Pedagogik texnologiya turlari


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/75
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197487
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
Bog'liq
oqitishning zamonaviy usullari fani boyicha oquv materiallari

O`quvchi  kundaligi.  Uni  tutish  uchun  o`qituvchi  va  o`quvchi  o`rtasida  to`liq 

o`zaro tushunish va ishonch bo`lishi zarur. Kundalikda aks ettirilishi mumkin bo`lgan 

shaxsiy yoki nozik mavzular bo`yicha, o`qituvchi qanday qilib ta'sir etishini oldindan 

belgilab  olishi  lozim.  O`quvchilar  o`qituvchi  kundalikdan  bilgan  narsalar  bo`yicha 

bezovtalansalar,   boshqa o`quvchilarga maslahat bilan murojaat qilish mumkinligini 

bilishlari kerak. 



O`z-o`zini  baholash.  O`quvchilar  qo`yilgan  maqsadga  erisha  olishlari  uchun 

nimalar  kerakligini  aniqlay  bilishlari  kerak,  buning  uchun  ularni  o`z-o`zini 

baholashga o`rgatish zarur. O`z-o`zini baholash o`qituvchi bilan dialog olib borishga 

asoslangan.  O`quvchilarni  o`z-o`zlarini  baholashga  tayyorlaganda  o`qituvchi 

quyidagi savollarni ishlatishi mumkin. 

   Siz ushbu topshiriqni yaxshi bajarish uchun nimalar qildingiz? 

 Qaerda xatolar bor?  

 Boshqa o`quvchilarga qaysi bo`limlarni tushuntirib berishingiz mumkin? 

 Ushbu  masalalar bo`yicha maktabdan tashqari qanday  tajribangiz bor?  

 Ushbu  mavzu  bo`yicha  qanday  qo`shimcha  ma’lumotlarni  bilasiz?  va 

boshqalar.  

Kuzatuv  -  baholashning  muhim  usuli  bo`lib,    u  ta'lim  olish  jarayonini  tahlil  va 

nazorat qilishga qaratilgan. Quyidagilarni talab etadi: 

  Faqat  ishning  natijasiga  emas,  balki  o`quvchilar  qanday  ish  olib 

borayotganligi bilan ham tanishib borish.   

 O`quvchilarning fikrlarini eshitish va zarur xulosalar chiqarish.  

 O`quvchilar  erkin  fikr  yuritishlarini  nomayon  etishlari  uchun    muammolarni 

muhokama qilish. 

Kuzatuv ochiq, yo`naltirilgan va  tizimli bo`lishi mumkin. Ochiq kuzatuv 

paytida o`quvchi yoki  o`quvchilar guruhi o`zlari kuzatuv ostidaligini va baholash 

mezonlari  tanqiddan xoliligini biladilar. 

 Yo`naltirilgan  kuzatuv  bir  o`quvchi  yoki  ma'lum      o`quvchilar  guruhini 

kuzatishga qaratilgan bo`ladi.   Ma'lum bir vazifani o`quvchilar bajarayotgan paytda 

o`qituvchi    ular  qanday  suhbat  olib  borishayotgani,  vazifani  bajarish  uchun  qanday 

usul  va  vositalarni  tanlaganlari  va  ulardan  qanday  foydalanayotganlarini  kuzatadi. 

Shunday  qilib  o`qituvchi  ma'lum  bir  hatti-harakatlarda  o`xshashliklarni  kuzatishi 

mumkin.  Ushbu  kuzatuv  natijalarini  o`quvchilarning  o`zlarini  kuzatuvlari  bilan 

to`ldirilish mumkin, bu esa ushbu jarayonning turli tomonlarini ko`rish imkoniyatini 

beradi. 


 Tizimli  kuzatuv  paytida  mezonlar  oldindan  belgilangan  bo`lishi  lozim, 

kuzatuv belgilangan, cheklangan vaqt davomida amalga oshiriladi.  




 

48 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling