Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta‘lim va Sport tarbiyaviy ishi” yo’nalishi 3- kurs 196-guruh talabasi Maxmudova Zaynura Xurmatbekovnaning
ichida sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagibilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallab olishlari kerak
Download 38.37 Kb.
|
dars ishlanma MOM
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Qurilishga sayohat» oyini.
1000 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagibilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallab olishlari kerak:
1. 1000 ichida sonlarning nomlarini bilish, sonlar qatoridagi Har bir navbatdagi sonning qanday hosil bo‘lishini, Har bir berilgan son bevosita o‘zidan oldin keladigan sondan qancha kattaligini va o‘zidan bevosita keyin keladigan sondan qancha kichikligini tushunishi; 2.Har bir sonning sonlar qatoridagi o‘rnini bilishi; 3.Raqamlarning o‘rin qiymatini bilgan holda sonlarni o‘qishi va yoza olishi; 4.Sonlarning xona tarkiblarini bilganlikdan foydalanib, ikkita sonni ularning sonlar qatoridagi olgan o‘rinlari bo‘yicha taqqoslay olish 5.Sonni uning xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi bilan almashtira olishi; 6.Sonlarning natural ketmaketligi va o‘nli tarkibini bilganlik asosida sonlarni qo‘shishi va ayira olishi; 7.«Uch xonali son», «uchinchi xona birliklari» atamalarini bilishi lozim. 1000 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilarni quyidagilarga o‘rgatishdan iborat: 1) predmetlarni bittalab, o‘ntalab va yuztalab guruhlarga birlashtirib sanashga; 2) 1000 ichida sonlarni o‘qish va yozish hamda ularning natural qatorda kelish tartibini bilishga; 3) sonlarni yuzliklardan, o‘nliklardan va birliklardan hosil qilish (ya‘ni sonlarning o‘nli tarkibini bilish)ga; 4) o‘ngdan chapga hisoblaganda birliklar ( 1 xona birliklari), o‘nliklar ( 2 xona birliklari) va yuzliklar (3 xona birliklari) qaysi o‘ringa yozilishini aniqlashga; 5) sonni (ikki xonali va uch xonali) xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topishga. «Qurilishga sayohat» o'yini. Didaktik topshiriq: O'quvchilarning matemetika darslarida hayot bilan bog'lab o'qitilishdagi faolligini oshirish. O'yin topshirig'i: Oquvchilarni matemetika darslarida turmush bilan bog'lab o'qitish va kasb-hunarga qiziqishini orttirish. O'yin bayoni: Bu o'yin 2 sinfda 1000 ichida to'rt amalni o'rganilgandan so'ng mustahkamlash bosqichida o'tkazilishi mumkin. O'yin jihozi uchun magnitli dars doskasi, qalin qog'ozdan yasalgan uyning poydevoridan to to'liq tayyor bo'lganiga qadar bo'lgan jarayonni aks ettiruvchi tasvir va 5 ta bosqichga 5 ta kartochkaga yozilgan topshiriq tayyorlab qo'yiladi. O'qituvchi o'yinning sharti bilan tanishtiradi. Uy yonidan o'tuvchi yo'lga yengil mashina o'yinchog'i yoki rasmi qo'yiladi. Uyning poydevori qurilishdan tomi yopilguncha bo„lgan 5 ta bosqichning har birida bittadan jami 5 ta kartochka yozilgan topshiriqlar beriladi. O„quvchilar 3 guruhga bo„linadi (3 qator parta 3 guruh deb o„rgatiladi). Har bir guruhdan o„quvchi chiqib 1-rasm orqasiga yopishtirib qo'yilgan topshiriqni o'qiydi (Наг bir guruh uchun bittadan misol yoziigan boiadi). 1. Misolni doskada yechadilar. 1-guruh 2-guruh 3-guruh 19—x=2 x—2 = 8 34—x= 10 1 2 3 4 5 3 nafar o'quvchi tenglamani yechib bo'lgandan keyin uyning poydevori qurib bo'linadi. Bir o'quvchi chiqib mashinani 2 - uyning tagiga surib qo'yadi. Yana 3 o'quvchi (har bir guruhdan 1 nafar) chiqib savolni olib o'qiydi. 2. Misollarni yeching: 1-guruh 2-guruh 3-guruh 328 + 687 — 435 219 + 164 + 421 213 + 784- 428 Amal hadlari nomlarini to‟g'ri aytib, tushuntirib yechiladi. Mashina 3-raqamli uyning tagiga suriladi, savolni o'qib eshittiriladi. Unda quyidagi misollar berilgan bo'lib, o'quvchilar xatosini topishlari kerak. gr. 3. 320+10 = 400 (o'quvchi 330 hosil bo'ladi deb aytadi). gr. 140 + 20= 160 ( o'quvchi to'g'ri bajarilgan deydi). gr. 270+ 10 = 290 (o'quvchi 280 hosil bo'ladi deb aytadi). Dam olish daqiqasi o'tkaziladi. Bir, ikki bu hisob Raqamlarni o'ylab top? Hisob darsi aql dars Savollarga javob top! Mashina 4-uyning yarmida to'xtatilib, topshiriqdagi savol o'qiladi. 4. Magnit doskaga misollar yozilgan ko'rgazmali qurol yopishtirib qo'yilgan. Har bir qatordan 1 nafar o'quvchi chiqib javobini aytishi lozim. 1-guruh 2-guruh 3-guruh 420 + 50 - 100 = 370, 350 + 50 - 40 = 360, 700 + 50 - 50 = 700 o'quvchining javobi: 420 bilan 50 ning yig'indisi 470, 470 bilan 100 ning ayirmasi 370. o'quvchining javobi: 350 bilan 50 ning yig'indisi 400, 400 bilan 40 ning ayirmasi 360 ga teng. o'quvchining javobi: 700 bilan 50 ning yig'indisi 750, 750 bilan 50 ning ayirmasi 700 ga teng, deb chaqqonlik bilan aytib berishlari kerak. Mashina nihoyat 5- uyning yoniga surib qo'yiladi. 5. Masala. Bilmasvoyga yordam bering! Do'konda bir kunda 265 kg shakar sotildi. Sotuvdan keyin do'konda yana 138 kg shakar qoldi. Dastlab do'konda necha kilogramm shakar bo'lgan? Masalaning qisqa sharti: Sotildi - 265 kg Qoldi - 138 kg 31 Bo'lgan - ? Yechish: arifmetik usul x-265=138 1) 265+138 = 403 kg shakar x=138+265 x=403 Javob: Dastlab do'konda 403 kg shakar bo'lgan. Mana bolajonlar, uyning poydevoridan boshlab to bitgunga qadar mehnat qildik. Uyimiz tayyor bo'ldi. Sinf sharoitiga qarab masala, misollarni o'zgartirib turish mumkin. Kim quruvchi bo'lmoq-chi? deb o'quvchilarni kasb tanlashga yo'naltirish mumkin. Download 38.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling