Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta‘lim va Sport tarbiyaviy ishi” yo’nalishi 3- kurs 196-guruh talabasi Maxmudova Zaynura Xurmatbekovnaning
ichida sonlarni og‘zaki raqamlashga doir topshiriqlar
Download 38.37 Kb.
|
dars ishlanma MOM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan test.
1000 ichida sonlarni og‘zaki raqamlashga doir topshiriqlar.
1) Alohida turgan cho‘plarni 1 dan 10 gacha sana. Javob:10 ta cho‘p 1ta o‘ntalik cho‘p bo‘ladi. 2) O‘ntalik cho‘plarni sana. Javob:10 ta o‘ntalik cho‘p 1 ta yuztalik cho‘p bo‘ladi. 3) Yuztaliklarni ham shunday sanash: 1 ta yuztalik – yuz 6 ta yuztalik- olti yuz 2 ta yuztalik – ikki yuz 7 ta yuztalik – etti yuz 3 ta yuztalik – uch yuz 8 ta yuztalik – sakkiz yuz 4 ta yuztalik – to‘rt yuz 9 ta yuztalik – to‘qqiz yuz 5 ta yuztalik – bez yuz 10 ta yuztalik - ming 2. 1) Yetmishdan yuzgacha 10 tadan qo‘shib sanash. 2) Yuzdan oltmishgacha 10 tadan kamaytirib sanash. 3) Sakkiz yuzdan minggacha 100 tadan qo‘shib sanash. 4) Mingdan besh yuzgacha 10 tadan kamaytirib sanash. 3. 5 m 2 dm * 2 m 5 dm 6 m 7 dm * 7 m 1 dm 3 m 2 dm * 8 dm 8 m 2 dm * 6 m 9 dm 4. O‘quvchilarning ikki guruhi 42 tup olmaning Hosilini yig‘ib olishi kerak edi. Birinchi guruh butun ishning 1/4 qismini bajardi. Ikkinchi guruh necha tup olma hosilini yig‘ib olishi kerak? 5. Baliqchi 12 ta laqqa baliq va undan 6 ta ortiq zog‘ora baliq tutdi. U tutgan baliqining 1/3 bo‘lagini o‘rtog‘iga berdi. Baliqchi o‘rtog‘iga nechta baliq bergan? 6. Mehnat darsi uchun har biri 20 so‘mdan 26 varaq yashil qog‘oz va bir quti plastilin olindi. Olingan hamma narsa uchun 1000 so‘m to‘landi. Bir quti plastilin necha pul turadi? 1) O‘nlikda necha birlik bor? 2) Yuzlikda necha o‘nlik bor? 3) Yuzliklarni sanang. 87 – misol. Quyidagilardan iborat sonni ayting. 6 o‘nlik va 5 birlik: 6 yuzlik va 5 birlik: 4 yuzlik 4 o‘nlik va 8 birlik : 6 yuzlik va 6 birlik: 2 yuzlik va 7 o‘nlik: 7 yuzlik 5 o‘nlik va 9 birlik: 9 yuzlik va 3 birlik 88 – misol. Besh yuz sonidan 1ta ortiq; uch yuz sonidan 1 ta kam sonni ayting. 89 – misol. Ikki yuz to‘qson yetti; yetti yuz o‘n olti sonidan boshlab tartib bilan 6 ta sonni ayting. 90 – misol. 1) 300 dan 1000 gacha 100 tadan qo‘shib sanang. 2) 400 dan 260 gacha 10 tadan ayirib yasang. 3) 497 dan 504 gacha, 678 dan 705 gacha, 989 dan 1000 gacha 1 tadan qo‘shib sanang. Yuqoridagi abakdagi raqamlar nimani bildiradi? 92 – misol. 348, 241, 501, 804, 600 sonlarida nechta yuzlik, o‘nlik va birlik bor? 93 – misol. Kitob 450 so‘m turadi, 4 ta bir xil alьbom 360 so‘m turadi. Kitob bitta albomdan necha so‘m qimmat turadi? 95 – misol. 900 so‘m+100 so‘m = so‘m 200 so‘m+50so‘m = so‘m 900 m 2 dm = dm 200 m 05 sm = sm Mavzu yuzasidan test. 1) 720:x=8 noma’lum sonni toping A)9 B)80 D)90 2) 600:200×18= ifodaning qiymatini toping. A)54 B)540 D)51 3) a=360,s=148 bo’lsa,a va s sonlarining ayirmasini toping. A)508 B)212 D)228 4)22-dekabrda Toshkentda kun 7 soat davom etadi.Bu sutkada tun necha soat davom etadi? A)15 B)17 D) 29 5)Amallarni bajaring.420:14×26= A) 780 B)760 D)580 Test javoblari: 1-D; 2-A; 3-B; 4-B; 5-A. Download 38.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling