Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta‘lim va Sport tarbiyaviy ishi” yo’nalishi 3- kurs 196-guruh talabasi Maxmudova Zaynura Xurmatbekovnaning
Download 38.37 Kb.
|
dars ishlanma MOM
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sayohatdagi sarguzashtlar» oyini.
«Bozorda» o'yini.
Didaktik topshiriq: Matematika darslarida iqtisodiy bilimlarni mustahkamlash. O'yin topshirig'i: Tez hisoblay olish malakasini shakllantirish. O'yin bayoni: O'yin jihozi uchun quyidagilar tayyorlab qo'yiladi. Yozuv doskaga sabzavotlarning rasmlari ishlangan kartonlar yozib qo'yiladi. Bu yerda sabzi, kartoshka, piyoz, karamlarning rasmi bor. O'qituvchi o'quvchilarni o'yin qoidasi bilan tanishtiradi. O'quvchilardan sotuvchi, xarid qiluvchilarni tayinlaydi. Sabzavotlami sotib oluvchi o'quvchi: Bir kilogramm sabzi qancha turadi? Menga sabzidan 3 kg bering, deb so'raydi. — Sotuvchi 1 kg sabzi 30 so'm turadi, — deb aytadi. Nazokat ismli o'quvchi qiz 100 so'mlik sabzi xarid qilgan bo'lsa, qaytimiga necha so'm olgan? Demak, sotuvchi 3 kg sabzi uchun 90 so'm olib qolib, 10 so'm qaytarib bergan. ESLATMA: Nazokatning 500 so'm puli bo'lgan. Nazokat 22 so'mdan 5 kg kartoshka sotib oldi, 20 so'mdan 4 kg piyoz oldi, 2 ta karam uchun 30 so'm to'ladi. — Hisoblang, o'rtog'ingiz Nazokat bozorchaga borib necha kilo- grammdan sabzavot olgan va bu sabzavotlar uchun qancha pul to'lagan? Uning necha so'm puli ortib qolgan? Natija: 30 •3 = 90 so'm (sabzi) 22 • 5= 110 so'm (kartoshka) v) 20 • 4 = 80 so'm (piyoz) d) 2 ta karam 30 so'm. Xarid qilingan sabzavotlari uchun 310 so'm to'lagan 190 so'm puli ortib qolgan. Hammasi bo'iib 12 kg sabzavot va 2 ta karam sotib olgan. Bunday o'yinni mevalar, poliz ekinlari, o'yinchoqlar, idish- tovoqlar va boshqa narsalar yordamida o'tkazish mumkin. «Sayohatdagi sarguzashtlar» o'yini. Didaktik topshiriq: O'quvchilarda matematika darslarida ijtimoiy- iqtisodiy bilimlarni boyitib borish. O'yin topshirig'i: Arifmetik ammalar bajarishga oid malaka va ko'nikmalarni shakllantirish. O'yin bayoni: O'yin jihozi uchun qalin qog'ozdan yasalgan olma daraxti maketi, tandir, maketi, karton qog'ozdan yasalgan olma, nonlar, echki bolasi maketi kerak bo'ladi. O'qituvchi o'yinning sharti bilan tanishtiradi. Uchta opa-singil — Adolat, Risolat, Sabohat dalaga sayrga chiqishibdi. Ular yo'l yurishibdi, yo'l yurishsa ham mo'l yurishibdi. Yoida ketayotganda tandir maketi orqasida bir o'quvchi ovoz beradi. Nonlar: «Bizlarni uzib olinglar, kuyib ketyapmiz» deyishibdi. Opa-singillar: «Hozir, hozir sizlarni uzib olamiz» deyishadi. Opasi Adolat bittadan nonni uzib singillariga uzatadi. Singillar bu nonlarni yeyish uchun nonlaming orqasiga yozilgan misollarning javobini topishimiz kerak deydi. Misollar quyidagicha: 280 + 90 830-30 370 + 80 20 + 70 230-10 220-80 Singillari uning javobini topishga yordamlashadilar. 370, 450, 220, 800, 90, 140. Singillarim misollarning javobini juda to'g'ri topdingiz. Oani «Non yopganda» qo'shig'ini kuylaylik: Non yopganda, non yopganda, mening oyim, mening oyim. Kichik kulcha, kichik kulcha, yopar doim, yopar doim. Kulcha juda mazali, sedanali, jizzali. Yegan sarim yegim kelar, rahmat oyi degim kelar. Ana qorin to'ydi, endi yana yo'lda davom etamiz, deydi Adolat. Ular yo'lda olma daraxtiga duch kelishadi. Olma daraxti maketi orqasida bir o'quvchi ovoz beradi. Olmalar «Meni uzib olinglar, yetilib yerga to'kilib ketyapman» deydi. «Hozir, hozir biz sizlarni uzib olamiz» deydi opa-singillar. Olma maketining orqasida quyidagi tenglamalar yozilgan bo'ladi. Ular sinfdagi o'quvchilarga qarab, keling misollarni birgalikda yechamiz, deyishadi. Misollar quyidagicha yozilgan: 9 • x= 18 32 : x=4 40-x=10 x= 18 : 9 x=32 : 4 x=40—10 x=2 x=8 x=30 Barakalla, bahamjihatlik bilan misollarning javobini topdik, endi «Olma) kuylasak bo'ladi: Hoy olma, olma, olma, meni ovora qilma. Biroz egil bo'y cho'zay, olmalaringdan uzay. Opa-singillar mazza qilib olmalardan baham ko'rishib, yo'lda davom etishibdi. Ular yoida echki bolasining ovozini eshitib qoldilar. Echki bolasi «qutqaringlar» deydi. Echki bolasining rasmi magnitli doskachaga yopishtirilgan bo'ladi. Echki bolasini qutqarish uchun uning tuyoqlariga yozib qo'yilgan misollarning javobini topish kerak edi. O'quvchilar bu misollarni har xil usul bilan yechishga yordam herib yuboradilar. 1 -usul: 870 - 450 = (800 - 400) + (70 - 50) = 400 + 20 = 420 2-usul: 870 - 450 = (870 - 400) - 50 = 470-50 = 420 Endi uloqchaga shunday nasihatimiz bor: Izlab borar edi buloq, ikki echki hamda uloq. Ularda bor qancha quloq, qancha tuyoq hamda oyoq. O'quvchilarga o'yinnig tarbiyaviy mohiyati tushuntiriladi, ya'ni nonni e'zozlash, mevalarni qadrlash kabi ma'naviy oziqa beriladi. Download 38.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling