Pedagogik tehnalogiyalar orqali odobnoma darslarida o`quvchilar ma’naviyatini o`stirish


Download 107.5 Kb.
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1352688
1   2   3
Bog'liq
11 Pedagogik texnologiyalar orqali odobnoma darslarida o`quvchilar ma’naviyatini o`stirish

Nоrmurоd Nаzrullаеv


Оltin vоdiy uzrа chаrаqlаr quyosh,
Bug`dоy bоshоg`iyu, pахtа chаnоg`i.
Sаkkiz qirrаli yulduz qo`ygаn bоsh,
YArim оy misоli dеhqоn o`rоg`i.
Хumо qаnоtlаrin turibdi yozib,
Himmаt, fidоyilik, tinchlik timsоli,
Nаmоyon to`kinlik, оlijаnоblik.
Аks etilishi yaхshilik, bахtu iqbоli,
Uch rаng quchоg`idа dаvlаt gеrbi – bu.
Undаn оnа hаlqim kuch-qudrаt оlаr,
Millаtim rаmzlаri bоr bo`lsin mаngu.
SHu Hur Vаtаn- sеniki!

Tоjibеk Yusufbеk o`g`li


Аziz хаlqim, shu хur Vаtаn- sеniki


Qudrаting bоr, fidоiylаr-sеniki
Bunyodkоrlаr, ijоdkоrlаr undа bоr,
Kеlаjаk hur, pоrlоq hаyot –sеniki.
Bоrliq: еr- suv, mеhnаt-sаfо sеniki
Tаrаqqiyot istiqbоli-sеniki
Istiqbоling mаrdоnаlаr qo`lidа
Kеlаjаk хur, pоrlоq хаyot sеniki.
Hur Vаtаndа jаnnаtmаkоn- sеniki.
Mеhnаting bоr, rоhаti hаm sеniki,
Iqbоling bоr, kеlаjаkdаn umidim
Kеlаjаk хur, pоrlоq hаyot –sеniki.
Sоg`lоm аvlоd, vаtаndоshlаr –sеniki.
Mаhаllаdоsh, fidоiylаr –sеniki
Duоgo`ylаr-оqsоqоllаr undа bоr,
Kеlаjаk hur, pоrlоq hаyot sеniki.
Аvlоd ruhin shоd etgаn-аhli оdil
Hur Vаtаnim O`zbеkistоn – sеniki,
Iqbоling bаlаnddir-imоnim kоmil
Kеlаjаk hur, pоrlоq hаyot –sеniki.
ОNА TILIMGА
Аbdullа Оripоv
Ming yillаrkim, bulbul kаmоli,
O`zgаrmаydi, yaхlit хаmishа.
Аmmо sho`rlik to`pining hоli.
O`zgаlаrgа tаqlid hаmishа.

Оnа tilim, sеn bоrsаn, shаksiz


Bulbul kuyin shе’rgа sоlаmаn.
Sеn yo`qоlgаn kuning, shubhаsiz
Mеn hаm to`ti bo`lib qоlаmаn.

O`ZBЕK TILIM


Аnvаr Оbidjоn


O`zbеk tilim so`zgа bоy,
Sizgа аyon hоynаhоy.
Bu tildа so`zlаgаndа,
Bulbullаr qilаr хаndа.

Mеn shu tildа so`zlаymаn,


Vа shu tildа kuylаymаn.
Nаvоiyning g`аzаli,
Bu tildа ko`p mаzаli.

Tilini sоtgаnlаrni,


Gunоhgа bоtgаnlаrni,
Bo`lding dеya хаvоyi,
Kеchirmаgаy Nаvоiy.
MАQОLLАR

Bulbul chаmаnni sеvаr,


Оdаm – Vаtаnni.
***
Vаtаnning vаyrоnаsi – umrning g`аmхоnаsi.
***
Еridаn аyrilgаn еtti yil yig`lаr,
Elidаn аyrilgаn o`lgunchа yig`lаr.
***
Kishi yurtidа shох bo`lgunchа,
O`z yurtindа gаdо bo`l!
***
Оnа yurting – оltin bеshiging.
***
Оnа yurting оmоn bo`lsа, rаngi ro`ying sоmоn bo`lmаs.
HАDISLАR

Vаtаnni sеvmоq imоndаndir.


Vаtаn оstоnаdаn bоshlаnаdi.
Insоn хаtоni ko`prоq o`z tili bilаn sоdir qilаdi.

Mustaqilik sharofati bilan axloq va odob ilmga, ma’naviyat masalalariga ijodiy e’tibor berib kelmoqda.


“Ta’lim to’g’risida” gi qonun, “Kadrlar tayyorlash” Milliy dasturi mustaqil yurtimizga barkamol shaxsni yetishtirib berish vazifasini ilgari suradi.
Xalqimizda “Bola boshidan, o’g’lon yoshidan” degan naql bor. Yoshlikdagi to’g’ri tarbiya inson kamolatini tarbiyalaydi.
“Odobnoma” fanining maqsad vazifasi yosh avlod qalbiga odob va axloq nurlarini sochishdan iboratdir.
Odobnoma darslari farzandlarimizda insif, adolat, iymon-e’tiqod, vijdon va mehr-muhabbat hislarini tarbiyalashga qaratilgandir. “Odobnoma” darslari o’quvchilarni xalqimizning unitilayotgan boy tarixi, madaniy va ma’naviy merosi, so’z san’ati, xalq pedagogikasi va milliy qadriyatlari bilan tanishtiradi.
Mazkur hujjatlarni hayotda tadbiq etish maqsadida 1998-1999 o’quv yilidan umumta’lim maktablariga I-IV sinflariga tarbiya sifatida “Odobnoma” fani davlat o’quv rejasi asosida o’qitiladigan bo’ldi. “Odobnoma” dasturi I-IV sinflar uchun mavjud dastur asosida, zamon talabiga mos ravishda yangidan qayta ishlab chiqildi.
Odob va axloq ilmini farzandlarimiz ongi va qalbiga singdirishimizda o’qituvchilarimizga maktab, oila, mahalla va keng jamoatchilik yaqindan yordam berishlari zarur.
Odobnoma ilmi-Vatan tuyg’usi salom berish odobi, oilada milliy urf-odat va an’analarga rioya qilish demakdir. Xalq pedagogikasi, ota-onalar nasihatlari, xalq og’zaki ijodiyoti materiallari bo’lmish doston, ertak, rivoyat hamda buyuk shaxslar ijodi, hayotidan namunalar keltirish va ular o’gitlarini o’rganish orqali murg’ak qalbni tarbiyalashdir.
I-IV sinflarda “Odobnoma” dasturi oddiydan murakkabga qarab boradi. Biri ikkinchisini to’ldiradi, boyitadi. I-sinfda “Odob salomdan boshlanadi” mavzusida o’quvchilarga dastlabki salomlashish odobi o’rgatiladi. II-sinfda u asta-sekin rivojlantirilib, “Yaxshi so’z-jon ozig’i” mavzusiga bog’lanib ketadi. III-sinfdagi “Orastalik-yaxshi odob” mavzusiga doir darsda insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi vosita, ularning odobi ochiq chehrali ekanligini, IV-sinfdagi “Odob-inson ziynati” mavzusida salomlashish, xushxulqlik, insondagi odoblilik fazilat ekanligini asoslab beriladi.
Shuningdek, bolalarga yoshligidanoq nima savobu nima gunoh, nima halolu nima harom kabi o’zbekona turmush tarziga xos tushunchalarni o’rganishga ahamiyat berish zarur.
I-IV sinflar uchun yangi yaratilgan “Odobnoma” dasturining ahamiyati shundaki, kerak bo’lgan o’rinda Qur’on, Hadis ilmidan foydalangan holda, diniy aqidaparastlikni oldini olish masalalari ham ochib berilgan. Darslardagi har bir mavzu bolalarning kundalik hayoti, turmush tarzi bilan bog’langan. Har bir bo’lim va mavzular tarbiyaviy jarayondan ayricha emas, o’qituvchi mavzularni o’zi yashayotgan mahalliy sharaitdan ham olishi mumkin. Tarixiy, madaniy, rasm-rusmlar dars yo’nalishini tashkil etadi.

I-IV sinflar uchun “Odobnoma” fani bo’yicha mazkur yaratilgan mazkur dasturidagi bo’lim mavzularida boshlang’ich sinf o’quv-chilarining yosh xususiyatlari, bilim darajalari hisobga olingan. Ular asta sekin takomillashtirib rivojlantirilgan. Buyuk hazrat Alisher navoiy “Haqiqiy sharaf hayo va odobdan keladi” - degan edi. Darhaqiqat, odob muammosi kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan boshlab, xalq ijodining mahsuli-afsona, ertak, doston, maqol, rivoyat va hikoyalarda o’z ifodasini topgan. Mustaqillik sharofatida o’zbek diyorida xalqimizning o’z ona tili va madaniyatiga bo’lgan e’tibori kuchayadi. Biz shu ona tilimiz orqali mutafakkir va ma’rifatparvarlarning asarlarini dilimizga jo qilamiz. Shuning uchun “Odobnoma” darslarida sof o’zbek tilida so’zlashga alohida ahamiyat berish lozim.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik, qilish, ochiq ko’ngillik, millatidan qat’iy nazar odamlarga hayrixoxlik bilan munosabatda bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi kishilar o’rtasidagi munosabat me’yoriy hisoblanadi. O’zbeklar diyorida, o’z vataniga mehr muruvvat, mehnatsevarlik, bilimga, uztozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom O’zbekiston aholisiga hos fazilatdir”, - deb ta’kidladilar.
Odob va axloq malakasini singdirish va bolalarga yoshlikdan komillikka intilish his-tuyg’ularini shakllantirish uchun quyidagi tamoyillarga amal qilnishi nazarda tutiladi.
- respublikamizda boshlang’cih sinf o’quvchilariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda sog’lom muhit ustivorligiga erishish:
- ta’lim va tarbiyaning uzluksizligiga ahamiyat berish:
- ta’lim va tarbiya jarayonida bola ruhiyatini tarbiyalash:
- ta’lim tarbiyani dunyoviy tasnifda shakllantirish:
- jamiyatda, xalqimizga bo’lgan muhabbat va sadoqatni tarbiyalash:
- vatan ravnaqi yo’lida halol va fidokorona mehnat qilish:
- suhbat, munozara, ma’ruzalar, ertaklar, musobaqalar uyishtirish, xalq og’zaki ijodi namunalari hamda bolalar ongini o’stiruvchi asarlardan foydalanish va shu kabilar.
“Hotamnoma”, “Hikmatnoma”, Kaykovusning “Qobus-noma”, Yusuf Hos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Nosir Xusravning “Saodatnoma”, Ibn Sinoning “Donishnoma”, Navoiyning “Mahbubul qulub”, Boburning “Bobur yoxud axloq” shuningdek Cho’lpon, Fitrat va hozirgi zamon bolalar yozuvchilarning istiqlol davrida yaratgan asarlaridan unumli foydalanish kerak.
“Odobnoma” saboqlarida bolaning erkin fikrlash, ayniqsa tasavvur etish, faraz qila olish qobiliyatini rivojlantirish, ko’nikma va malakalarni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim to’g’risidagi Qonunda belgilangandek “Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir”.
Odob saboqlarida bolalar nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini, qanday ishlarga ergashish kerak, kimlarga taqlid qilish mumkin, qanday ishlardan o’zini tiyishni bilib oladilar va o’zlarida eng yaxshi insoniy sifatlarni rivojlantirishga harakat qiladilar. Shunday tadbirlar va ishlar bolalardagi eng muhim shaxsiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish mumkin.
O’qituvchi va o’quvchi munosabatlarida ustoz-shogirdlik odobini qaror toptirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak:
1. Odob saboqlarida voqea-hodisalarga munosabat bildirishni o’rgatish yuksak insoniy saboqlarida o’zlashtirib olishga qiziqishni oshirish.
2. Har bir bolada Vatan tuyg’usi paydo bo’lishiga erishish.
“Ta’lim to’g’risida” gi Qonunga muvogiq o’qituvchi ta’lim berish jarayonida bir-biri bilan bog’liq quyidagi uch maqsadni amalga oshirishi kerak:
a) ta’lim berishi, ya’ni o’quvchilarning o’quv materiallarini o’zlashtirishlari
b) odob-ahloq me’yoriga rioya qilishlari
d) o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlarini hisobga olgan holda o’quvchilarda quyidagi sifatlarni shakllantirish zarur.

  • tarbiyaning sifati (xususan, mehnatsevarlik, puxtalik, mustaqillik, sobitqadamlik va h.k).

  • “Odobnoma” darsliklarining mazmuni va ta’lim texnologiyasining o’zaro bog’liqligi.

Berilayotgan bilim oddiygina xotira yordamida emas balki, bolaning o’z fikrlash sa’yr-harakatlari bilan egallangandagina mustahkamlanadi.
Uzviylikning ta’lim - tarbiya tizimini rivojlantirish uchun har bir predmetning dasturlarini odobnoma dasturi bilan bog’lash ularda milliy tarbiya, insonparvarlik bosh mezon bo’lishi, mavjud o’quv dasturlarini qayta ko’rib, tegishli o’zgartirishlar bilan takomillashtirish zarur. Odobnoma fanidan saboq beruvchi o’qituvchi chuqur bilimga, yuksak kasb mahoratiga ega, ma’naviy olami boy, izlanuvchan, eng muhimi, fidoyi bo’lishi kerak.
Ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirish bo’yicha xalqaro aloqalar o’rnatish, shu yo’l bilan jahon tajribalarini ham o’rganish, ularning yangi texnologiyalari bilan tanishish YuNESKO va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yaxshi samara beradi.
“Ta’lim to’g’risadi” gi Qonun “Kadrlar tayyorlash” Milliy dasturi va Prezudent I.Karimovning nutqlari, ma’ruzalari va asarlarida o’z ifodasini topgan nazariy va amaliy ta’limotlar ta’lim-tarbiya sohasida ishlayotgan barcha pedagog-murabbiylarga, jumladan, eng muhim o’quv fanlardan biri bo’lgan “Odobnoma” saboqlarini olib boruvchi o’qituvchilarga dasturi amal bo’lib qolishi kerak.
foydalanilgan adabiyotlar.
1. Boshlang’ich ta’lim jurnallari.
2. Odobnoma o’qitish metodikasi. 2003 yil.
3. Odobnoma (1-sinf o’quvchilari uchun dastur).
4. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi.
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling