Pedagogik tehnalogiyalar orqali odobnoma darslarida o`quvchilar ma’naviyatini o`stirish
Download 107.5 Kb.
|
11 Pedagogik texnologiyalar orqali odobnoma darslarida o`quvchilar ma’naviyatini o`stirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbеkistоn аtаlgаn
Istiqbоlim yuzin оchdi bizlаrgа,Оlаm uzrа оchildi nаq sаhоvаt. Dоvrug`imiz yеtdi yulduzlаrgа, Hurlik bugun sоchdi yanа shаfоаt. YUrаgimdа tоshаr fахru-iftiхоr, Оnа Vаtаn, muhаbbаting dilimdа. Yashаy endi quchоg`ingdа bахtiyor. Shirin kuylаb istiqlоlni tilimdа, Istiqlоlim, sеni kuylаb to`ymаymаn. Yuz yil yashаb, kuylаshimni qo`ymаymаn. VАTАNIM
Uyim, hоvlim, ko`chаm hаm, Mаktаblаru, bоg`chаm hаm – O`shа mеning Vаtаnim Pоrlаyotgаn quyosh hаm Dаlа qir, tоg`u – tоsh hаm O`shа mеning Vаtаnim. Jаnnаtmаkоn bоg`lаr hаm O`chmаgаn chirоqlаr hаm O`shа mеning Vаtаnim. Хumо qush pаrvоz etgаn Istiqlоlgа erishgаn O`shа mеning Vаtаnim. Dunyo butun tаn оlgаn O`zbеkistоn аtаlgаnO`shа mеning Vаtаnim. O`ZBЕKISTОN BАYRОG`I Nоrmurоd Nаzrullаyеv Mоviy rаng – оsmоndir, оbihаyotchi, Mаngu kеngliklаrning mаzmuni dеmаk. Оq rаng – tinchligimiz, pоklik, оqligu, Оrzu vа hаyollаr sоfligi dеmаk. Yashil rаng – tаbiаt yangilаnishi, Yoshlik umidlаri, shоdlikning rаmzi. Qizil chiziqlаr – bu qаlbdа jo`shgаn qоn, Nаvqirоn yarim оy – хurlikning o`zi! 12 yulduzning tаriхi uzun, Kоmillik, sаоdаt bеlgisi erur. Аqlu zаkоvаtdаn yorqin nishоnа, qаdimiy hаlqlаrmiz, qаlblаrdа g`urur! Inson jamiyatda yashar ekan nimalarnidur istaydi, orzu qiladi va intiladi.Yashashga bo`lgan intilish ortida ehtiyojlar turadi. Ehtiyojlar deb kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum ijtimoiy mavqega ega bo`lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo`lgan mahsulotlar va xizmatlar yig`indisiga aytiladi. Tabiiyki, har bir insonda hohish,istak turlicha bo`ladi. Ehtiyojlarning ko`rinishlari ko`p bo`lib, ularni bir-birlariga o`xshash tomonlarini e’tiborga olib,asosan 3 qismga bo`linadi. Moddiy extiyojlar Manaviy extiyojlar Ijtimoiy extiyojlar MODDIY EHTIYOJLAR Insoniyat paydo bo`lishi bilan yuzaga keladigan extiyojlar moddiy extiyojlar deyiladi. Moddiy extiyojlar kundalik birlamchi extiyojlar bo`lib, ular oziq-ovqat,kiyim –kechak,uy-joy va boshqalardir. MA’NAVIY EHTIYOJLAR Bu ehtiyojlar jamiyat rivojlanib borishi natijasida yuzaga keladi. Bunday ehtiyojlarga bilim olish,malaka oshirish, dam olish davolanish kabilar kiradi. IJTIMOIY EXTIYOJLAR Bu extiyojlar asosan mehnat qilishga bo`lgan extiyojlar bo`lib, kishilarning maqsadli faoliyatini bildiradi. Bugungi darsimizda Sizlar bilan ma’naviy extiyojlarni qoniqtirish natijasida yuzaga keladigan inson ma’naviyati haqida so`zlamiz. MA’NAVIYAT-arabcha “ma’no” so`zidan olingan bo`lib ruh, aql-idrok, ong, ruhiy holat, ichki kayfiyat, dadillik ma’nolarini bildirib, u insonning, xalqning, davlatning kuch- qudratidir. Ma’naviyat deganda odamning butun ruhiy va aqliy olami tushuniladi. Ma’naviyat kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini qamrab oladi. Malumki, insonnig tashqi va ichki olami bo`ladi. Tashqi olamiga uning bo`y-basti, ko`rinishi, kiyinishi, hatti-harakati, muomalasi va boshqalar kiradi. Ichki olami esa uning yashsashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, his-tuyg`ularini o`z ichiga oladi. Insonnig ana shu ichki olami MA`NAVIYATdir. Oziq-ovqatlar odamga jismoniy quvvat bersa, ma`naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag`ishlaydi.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Ma’naviyat degamda, avvalombor, odamni ruhan poklashga, qalban ulg`ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg`otadigan kuchni tasavvur qilaman”-deb aytgan. Ma`naviyat, bu – o`zligimizni anglash, milliy g`urur uyg`otishi, ya`ni milliy qadriyatlarimizning tiklanishi, til sofligi, dil sofligi, o`zligimizni nomoyon etish bilan millatimizni yuksaltirish. O`zlikni anglash deganda, bu – tarixni bilish, madaniyat merosni saqlash, til sofligiga erishish tushuniladi. Milliy qadriyatlar, bu – millatning qoidari, e`tiqodlari, orzu-istaklari va turmush tarzini ifoda etuvchi boyliklardir. Qadriyatlar inson tomonidan qadrlanadigan boyliklardir. O`z madaniy merosini bilmaslik, qadriyatlarini mensimaslik madaniyatsizlikdir, zero madaniyat yuksak ma`naviy fazilatdir. Jamiyatning yuksak darajada rivojlanishiga ongli ravishda o`z hissasini qo`shmagan, o`z ona tilini bilmagan, ta`lim-tarbiya ko`rmagan, millatni qadrlamagan insonlar ma`naviy qashshoqdir. Shuning uchun ham biz, o`qituvchilar, o`quvchilar ongiga Vatanparvarlik, yurtga sadoqat, insonparvarlik g`oyalarini singdirishmiz kerak-ki, toki biz tarbiyalayotgan farzandlar ma`nan qashshoq bo`lib qolmasin. Ma`naviy va axloqiy poklanish, iymon-e`tiqod, insof-diyonat, or-nomus, mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi, albatta, barchasining zaminida tarbiya yotadi. Zero, shunday ekan, ta`lim-tarbiya sohasida ma`naviy-ma`rifiy ishlarni yangi intiluvchan bosqichga ko`tarishimiz kerak. Prezidentimiz aytganlaridek, «Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta`limi va tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak». Zero, bunday shaxslarni siz va biz yaratamiz. Biz, ustozlar o`quvchilarga odobnoma darslari orqali odob-ahloq me’yorlarini singdirish uchun quyidagi insoniy fazilatlar va vatanga bo`lgan mehr-muhabbat tushunchalarini mukammal o`rgatishimiz kerak. Istiqlol sharofati Vatanparvarlik tuyg`usini tarbiyalash Tabiat- bizning do`stimiz Salomlashish odobi Kamtarlik- inson ziynati Rostgoylik- ulug` fazilat Halollik Salomatlik odobi Qadrlash- shukronalik Buyuk siymolar o`g`itlar Din tushunchasi Hadisga imon Mehr-muhabbat Hayo-ulug` fazilat Vatanimiz himoyachilari Muomala madaniyati Kiyinish odobi Davlat ramzlari Chaqimchilik-yomon odat Ilm-hunar xosiyati Milliy urf- odatlar Milliy qadriyatlarimizni tiklash Milliy o`yinlar orqali axloqiy tarbiya berish Vaqtning qadriga yetish Joxillik Irodali va sabrli bo`ling Aql –oliy ne’mat Saxovat O`ZBЕKISTОN GЕRBI Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling