Pedagogik texnologiyalardan foydalanish
www.scientificprogress.uz
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
o-quv-mashg-ulotlarida-didaktik-talablardan-va-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish
www.scientificprogress.uz
Page 1844 5. Mavzu mazmunida mos ta’lim metodlarini tanlash bu metodlar asosan, qisman izlanish hamda izlanish darajasida bo’lishi zarur. Ta’lim jarayoning doimiy ravishda qat’iy belgilangan va uzoq yillar davomida amal qilib, kelinayotgan vaqt davomida tashkil etilishi, mutaxassislik fani bo’yicha mavzularga har o’quv yilida takror murojaat qilinishi, o’quvchilar ta’limiy faoligi hamisha ham yuqori darajada bo’lavermasligi kabi holatlar hatto o’qituvchining o’zida ham darsda tayyorlashga nisbatan befarqlikni yuzaga keltiradi. Iqtisodiy o’quvchilarni matematik fikrlashlarni taraqqiy ettirishda mustaqil fikrlashga o’rgatishda ularga turli misol, masalalarni turli usullar bilan yechishni o’rgatish yaxshi natijalar beradi. Ayniqsa, maktab dasturiga kiritilgan mavzular yoki o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi mavzular ularda yana ham katta qiziqish uyg’otadi. Bu esa o’quvchini o’z-o’zining mavzuga katta qiziqish bilan kirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 6. Mavzu mazmuniga mos ta’lim vositalarni tanlash va ulardan ko’proq o’quvchilarning foydalanishiga erishishi. 7. O’quvchilarning bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o’rgatib borish. Bugungi kunda Respublikamizda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshirilgan ishlarni har tomonlama tahlil qilish va uni yanada takomillashtirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ya’ni O’zbekistonda ta’limning zamon talablari darajasida yuqori bosqichga olib chiqishdir. Islohotlarning bosh maqsadi komil inson va malakaviy mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Ma’lumki o’quvchi har tomonlama mukamal shaxs sifatida shakllanishi hamda ma’lum bir yo’nalishda yuqori darajadagi kasbiy bilim malakaga ega bo’lishi ta’lim jarayoni bilan chambarchas bog’liq. Ta’lim mazmuni o’z navbatida, o’quv reja, o’quv dastur, o’quv predmedlarini o’z ichiga olib ta’limning asosiy tashkiliy shakli dars orqali amalgam oshiriladi. Dars juda tarixiy davr mobaynida bugungi kungacha davom etib kelayotgan ta’lim jarayoni bo’lib, yildan yilga uning mazmuni va metodlari rivojlanib, sayqallanib kelmoqda. U shunday pedagogik jarayonki, jamiyat taraqqiyoti bilan hammohang ravishda mazmunan boyib takomillashib, har bir darsda o’quvchi nimanidir o’rganadi, qandaydir yangi bilimlarni o’zlashtiradi, hamda uning zaminida xohish-istak, qiziqish, ma’lum maqsad sari intilish paydo bo’ladi. Shuningdek, dars o’quvchini kelajak hayotga tayyorlaydi, ya’ni o’quvchi darsning ishtirokchisi sifatida tarbiyalanadi, ma’naviy rivojlanadi. Zero dars ma’lumdan noma’lumga bilishdan yana bilishga intilish sari doimiy ravishda davomli ta’lim jarayonidir. Darsning yana bir jihati- u ta’limning boshqa shakllari bo’lgan fan olimpiadalari, tanlovlar, sayohatlar, to’garaklar, turli tematik kechalar va boshqa tadbirlar uchun asos sifatida xizmat qiladi. 8. O’quvchilarning dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, o’z tarixi, milliy urf-odatlari hamda boy madaniyatimiz bilan faxrlanishga o’rgatish. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling