Pedagogik texnologiya turlari


Kuzatuv bir qator yutuqlarga ega


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/75
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197487
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
oqitishning zamonaviy usullari fani boyicha oquv materiallari

  Kuzatuv bir qator yutuqlarga ega: 

 

Xohlangan vaqtda ishlatilishi mumkin. 



 

Sinfda olib borilayotgan ishga xalaqit bermaydi. 

 

Barcha hatti-harakat turlari haqida axborot beradi. 



 

Alohida vaqt ajratgan holda maxsus tadbir o`tkazishni talab qilmaydi. 

 

 Alohida vositalar va materiallarni talab qilmaydi. 



5.5.  O’quvchining  o’quv  faoliyati  monitoringini  olib  borish  mezonlari  va 

uni tashkil etish usullari 

Ta'limda monitoring nima? 

XX  asrda  fanda  monitoring  tushunchasi  qo`llanila  boshlandi.  Boshqaruv 

tizimida  u  o`z  vaqtida  sifatli  axborot  to`plash,  ilmiy  asoslangan  axborotni  qayta 

ishlash,  saqlash.  tarqatishni  o`z  ichiga  oladi.  U  ilmiy  izlanish  orqali  yig`ilganligi 

uchun  u  yoki  bu  sohaning  xulosalar  asosida  kelgusidagi  rivojini  ta'minlaydi.  Ya'ni, 

sohaning hozirgi ahvoliga baho beradi, istiqbolini bashorat qilishga yordam beradi. 

Pedagogikaga  monitoring  tushunchasi  ekologiya  va  sotsialogiyadan  kirib 

kelgan. 


Ekologiyada  monitoring  -  tashqi  muhitni  doimiy  ravishda  kuzatish  orqali 

tabiatga  me'yoridan  ortiq  tashqi  ta'sir  xavfining  oldini  olishga  qaratilgan.  Ya'ni 

tabiatga salbiy oqibat olib keluvchi tashqi omillardan ogohlantirishga xizmat qiladi. 

Sotsiologiyada  tashqi,  ichki  omillar  va  ularga  salbiy  ta'sirlarning  oldini  olishni 

o`rganadi. 

Ta'limiy  monitoring  -  pedagogik  faoliyatni  doimiy  kuzatish,  u  haqida  axborot 

to`plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish orqali uning ahvoli va taraqqiyotiga ta'sir 

etishdan iborat. 

Masalan,  o`quv  jarayonining  o`quvchi  shaxsiga  ta'sirini  o`rganish  bo`yicha 

doimiy kuzatuvlar orqali axborot to`plash, saqlash, qayta ishlash orqali uning ahvol, 

taraqqiyoti, istiqbolini belgilash. 

Shaxsni  o`rganib,  kuzatib,  nazorat  etib  borish  orqali,  uning  rivojiga  o`quv 

jarayonining ta'sirini aniqlab borish. 

Ta'lim  sohasidagi    monitoring  -  pedagogik  kategoriya  bo`lib,  mazkur  sohadagi 

boshqaruv faoliyatini tartibga solib borishga yordam beradi. 

Monitoring  natijasida  olingan  axborotlar  tahlili  asosida  pedagogik  jarayon  va 

uni  boshqarishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish va samaradorligini oshirish chora-

tadbirlarini ilmiy asoslangan holda belgilash imkoniyati hosil bo`ladi. 

Axborotlar  tahlili  va    xulosalar  asosida  maktab,  o`qituvchi  faoliyatiga  tuzatish 

va  o`zgarishlar kiritib boriladi. 




Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling