Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta‘lim va Sport tarbiyaviy ishi” yo’nalishi 3- kurs 196-guruh talabasi Maxmudova Zaynura Xurmatbekovnaning


Download 38.37 Kb.
bet4/5
Sana06.05.2023
Hajmi38.37 Kb.
#1434434
1   2   3   4   5
Bog'liq
dars ishlanma MOM

«Darchalarni to'ldir» o'yini.
Didaktik topshiriq: O'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stirish.
O'yin topshirig'i: O'yin jarayonida bolalaming matematik og'zaki hisoblash qobiliyatini takomillashtirish.
O'yin bayoni: Uyning tartib raqami va yoshini aniqlash. Har bir o'quvchining soniga teng ko'rgazma tayyorlanadi, orasiga qo'yilgan varaqqa misollar yozilgan bo'ladi. Bu varaqlarni tez-tez almashtirib turish uchun qulay qilib tayyorlash lozim. O'qituvchi o'yinning sharti bilan tanishtiradi va hamma o'quvchilarga o'tilgan mavzu asosida yozilgan ko'rgazma tarqatiladi. So'ng bu perfokartochkadagi misollarning javobi qanday bajarilishi tushuntiriladi. Masalan: birinchi qo'shiluvchi 400 bo'lsa, ikkinchi qo'shiluvchi noma'lum bo'lsa, yig'indi 432 bo’lar ekan. Siz ikkinchi qo'shiluvchini qanday qilib topasiz? Buni toping va topgan 32 sonini darchaga yozib qo'ying. Yoki qaysi sondan 24 ni ayirsang, 500 hosil bo'ladi. Demak 524 dan 24 ni ayirsak 500 hosil bo'ladi. Shu bois darchaga 524 deb yozib qo'yamiz. 56 ni qaysi songa bo'lsak 8 hosil bo'ladi: 56 ni 7 ga bo'lsak 8 hosil bo'ladi, darchaning ichiga 7 soni yoziladi. Darcha ichiga yozayotgan raqamlarimizni oddiy qora qalam bilan yozsak, o'chirib tashlashga qulay bo'ladi. Bu o'yinni hamma amallar bilan og'zaki savol-javob orqali o'tkazish mumkin. Masalan, men bir son o'yladim. Shu o'ylangan songa 7 ni qo'shib 97 hosil qiling.O'ylangan sonni toping. 90. Men bir son o'yladim, o'ylangan sondan 100 ni ayirgan edim 69 hosil bo'ldi. O'ylangan sonni toping. 169. Shunday o'yinlar o‟quvchilarni fikrlashga, mehnat qilishga va ularning o'tkir zehnli bo'lishiga, tezkorlikka, topqirlikka undaydi.

«Qiziqarli daqiqalar» o'yini
Didaktik topshiriq: O'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stirish.
O'yin topshirig'i: O'yin jarayonida o'quvchilarning matematik og'zaki hisoblash qobiliyatini takomillashtirish.
O'yin bayoni: O'yin uchun quyidagilar tayyorlab qo'yiladi: magnit doska, bo'sh kataklar chizilgan ko'rgazma, raqamli kartochkalar. O'qituvchi o'yin sharti bilan tanishtiradi. Magnit doskaga bo'sh kataklar chizilgan ko'rgazmani yopishtirib qo'yadi, so'ng bo'sh kataklarga raqamli kartochkalarni shunday joylashtiringki, natijada javobi 1 hosil bo'lsin. Yuqoridagi bo'sh katklarga quyidagi raqamlarni qo'ysa, 1 hosil bo'lishi mumkin deb namuna tarzida ko'rsatiladi. Namuna: 10-9 = 1 100-99 = 1 1000-999 = 1 Bu xil misollar yechilishining qiziqarli tomoni nimada? Aytib bering va misollarning yechilishini davom ettiring. O'zingiz ham xuddi shunga o'xshash misol tuzing, uni yeching. Bu esa o'quvchilar tafakkurini o'stirish bilan bir qatorda izlanishga undaydi.


Download 38.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling