘onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi. 6 yillik boshlang‘ich ta’lim va3 yillik kichik o‘rta maktab, 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi. Darsliklar bepuldir. Muxtojoilalarning bolalari bunda qo‘shimcha tarzda bepul nonushta, o‘quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur boigantaqdirda ularning oilalariga ham moddiy yordam ko‘rsatiladi.YUqori bosqich o‘rta maktab 10,11,12 sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi,sirtqi va kechki bo‘limlari mavjud bo‘lib o‘quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o‘qiydilar.

AQSH, Yaponiya, mamlakatlarida ta’lim tarbiya tizimi, mazmuni va rivojlanishi.Amerika Qo‘shma SHtatlarida ta’lim tizimi
Amerika Qo‘shma SHtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o‘qiydilar. Ta’lim tizimiquyidagicha tashkil etilgan:
1. 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida.
2. Boshlang‘ich maktab. Bu bosqich 1-5-sinflarni o‘z ichiga oladi.
3. To‘liq boimagan o‘rta maktab. Bu bosqich 6-8-sinflardan iborat.
4. Yuqori maktab. Bu bosqich 9-11-sinflardir. Mazkur yuqori maktab bilan Oliy ta’limniaralashtirmaslik kerak.
Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi.O‘quvchilar uchun yagona, majburiy dar-sliklar, qo‘llanmalar yo‘q. Maktablarida texnikaviy jihatdanyaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarinitashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Maktablarning aksariyati davlatixtiyorida bo‘lib, davlat mablag‘i bilan ta’minlanadi. SHaxsiy maktablar ham anchagina. Kattashaharlarda yashovchi o‘ziga to‘q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakatqilishadi. SHaxsiy maktablarda o‘qitish pullik. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolanio‘qitish uchun bir yilga taxminan o‘n ming dollar to‘lash kerak. Bunday maktablarda boy oilafarzandlari ta’lim oladilar. SHaxsiy maktablarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga, maxsusdasturlarga, maxsus o‘qituvchilarga ega. Bunday maktablarda sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar sonikam boladi. SHaxsiy maktablarda boshlang‘ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohidae’tibor beriladi.
Amerika davlat maktablarining yuqori sinflaridagi o‘qish-o‘qitish tizimi biznikidan tubdan farqqiladi. YUqori sinflardagi har bir o‘quvchiga alohida o‘qituvchi-murabbiy biriktiriladi. U shuo‘quvchining qobiliyati, qiziqishlarini sinchiklab o‘rganib, faqat shu o‘quvchiga uchun alohida rejatuzib, uning o‘qishiga rahbarlik qiladi. Masalan, 9-sinf o‘quvchisi bir fandan, deylik, kimyodankuchli bo‘lsayu, chet tilidan oqsasa, bu o‘quvchiga 9-sinfda o‘ninchi sinf rejasi bo‘yicha kimyonio‘rganishga ruxsat etiladi. U chet tilini 9-sinf hajmida yoki engillashtirilgan reja bo‘yicha o‘rganishimumkin. Kimyodan yoki matematika, biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlardan maktab rejasinimuddatidan oldin tugatgan, barcha kontrol ishlarini topshirgan o‘quvchiga maktabda o‘qib yurganvaqtidayoq shu fanlar bo‘yicha o‘zi kirmoqchi bolgan kollejning birinchi kursi imtihonlarini hamtopshirishiga imkoniyat yaratiladi.
Amerikaning yuqori maktablarida shunday o‘qituvchilar borki, ular kollejlarning birinchi kurslaridao‘qitiladigan ma’lum fanlardan dars berishlari hamda imtihon olishlari shart. Amerika maktablarida294bitirish imtihonlari yo‘q. Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi.Biroq har bir abiturient oliy o‘quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test)topshiradi. Bunday testlar Amerikada har yili 3-4 marta o‘tkaziladi. Sinov savollari kitob shaklidahar yili chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va ular-ning echimlari ko‘rsatiladi.Sinflarda qanday savollar bolishi bizga o‘xshab sir tutilmaydi, balki ochiq-oydin «matematika vaingliz tilidan bu yil mana shu savollarga javob berish lozim» deb ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bu kitobniolib, kirish sinovlariga tayyorlanadi.
Amerikada talabalar matematika va irigliz tilidan kirish sinovlarini 10-12 sinflarda o‘qib yurganvaqtlarida, o‘zlariga qulay paytda topshira oladilar.Amerika ohy o‘quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo‘ladi:S4Z(Sxolastik aptityud test);AKX. (Amerikan kollej test) sinovlari.SAT sinovlari murakkabroq bo‘ladi. Mashhur universitetlarga kirish uchun SAT sinovlarini albattatopshirish shart.
Bulardan tashqari Murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy maktablarga kirayotganbarcha talabalar topshirishi shart emas. Mabodo biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarnitopshirib universitetga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi —bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi. A’lochi talabalar o‘quv yurtlarining faxri sanalgani sababliham, ularga turli yo‘llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o‘quv yurtlaridasaqlashga harakat qiladilar. O‘zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro‘yxati har yilialohida kitob bobida nashr etib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchikompaniyalaming e’tiborini bo‘lajak olimlarga qaratishdir.YUqorida sanab o‘tilgan sinovlarning natijalari va yuqori sinflarda barcha fanlardan olganbaholarining o‘rtacha miqdori talabaniuniversitetga qabul qilish yoki qilmaslik uchun asoshisoblanadi.
Amerika kollejlari ikki va to‘rt yillik bo‘lib, ikki yillik kollejlarni bitirgan talaba oliy ta’limpog‘onasidagi birlamchi darajaga ega bo‘ladi. To‘rt yillik kollejlarni tugatgan talabalar bakalavrdarajasini olib, ohy ma’lumotning birinchi pog‘onasiga erishadilar. To‘rt yillik kollejlar bizning to‘rtyillik institut va ayrim universitetlarga mos keladi. Amerika universitetlari tarkibiga ikki va to‘rtyillik kollejlar, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda ikkinchi bosqich ohy ma’lumot beruvchi o‘quvyurtlari kiradi.
Ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o‘quv yurtlari bizning aspiranturaga to‘g‘ri keladi. Buo‘quv yurtiga kirish uchun ikki fandan imtihon topshirilishi shart. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgantalaba magistrlik darajasini oladi. Magistrlik ilmiy darajasini olgan talaba doktoranturaga kirishimumkin. Amerikada doktoranturaga kirish uchun faqat mutaxassislikdan jiddiy imtihon topshiriladi.Imtihon komissiyasi tarkibida talabaning bo‘lajak ilmiy rahbari ham ishtirok etadi. O‘qishnimuvaffaqiyatli bitirib, dissertatsiya yoqlagan talaba doktorlik ilmiy darajasini oladi. Ijtimoiyfanlardan doktorlik dissertasiyasi yoqlagan talabalarning hammasiga «falsafa doktori» ilmiy unvoniberiladi. AQSH maktablari—oliy maktabgacha mana shunday bosqichlarga ega.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling