Pedagogik texnologiyalardan foydalanish
www.scientificprogress.uz
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
o-quv-mashg-ulotlarida-didaktik-talablardan-va-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARS JARAYONIDA MATEMATIKANI O’RGANISH BOSQICHLARI
www.scientificprogress.uz
Page 1845 9. Dars mavzusini boshqa o’quv fanlari bilan bog’liqligini ta’minlash. 10. O’quvchilarni yaxlit ilmiy dunyo qarashni shakllantirish. 11. O’quvchilarda dars mavzusini mos ravishda iqtisodiy, huquqiy, ekologik madaniyatini tarkib taptirish. 12. Darsda davlat ta’lim satandartlariga o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablarni to’liq bajarishga erishish. Zamonaviy darsni tashkil etish bilan bog’liq bu talablar mazmunidan shunday xulosa qilish mumkinki, maktab amaliyotda mustahkam o’rnashib qolgan standart darslarda ushbu talablarni bajarish imkoniyati yo’q. DARS JARAYONIDA MATEMATIKANI O’RGANISH BOSQICHLARI Dars jarayonida o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars jarayonida matematikani o’rganish bosqichlari, uning metodik izchilligi va amaliy ishni qanday boshlash hamda qanday tugatish haqidagi ko’rgazmali materiallaridan foydalanilmog’i lozim. Bulardan tashqari 1.Har bir dars aniq g’oyaviy mafkuraviy tizimga ega bo’lishi, o’qituvchi undan tarbiyaviy, maqsadda foydalanmog’i lozim. 2. Har bir dars ijtimoiy imkoniyatlatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog’lanishi, ko’rgazmali vositalar bilan jihozlanishi kerak. 3. Mashg’ulotlar o’ziga mos zamonaviy uslub, vosita va texnologiyalardan samarali foydalanilgan holda tashkil etilishi kerak. 4. Dars uchun ajratilgan soatlardan samaraviy foydalanish nazarda tutilishi lozim. 5. Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’zaro faol munosabatda bo’lishi, mashg’ulotlarda esa o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish. 6. Mashg’ulotlar davomida xalqimizning boy ma’naviy merosidan, ma’naviy qadriyatlaridan unumli foydalangan holda yurtimizdagi bo’layotgan ijobiy o’zgarishlardan o’quvchilarni boxabar qilish maqsadga muvofiqdir. Xususan dars davomida keltiriladigan matematik tushunchaga qaysi olim asos solganligi va aynan o’sha olimning matematika fani rivojiga qo’shgan hissasi haqida qisqa, lo’nda ma’lumot berish o’quvchilarning matematika faniga bo’lgan qiziqishlarni orttiradi. Bunday ma’lumotlarni o’qituvchi darsga kirishdan oldin turli adaboyotlardan va internet manbalaridan shakllantirishi mumkin bo’ladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling