Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi


DTS ning bosh mezoni – bu tayanch o’quv rejasidir. Bunda asosiy


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana05.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#220188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ananaviy xalq qoshiqchiligida ajdodlar merosini uluglanishi

DTS ning bosh mezoni – bu tayanch o’quv rejasidir. Bunda asosiy 

e’tiborini o’zbekiston Respublikasining mafkurasi, xalqimizning asriy urf-

odatlariga qaratish lozim. “Ma’naviyat xalqning, jamiyatning, millatning 


qudratidir”-  degan  edi  yurtboshimiz.  Avvalo  o’qituvchichlarning 

dunyoqarashlari mukammal keng qamrovli bo’lishi zarur, Shundagina darslar 

samaradorligi ortadi. Barcha pedagoglar ta’limning amalga oshirishlari, 

o’quvchi yoshlar bilimlarini adolatli baholash hamda ularni rag’batlantirib 

borishlari zarur.  

Ta’lim muassasalarida dars berayotgan barcha o’quvchilar yuksak ilmiy 

salohiyat egasi, man’aviy barkamol, yetuk mutaxassis  bo’lishlari bilan birga, 

ularda odob-axloq me’yorlari yetarli bo’lsa, tajriba sinov usullaridan unumli 

foydalansa muammolar o’z yechimini topaveradi. “O’qituvchi, - degan edi 

yurtboshimiz, bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, ammo buning uchun avvalo 

o’qituvchichlarning o’zlri ana Shunday bilimga ega bo’lmoqlari kerak”.  

 

O’zbekiston mutaqillikka erishgach, barcha san’at turlari qatori o’zbek 



musiqa san’atiga bo’lgan e’tibor davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biriga 

aylandi.  

“Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Davlat 

ta’lim standartlarining joriy etilganligi musiqa madaniyati o’qituvchilarining 

zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Davlat ta’lim standartida ko’rsatib 

o’tilganidek,  musiqa  madaniyati darslarida  o’zbek  bolalar  folklorining 

qo’shiqlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berilgan. 

Bizga ma’lumki, har bir tarixiy davr mobaynida folklor qo’shiqlari o’zgarib, 

zamonga moslanib boradi ular o’sha davr kishilarini tarbiyalashda muhim 

ahamiyat kasb etadi. Folklorlarning eng muhim jihatlari shundaki, inson hayotida 

erisholmagan yoki o’ziga yetishmaydigan narsa hodisalarga urf-odatlar orqali 

yetishishi mumkin. 

Shuning uchun ham DTS talablari darajasidagi zamonaviy darslarni tashkil 

etishda, darsning noan’anaviy usullari diskussiya darslari, seminar va temtik 

o’yinlar o’quvchi yoshlarning qiziqishi va iqtidorlaridan kelib chiqib, interfaol 

o’yin darslarini tashkil etish lozim.  

X asr boshlarida yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o’z 

zamonasining mohir sozandasi va hofizi sifatida el orasida mashhur bo’lgan, uning 




“Bo’yi juyi muliyon” she’rini ushshoq kuyida aytilgani xaqida tarixiy manbalar 

mavjuddir. O’sha davrning buyuk olimi Mahmud Qoshg’ariyning “Devonui 

lug’otiy turk” asarida qadimiy turkiy xalqlarning xalq og’zaki ijodi va qo’shiqlari, 

bayram hamda marosimlaridagi mehnat qo’shiqlari, qahramonlik qo’shiqlari 

xaqida namunalar berilgan bo’lib, o’sha zamonlarda qo’shiqchilik janri rivoj 

topganini ko’rsatadi. 

X- XII asrlarda qo’shiqchilik san’atiga doir bayon etilgan noyob 

ma’lumotlar Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asarida ham uchraydi. X 

asrning buyuk kashfiyotchisi Abu Nasr Al Forobiyning musiqa sohasida asarlari 

asosida ovro’pa olimlari ham qator ijodiy ishlarni amalga oshirganlar. Uning 

“Kitab ul musiqa al- kabir” ( Katta musiqa kitobi), !Kalom fakultet – il musiqi  

(Musiqa xaqida so’z), “”Kitob fi ixsoal ibko’” (kuylar tasnifi xaqida kitob), “Kitob 

fi-n naqra muzofa ilal ibqo’” (Ritmga qo’shimcha qilinadigan siljishlar xaqida 

kitob) kabi ko’plab kitoblar muallifidir. 

Forobiy Turkistonning Farob (O’tror) shaxrida tug’ilgan bo’lib, uning otasi 

Muhammad Tarxon turkiy qabilalardan edi. Forobiy avval O’trorda o’qib, so’ngra 

Bog’dodga borib, falsafa, tabiyot, musiqa fanlari bilan shug’ullanadi. U o’sha 

davrning eng mohir sozandasi, bastakori , O’rta Osiyo va Yaqin sharqda musiqa 

madaniyatining yirik arbobi sifatida tanildi. Bundan tashqari u ijrochilik san’atida 

ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 

Xulosa qilib aytganda, milliy musiqa merosimizning yoshlar tarbiyasiga oid 

amallari DTS da ham to’liq belgilab berilgan. Ma’naviy dunyoqarashning ortib 

borishi uchun buyuk ajdodlarimizning tarixiy asarlari qo’l keladi, insoniylik 

tuyg’ulari yuksak darajada aks ettirilgan. O’qituvchi tinimsiz izlanish mehnat 

barobarida o’quvchi yoshlarni nimalarga qiziqishiga e’tiborini jalb etish bilan birga 

har bir darsni sinov dasturi bo’yicha amalaga oshrishi kerak. Chunki, o’qituvchini 

o’quvchi diqqat bilan kuzatadi.  




Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling