Pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana11.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1258728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
o-quv-mashg-ulotlarida-didaktik-talablardan-va-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish

DIDAKTIK TALABLAR HAQIDA 
Endi darsga qo’yilgan didaktik talablarga to’xtalib o’tamiz. Ular quyidagilardan 
iborat. 
1. 
Darsning ta’limiy-tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash. Darhaqiqat har bir 
dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilishi lozim. Bu jarayonda 
o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. 
2. 
Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish. 
3. 
Dars mavzusining mohiyatini o’quvchilarning mustaqil fikrlab 
o’zlashtirishiga erishish. Agar o’quvchi muamoli vaziyatni o’zining hayotiy tajribasiga 
tayanib yechadigan bo’lsa, u nafaqat o’quvchi tafakkurini kuchaytiradi, balki uning 
xotirasida mustahkam saqlanib qolishiga ham sabab bo’ladi. Shu jarayonda 
qatnashadigan psixologik qonuniyatlardan yana biri-tafakkurni emotsional tomonini 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1843
qamrab oladi. U ham bo’lsa, o’quvchi u muammoli vaziyatni o’zi mustaqil hal qilganda 
unda qiziqish, ya’ni o’z mehnatining mahsulini ko’rishdan qoniqish tuyg’usi paydo 
bo’ladi. 
T.V.Kidyavtsev (Т.В.Кидявцев), I.Ya.Lerner (И.Я.Лернер), A.M.Matyushkin 
(А.М.Матюшкин), M.I.Mahmutov singari olimlar muammoli vaziyatni psixologik 
o’rganish asosida hamda vaziyatdan chiqishga yo’naltirilgan qaror qabul qilish 
jarayoniga tayanib, ta’limning muammoli “tadqiqot” usulini taklif qilishdi. Mazkur 
ta’lim metodi o’quvchini “ilk kashfiyotchi”, “tadqiqotchi” qiyofasiga keltiradi va 
muammoni o’zi hal qilishga undaydi. Bu yerda o’qituvchining roli muammoli vaziyatni 
rejali maqsadga yo’naltirilgan holda tashkil qilishda yotadi. Shuningdek, u o’quvchilar 
oldiga masalani qo’yadi va zarur hollarda yordam ko’rsatish bilan ham shug’ullanadi. 
Bu usul bilimlarni egallash va tafakkurni rivojlantirish uchun yangi qulay usul 
hisoblanadi. Chunki bu vaziyatda o’quvchi qandaydir darajada qandaydir yangilikni o’zi 
kashf qiladi. Natijada o’quvchi o’quv jarayonida ijodiy va qiziqish bilan yondashadi. 
O’tkazilgan tadqiqotlar va pedagogik tajriba-bu ta’lim usulining samarali ekanligini 
isbotladi. Yana shuni isbotladiki, har qanday o’quvchining tafakkurida minimal 
darajada bo’lsada, ijodkorlik elementlari mavjud ekan. 
Psixologiya fanida turli-tuman usullarini shunday yaxlit tizimi ishlab chiqilganki, 
bu tizim yordamida pedagoglar o’quvchilarning o’quv faoliyatini muammoli 
vaziyatlarini mustaqil yechishga oqibatda, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga 
erishdilar. 
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, muammoli ta’lim standart “Ma’lumot uzatish” 
ta’limi bilan ziddiyatga bormaydi. Aksincha, u qonuniy holda an’anaviy (standart) 
usulda uzatiladigan materialni o’quvchi aqliy qobiyatini faollashtiruvchi zaruriy 
vositaga aylantiradi. Shunday bo’lsada, biz quydagi muammoli ta’limni standart ta’lim 
usuli bilan qiyoslab ko’ramiz. 
Standart ta’lim uslubida, birinchi navbatda, o’qituvchi “tayyor” bilimlarni 
uzatadi, o’quvchi esa ularni passiv holda o’zlashtiradi. Shundan so’ng o’zlashtirgan 
bilim xotirada mustahkamlanadi va nazariy holda amaliy o’quv topshiriqlarini yechish 
jarayonida qo’llaniladi. Shuning uchun ham bu usul bilimlarini o’zlashtirish va hayotda 
qo’llash uslubi deb ataladi. 
Muammoli ta’lim esa an’anaviy (standart) ta’lim usulida shu bilan farq qiladiki, u 
o’quvchidan umuman ma’lum masalalarni yechishni talab qilmaydi, bu asosiy talab 
emas. Farq shundaki, bu usul o’quvchilarga masalalarni yechish jarayoni ularning o’quv 
faoliyatida qanday o’rin tutishini tushuntirib beradi. Muammoli ta’limda ma’lum bir 
muammo pedagogik rahbarligida o’quvchi tamonidan mustaqil o’zlashtiriladi.
4. 
O’quv materialini o’quvchilar tomonidan sodda tarzda qabul qilishga, 
hayot bilan chambarchas bog’lashiga erishish. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling