Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
ananaviy xalq qoshiqchiligida ajdodlar merosini uluglanishi
Xo’sh, zamirida bunchalik sexr va shifo, tarovat, naql va haqiqat yashirgan
kuylar qachon paydo bo’lgan? Musiqa asboblarini kim va qachon bunyod etgan degan savol tug’iladi. Naql qilishlaricha, ibtidoiy odam dunyoga kelibdi-yu, xarakatga tushibdi, xarakatini mexnat bilan boyitibdi. Shalola, sharshara, dilbar shabada, shovullagan shamol, daraxt shoxlarining «salomi» va gurros tovushi qushlar chug’uri va navosi uning xayotiga hamnafas mexnatiga hamdam bo’libdi. Darhaqiqat, musiqaning oshifta kungillarga kursatuvchi sexr-jodusi o’zgachadur. Qadimgi Yunonistonda “musiqa bilan davolash ilmi” keng taraqqiy etgan. Masalan, matematik va faylasuf Pifagor musiqani kishi ruxiga va tanasiga xar tomonlama bo’ladigan vosita sifatida tavsiya etgan. Ko’hna Afrosiyobda olib borilgan qazilmalarda qo’lida surnay ushlagan xaykalcha topilgan, olimlar u xaykalchani eramizdan avval III–IV asrlarda yaratilgan deb taxmin qilmoqda. Aytishlaricha, Iskandar Zulqarnay ham kup ishlarni musiqa sadolari ostida bajargan ekan. Qorni to’k kishini ovozi past, qorni och kishini ovozi jarangli eshitiladi. Shu boisdan dutor va g’ijjakning qorni bo’m-bush qilib yasash odat bo’lgan. Xorun-ar Rashid xalifaligi davrida musiqa asboblarining turi xiyla ko’payib kanizaklar ham chalib, ham raqs tushar, ashula aytar ekanlar. Demak, ana shu dalillardan kelib chiqib, kuy, qo’shiqni falon kishi falon bir davrda yuzaga keltirgan deb bo’lmaydi. Ya’ni, ona tili nutqining yaratilishini biron bir kishiga bog'lab bo’lmagani kabi kuyimiz tarixini ham xech kimga bog’lab bo’lmaydi. U ona tilimiz nutqimiz qadar qadimiy va qadrlidir. Ibn Sino sexrli kuy ta’sirida sarxush bo’lib hamon g’ijjak chalardi, bu yerda oy chiqib , avval daraxt uchlariga, sungra butun borlikka nur taratdi. Asrlar, davrlar o’tishi bilan inson kamol topa borgan sari musiqa asboblari ham takomillashib, bugungi kunimizga rang-barang ko’rinishda, turfa sado va navolarni qalbiga jo qilib keldi. Xalqning og’ir kunida ham, shodlik, xursandchilik paytlarida ham doimo hamroh bo’lgan. Shirali kuy yoqimli ovoz o’z ta’sirini inson qalbiga sirli hayajon soladi, uning ruhiyatini tetik qiladi. Ulug’ mutafakkir shoir Sa’diy Sheroziy kuy va qo’shiqni “Ruh ozuqasi” deb atagan ekan. Shuning uchun ham kishi yaxshi bir kuy yoxud qo’shiq kuylaganida jaholatdan yroqlashadi, qalbini yaxshilik tug’yonlari qamrab oladi. Muhabbat, sadoqat, insoniylik, go’zallik kabi yuksak darajadagi insoniy his – tuyg’ularni qalban his qiladi. Musiqa shunday ajoyib san’atki, uning uchun hech qanday til to’sig’i yo’q , tarjimonga muhtoj emas. Musiqa shunday ajoyib shifobaxsh fazilatlarga egaki, buni o’z navbatida Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino kabi ulug’ daholar o’z asarlarida ta’riflab berganlar. “Zamonaviy va mumtoz, ya’ni kuy- qo’shiqlarni o’rganish, ularning o’zaro bog’likligini nazarda to’tgan xolda dars jarayonida musiqa asboblaridan foydalanish ham zarurdir. O’quvchilarga milliy cholg’u asboblari qanchalik qiziharli bo’lsa, zamonaviy cholg’u asboblariga ham intilish, qiziqish kuchli bo’ladi.” Agarda bular 2 janrdagi qo’shiqlarni o’zaro bog’liqligini o’quvchilarga usul cholg’u asboblarini chalish yoki ular bilan tanishtirishni yo’lga qo’ysak, ularni tushinchalari yanada kengayadi. Xalqimiz o’zbek mumtoz va zamonaviy qo’shiqlarni milliy cholg’ular ijrosida kuylaganlar. O’zbekistonda g’oyat boy an’anaga ega bo’lgan musiqa asboblari jo’rligi u yoki bu sozlar birlashmasi o’z iasviriy ifoda imkoniyatlari bilan bog’langan. Musiqa amaliyotida har bir cholg’u asbobi ham tusga ega. Masalan, torli asboblarni olaylik. Ushbu asbobni faqat sozandalargina emas, balki xofizlar,
baxshilar ham keng foydalanishadi. Shulardan, umumta’lim maktablarida dars beruvchi musiqa o’qituvchilari ham torli asbobning rubob turidan foydalaniladi. Ma’lumki Respublikamizdagi mavjud umumta’lim maktablarini boshlang’ich sinflaridagi musiqa darslarini o’qitilishi hamma maktablarda ham talab darajasida deb bo’lmaydi. Ayniqsa, keyingi yillarda barcha umuta’lim maktablarining boshlang’ich sinfdarida o’qitiladigan fanlari qatorida musiqa fanini ham o’qitilish jarayoni yangicha uslublarni o’z ichiga oladi. Jumladan ushbu sinflarda xaftada bir soatlik o’tiladigan dars ham sifatli o’tilmayapti ya’ni o’qitiladigan musiqa darslarini boshqa fan o’qituvchilariga berib qo’yilmoqda. Musiqa darsini talab darajasida o’tish uslublari hamma joyda har xil olib boriladi. Avvalambor boshlang’ich sinflardagi musiqa darsini o’qitishda alohida e’tiborni sinfdagi o’quvchilarni saralab mutaxassis o’qituvchi o’quvchilarni qobiliyatini o’rganish bilan boshlasa maqsadga muvofiq bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga dars o’tish mobaynida rubobning ayrim elementlari haqida tushuncha berib borish lozim. Milliy cholg’ular xususida chang urma cholg’ulari qatorida sinalgan doira ham ma’lum. Doiraning har qanday usuldagi jo’rligi, ijro tinglovchini o’ziga jalb etadi. Buning uchun albatta musiqa o’qituvchisi milliy cholg’u asboblarimizdan qashqar rubobi, dutor, doira kabi cholg’u asboblar yordamida qo’shiqni o’rgatish bilan boshlaydi. Shu bilan birga sinfda 30 nafar o’quvchi bo’lsa, bularni uch to’rt guruxga bo’lib so’ngra har bir gurux bilan alohida ish olib borish kerak. Ushbu tanlangan o’quvchilardan 4 nafar yakkaxon ovozli o’quvchilarni ajratib ularga belgilangan rejadagi qo’shiqni yaxshilab singdirib, so’ngra sinf o’quvchilariga o’rgatilsa, darsni sifatli chiqishiga erishiladi. Bunday tashqari qo’shiqni o’rgatishda cholg’u asbobi bo’lmasa o’quvchilarni orasidan uch to’rttasini ajratib chapak chalish yordamida usul berib qo’shiqni o’rgatiladi. Bu o’rinda sinfdagi o’quvchilardan yigitlardan alohida, qizlardan alohida raqsga moilligi borlarini tanlab olinib bir vaqtda o’rgatiladigan qo’shiq orqali raqs o’rganish uslubini ham shakllantirib boradi. Bu jarayonlarni bajarishda birinchi navbatda o’quvchilar bilan ovoz sozlash mashqlarini bajarish alohida o’rin tutadi. O’z-o’zidan ma’lumki, sinfga kirishdan tortib toki darsni tugatib chiqquncha musiqa ohanglari ostida dars olib borilishi zarur. Sinfdagi o’quvchilarini hozirgi sharoitda biror-bir kuy yoki qo’shiq o’rgatish yoki tinglatish bilan mashg’ul etilmasa maqsadga erishib bo’lmaydi. Dars davomida biror shoirni she’rini o’qitilib yoki yodlatib darsni yakunlash ham mumkin. Ta’lim jarayonida pedagogik texnalogiyaning bir qator tamoyillari mavjud bo’lib, darsning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda qiziqarli dars tashkil etish, test savollari asosida o’quvchining bilimini sinab ko’rish, muammolari vaziyatlar asosida savol-javoblar tariqasida dars o’tish va boshqalardan iboratdir. O’qituvchi dars jarayonida o’quvchilarga cholg’uning ahamiyati haqida so’zlar ekan, har bir ijro, har bir amaldagi harakat insonni ozguncha chorlashni, xatto tarbiya o’chog’i ekanini ta’kidlashi zarur. Har bir ohang orqali insonda yashiringan qobiliyat va iqtidor kelgusida yurtimiz ravnaqi, san’atimiz taraqqiyotida muximligini uqtirishi lozim. O’zbek xalq milliy ohanglari insonni tarbiyalaydi, kishilardagi yomon sifatlarni bartaraf etishga yordam beradi. Maktabdagi musiqa darslarini o’tadigan mutaxassis-mi yoki mutaxassis emasmi, bari-bir darsda o’qitilish jarayonida biror cholg’u asbobini o’rtacha bo’lsa ham egallagan bo’lishi shart. Shu bilan birga ularda ma’lum darajada estetik zavq va musiqiy hissiyot shakllanib boradi. Shu o’rinda darsning ko’proq qismini qo’shiq kuylashga va musiqa tinglashga ajratilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Agarda o’qituvchi biror cholg’u asbobida ijro qilishni lekin mutaxassichalik bajarmasa ham ma’lum darajada qobiliyatiga yarasha o’zlashtirib ish olib borsa, albatta dars mazmunliroq o’tadi. Aks holda bu talablarni bajarmasdan o’quvchilarni butun dars davomida har xil fikrlarni chalg’itib, she’rxonlik qilib, bo’lar bo’lmas har xil gaplarni gapirib, ularni fikrini buzish o’quvchilarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday hollarda musiqa darslari o’tiladigan bo’lsa, kam deganda, mutaxassis o’qituvchi topilguncha biror san’at soxasini bilgan o’qituvchi darsni o’tgani ma’qul.
Endi musiqaga oid adabiyotlarga kelsak, hamma boshlang’ich sinfdar uchun yangi nashrda lotin grafikasi bo’yicha musiqa darsligi qo’llanmasi yetarli deb aytsa ham bo’ladi. Bulardan faqat foydalanish kerak. Yangi o’quv darslari bo’yicha shug’ullanish uchun yetarli darsliklar hamma maktablarda mavjud. Ma’lum darajada sharoitdan kelib chiqib cholg’u asboblari bilan ta’minlangan. Faqat musiqa darslarni uddalay oladigan o’qituvchilarni topib darslarni berilsa, imkoniyatga qarab musiqa darsini o’tishga qiziqadigan, lekin mutaxassis bo’lmasa ham, agar biror-bir sozni chala olsa ularni malka oshirish kurslariga yuborish kerak.
Ma’lumki musiqa asbobini yasovchi usta unga qalb qo’ri, ko’z nuri va butun san’atini sarflab, qo’lga olgan kishi “Ofarin” desin deya bor kuchini sarflaydi. Ularning ko’pchiligi musiqa bilimiga ega bo’lib, o’zlari yasagan musiqa asbobining tashqi ko’rinishiga badiiy did bilan bezak berib qolmay,balki sozning yoqimli, orombaxsh ovoziga ham e’tibor berganlar. Tarixda Shunday mashhur ustalar ham bo’lganki, ular butun umrida faqat bir nechtagina musiqa asbobi yasaganlar. Binobarin, bunday sozlarni qo’lga olib “Sayratgan” sozandalar uning ustasini darhol taniganlar, asboblarni esa faxrlanib,e’zozlab, gard yuqtirmay asrab yurganlar.
Hozirgi davrda ana shunday noyob musiqa asboblariga ahyon – ahyonda ko’zimiz tushadi. Sababi, ustozlardan shagirdlarga meros bo’lib kelayotgan bu ajoyib bebaho asboblar arzimagan asboblar bilan bir burchakka yig’ishtirib qo’yiladi yokituzatadigan usta izlab yuriladi.
Shuning uchun musiqa madaniyati darslarida cholg’u asboblaridan foydalansa kishining o’zi ko’rgazmadir. Musiqa madaniyati darslarida har bir sozni e’zozlash, har bir insonning ezgu ishlaridan ekanligini ta’kidlab kelingan. Mana shunday ezgu niyat sohiblari o’z farzandlari va shogirdlariga sozlarni sirlarini meros qilib qoldirganlar va qoldirib kelmoqdalar.
An’anaviy sozlarni yaratish yo’lida ulug’ ustalarning milliy musiqamiz ohanglariga boshqa millat sozlarini ohanglari aralashib ketmasligi uchunqattiq ijodiy ko’rash olib borganlar. Bizning milliy sozlarimiz pardasi Yevropa sozlarining soz pardaridan farq qiladi. Musiqa notalarini yaratgan Al Farobiy o’z ilmiy asarlarida musiqamiz sozpardalarining jozibaliligi farqini ko’rsatib bergan, hattoki o’zi ham soz yaratib, amaliy misollarda isbotlab berganlar. Demak hozirgi yoshlarda san’atning ko’p turlariga, ayniqsa, musiqaga bolalar qo’shiqlar va mumtoz qo’shiqlari kuylashga intilish juda katta. Mustaqillik davrida barcha sohalar qatori milliy musiqa va milliy estrada qo’shiqchiligiga bo’lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Iste’dodli yoshlarimiz musiqa bo’yicha xatto qardosh respublikalarda ham taxsil olmoqda. San’at orqali xalqlar bir-biriga yaqinlashib bormoqda. Shu o’rinda musiqa san’ati do’stlik, tinchlik elchisi bo’lib xizmat qilmoqda. Shuni nazarda tutilganda yurtimiz kelajagi bo’lgan yosh avlodni ma’naviy, ruhiy va ahloqiy jixatdan tarbiyalab borishda musiqa san’atining keng imkoniyatlaridan foydalanishning eng muxim ahamiyatini tarbiyaviy ishlardan biri deb tushunmog’imiz kerak. Ba’zi qo’shiqlarni o’qituvchi doira jo’rligida ijro etish bilan birga u haqida ma’lumot berish o’rinlidir. Xalqimiz va ajdodlarimiz orasida ardoqlab, avloddan – avlodga o’tib, ko’payib, sozlar orqali chalinib kelingan va ularni katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini bilamiz. Mumtoz kuy va qo’shiqlarimiz milliy tafakkurni ma’naviy kamol topdiishda asosiy vosita sanalgan. Demak musiqa shunday qudratga ega ekanki, insonni hatto sehrlab qo’yar ekan. Xo’sh ana shunday sehrli kuylar, navolar taralayotgan sozlar qaerdan paydo bo’ldi, ularning ustalari kimlar? Bizlar o’shalar haqida o’ylashimiz lozim, ularning mehnatlarini qadrlashimiz kerak. Hali badiiy so’z ifodasining shakli topilmagan davrlardayoq odamlar turli harakatlarda, bir-biriga ovoz bilan, harsak bilan munosabatda bo’lishni bilganlar. Keyinchalik qadimgi odamlar gapirishni, yozishni o’rganganlarida o’sha so’zlarni ohanga solib avval so’z xalqlarini, so’ngra kichik-kichik otishmalarni o’rgana boshlaganlar. Sekin-asta zamonlar o’tishi bilan ular qamishlardan surnay, hayvonlar terisidan urib chalinadigan do’mbiralar yasab ko’ngillarini shod qilishni boshlaganlar. Bu kunlar biror bir katta hayvonlarni ushlab, undan taom tayyorlashib, o’zlariga yaqin odamlar bilan baham ko’rishgan vaqtlarida tuni bilan olov yoqib amalga oshirishgan. hozirgi bayramlarning paydo bo’lishiga asos bo’lgan bo’lsa ajab emas…
Asrlar, davrlar o’tishi bilan inson kamol topa borgan sari musiqa asboblari ham takomillashib, bugungi kunimizga rang-barang ko’rinishda, turfa sado va navolarni qalbiga jo qilib keldi. Asrimiz davomida cholg’u asboblarimiz asosida orkestr ijrosi uchun mo’ljallangan rubob, dutor, g’ijjak singari sozlarni xilma-xil turlari yaratilgan. Yuqorida aytganlarimizdek, xalq musiqa san’atimiz o’zining tuzilishi va ijrochilik uslubi bilan ikki turga bo’linadi. Birinchi turga molik bo’lgan ommaviy xalq kuy va qo’shiqlari kiradi. Ikkinchi turga esa ustozona musiqasi janrlari kiradi. Bu ustozona musiqasi janrlarini osonlikcha o’rganib ijro etish qiyin. Chunki ularning tuzilishi murakkab bo’lib, katta avjlar va murakkab ritm usullaridan iboratdir. Shu bois professional musiqani ijro etish uchun boy tajriba yuksak ijrochilik moxoratiga, jarangdor va keng diapazonli ovozga ega bo’lishi lozim. Ayniqsa ularni ijro etish jarayonida qochirim va nola kabi ijrochilik ifodalarini qo’llash lozim bo’ladi. U yuksak mahorat talab etadi. Shuning uchun professonal musiqa janrlariga oid ashula, katta ashula va epik dostonlar va maqomlarni ijro etish maktabining o’rganish uchun yetuk ustoz san’atkorlardan yillar davomida saboq olish lozim bo’ladi. O’tgan asrlarda musiqa amaliyotimizda nota yozuvi deyarli qo’llanmaganligi sababli xalq musiqasi og’zaki tarzda avloddan avlodga o’tib keladi. Hozir Toshkent Davlat Konservatoriyasidagi Sharq musiqasi kollejida mazkur janr ijrochiligi bo’yicha yuqori malakali ijrochi san’atkorlar tayyorlanmoqda. Ashula – ashula kuyi daromad (boshlanish qismi), kichik, o’rta va katta avjlardan iborat bo’lib, barmoq, ko’pincha aruz vaznidagi g’azallar bilan kuylanadi. Ashula kuyi vazmin, mayin bo’lib, chuqur ma’noga ega bo’lgan ijtimoiy fikr va his-tuyg’ular, ishq-muhabbat, sog’inch, alam va nafrat, xasratni ifodalaydi. Biz kundalik musiqa hayotimizdan milliy musiqamiz ashula janrida boy ekanligini bilamiz. Shu bilan birga ashula tuzilishiga navoli va serjilo kuylar ham ko’pdir. Ularni yakkanavoz yoki cholg’u ansanbli ijrosida tinglagan kishi bir olam zavq oladi. Siz kunda radio, televidenie va gram yozuvlardan: “Dutor bayoti”, “Rohat”, “Munojat”, “Tanovar”, “Gulbahor”, “Sayqal”, “Sarbozcha”, “Miskin”, “Qari navo”, “Orom”, “Shodlik”, “Dilxiroj”, “Ilg’or”, “Aliqambar”, “Abduraxmon begi”, “Ko’cha bog’i”, “Jazoir” va boshqalar kabi o’nlab rohatbaxsh kuylarimizni tinglayotirsiz. Ulardan ayrimlari g’azal bilan bastalanib, ashula qilib ham kuylanadi. Masalan: “Qari navo”, “Dilxiroj” va boshqalar. O’z navbatida ashula kuylari cholg’u asari sifatida ham ijro etiladi. Masalan: “Guluzorim”, “Qo’shchinor”. Shunga qaramasdan oliy ta’limdagi o’qituvchilar turli xil usullar asosida darslarni tashkil etib, darsda talabalarga ijro va cholg’u mahoratlarini yetkazish orqali, dars samaradorligini oshirishga harakat qilib kelmoqdalar. Buning uchun faqatgina o’qituvchi darsda bergan bilim va malakalaridan, talaba yoshlarning o’z ustida ko’proq mustaqil ishlashlari talab etiladi. Endlikda talabalarning bo’sh vaqtlari qanday samarali va foydali ishlarga sarflanmoqda! Afsuski bu boradagi amaldagi ishlar ko’ngildagidek emas! O’quvchi yoshlardagi fanga bo’lgan qiziqish va o’z ustida mustaqil ishlashlari yaxshi yo’lga qo’yilmagan. O’quvchilar orasida iqtidorli yoshlar bilan bir qatorda fanga juda sust intilayotgan o’quvchilar ham yo’q emas. Bu borada o’qituvchining vazifasi nimalardan iborat? Avvalo o’quvchi yoshlarga bilim berayotgan o’qituvchi o’z fanining mohir ustasi, keng dunyoqarashli, har tomonlama mukammal bilimga ega yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil eta olish orqali o’quvchiga namuna bo’la olish zarur. San’atimiz darg’alari To’xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy kabi bastakorlarimizning musiqiy meroslvrimizni o’rganish, ularning insoniy fazilatlai, ustoz-shogird o’rtasidagi munosabatlari, mehribon va talabchan ustoz bo’lganliklari haqida ma’lumotga ega bo’lish o’quvchilar tarbiyasida mehr- muruvvat his-tuyg’ularini orttiradi. Yosh avlodni jismonan sog’lom, ruhan tetik, aqlan yetku qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammoni hal etishda musiqaning o’ziga xos o’rni bor. Chunki, musiqa insonga tez ta’sir etuvchi, ruhiy xissiyotlarni rivojlantiruvchi vositalardan biridir. Inson musiqiy ohang va ona allasi orqali umrbod musiqadan zavq va madad oladi. Buyuk mutafakkirlarimizdan “Musiqa inson ruhini yo’ldoshidir” degan fikri bejiz emas. Musiqa merosimizning rivojlanib, yoshlar tarbiyasiga ijobiy hamda ijodiy ta’siririda milliy cholg’uchilik san’atining ahamiyati yuksak bo’lgan. Bugungi kunda qanchadan- qancha yoshlar milliy musiqiy yo’nalishlarda ijod qilib, butun diyorimiz bo’ylab o’z iqtidorlarini namoyish etmoqdalar. Bunday merosni asrab- avaylash va keyingi yosh avlodga yetkazish bugungi kun musiqa pedagogining eng muhim vazifalaridan biridir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling