Pedagogik texnologiyalardan foydalanish


www.scientificprogress.uz


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana11.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1258728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
o-quv-mashg-ulotlarida-didaktik-talablardan-va-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish

www.scientificprogress.uz
Page 1842
qolmasligi kerak, balki o’quvchilarga yangi bilimlarni o’zlashtirishga yaqindan turib 
ko’maklashuvi lozim. Ta’kidlash joizki, hozirgi zamonaviy darslarda uning 
ishtirokchilari bo’lmish o’qituvchi va o’quvchilarning vazifalari o’zgargan. O’qituvchi 
darsda yetakchi, yo’naltiruvchi, ko’mak beruvchi rejissyor, boshqaruvchi vazifasini 
bajarsa, o’quvchi darsning faol ishtirokchisiga aylanadi, u mustaqil ishlaydi, fikrlay, 
ijod qiladi. Bahs-munozarada o’z fikr mulohazalarni himoya qiladi, unda o’z-o’zini 
boshqarish malakasi hosil bo’ladi. 
Hozirgi kunda ilm-fan taraqqiyotining jadal rivojlanib borishi o’qituvchi, 
o’quvchilar faoliyatini yanada takomillashtirib, dars mashg’ulotlariga yangicha talqin 
berib, ta’lim samaradorligini oshirishni taqozo etmoqda. Shu o’rinda e’tirof etish joizki 
“Xalq ta’limi” jurnali 2006-yil 1-sonida e’lon qilingan professor R.Jo’rayevning 
“Zamonaviy dars. U qanday bo’lmog’i lozim” nomli maqolasida ham olib borilgan 
ilmiy taqiqotlar natijasiga ko’ra, bugungi darslarning yutuq va kamchilliklari batafsil 
fikr yuritilgan bo’lib darslarni yangicha tashkillashtirish unga yangi tus va shakl berish 
bilan bog’liq ilmiy izlanishlar olib borilayotganligi hamda maskur masala shu kunning 
eng dolzarb muamolaridan biri ekanligi alohida ta’kidlangan.
Ko’p pedagogik adabiyotlarda ta’lim samaradorligiga erishishning yuzlab usullari 
haqida ilmiy tavsiyalar keltirilgan. Ammo ularning kamchiligi shundaki, bu usullarni 
qo’llash asosan o’qituvchi zimmasiga yuklatilagan. Nostandart darslar va ta’limning 
interfaol usullarida markaziy o’rinda o’quvchi shaxsi qo’yilgan, bunda o’qituvchi 
tashkilotchi va mazmunni to’ldiruvchi vazifasini bajaradi, tadqiq qiladi biz nostandart 
darslar va ta’limning interfaol usullarning ba’zilariga to’xtalib o’tamiz. Ularni to’ldirish, 
yangilarni o’ylab topish, samaradorligini oshirish albatta barchamizdan izlanishni talab 
etadi. Ayrim pedagogik texnologiyalarni o’quv mashg’ulotlariga qo’llash jarayonida 
o’zgartirishga, to’ldirishga, takomillashtirishga to’g’ri keladi. Bunda o’qituvchining 
pedagogik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling