Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi
Ajdodlar merosini o’rganishda bolalar folkloridan foydalanish
Download 1,21 Mb. Pdf ko'rish
|
ananaviy xalq qoshiqchiligida ajdodlar merosini uluglanishi
1.4. Ajdodlar merosini o’rganishda bolalar folkloridan foydalanish
O’zbek bolalar folklori uzoq asrlardan beri mavjud. Bunga kattalar ham, bolalar ham bab-baravar hissa ko’shganlar. Kattalar butun bir sistemadan iborat bolalarni erkalash poeziyasini yaratganlar; bolalarga mo’ljallab ajoyib-g’aroyib ertaklar to’qiganlar; ularning zehnini charxlovchi topishmoqlar, nutqini rivojlantiruvchi tez aytishlar ijod qilganlar. O’zbek bolalar folklorida bolalikning qalb tebranishlari, qiziqish va ehtiroslari, voqelikka munosabatlari o’ziga xos ifodasini topgan. Bolalar shular bilangina cheklanmaganlar; ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot taqozosi bilan kattalar repertuariga daxldor ayrim folklor namunalarini o’zlashtirib, «o’zlariniki» qilib borganlar. Bugungi kunda topishmoqlar, tez aytishlar va qo’g’irchoq teatrining tom ma’noda bolalarniki bo’lib qolgani hech kimda shubha uyg’otmaydi. Bizda o’zbek bolalar folklori namunalarini yozib olish ishlar» ancha kech boshlandi. O’tgan asrning o’rtalaridan boshlab, ayrim rus orientalistlari, umuman, turkiy xalqlar folkloriga e’tibor bera boshladilar. Shuni ham aytish kerakki, mavsum va marosim qo’shiqlariga tayanish, ularning ijodkori har qachon kattalar bo’lganini e’tirof etish evaziga bolalar qo’shiqchiligini cheklash hollari ham ko’zga tashlanadi. To’g’ri, marosimlarni kattalar uyushtirganlar. Ularning o’tkazilish tartiblarini ham, rasm-rusumlarini va qo’shiqlarini ham-kattalar ijod etganlari rost. Lekin unutmaslik lozimki, shu marosimlarning aksariyati bolalar ishtirokisiz o’tmagan; hech bo’lma ganda bolalar tomoshabin sifatida unga qatnashganlar va kattalar bajargan ishlarni ko’rgach, o’sha marosimni keyin o’yinda muqallid qilib o’zlari bajarganlar, shu muqallidlariga yarasha qo’shiqlarni to’qiganlari ham ayni haqiqat. Binobarin, bolalarning ham o’z marosim va mavsum qo’shiqlari yuzaga kela boshlagan. Bu jarayon davr o’tishi, turmush sharoitining o’zgarishi, yangicha munosabatlarning tug’ila borishi tufayli u yoki bu marosimning tamoman yo’qolishi, yo shunchak kattalar o’rtasida nufuzini yo’qotishi natijasida o’sha marosim bolalar o’yini yoki ijrochiligida yashash shakliga o’tishi bilan yanada chuqurlasha borgan. Aytaylik, «Y O ramazon» tipidagi qo’shiqlar qachonlardir kattalar repertuarida paydo bo’lgan. Inqilobiy davr va yangi munosabatlar taqozosiga ko’ra bolalar repertuarlariga o’tib, hozirgacha yashab kelmoqda. Hozir bu tipdagi qo’shiqlarga kattalar repertuarining namunalari sifatida qarash mutlaqo asossizdir. Bunday holatni «Boychechak», «CHitti gul» tipidagi mavsum qo’shiqlari misolida ham ko’rish mumkin. Kattalar hamisha o’z farzandlarini o’ylab yashaganlar - mehnat va ijod bilan shug’ullanganlar. Bu jarayon ularda bola va uning taqdiri to’g’risida qayg’urish majburiyatining tobora chuqurlashuv tarzida kechib, talay qo’shiqlarning to’qilishiga sabab bo’lgan. O’z navbatida erkalash poeziyasiga mansub namunalar ijro maqsadi, o’rni va bola yosh saviyasiga munosabatiga ko’ra ikki guruhga ajraladi: Birinchi guruhga mansub qo’shiqlar bolaning beshikdaligi davri bilan chambarchas bog’liq. Shunga ko’ra ularni beshik qo’shiqlari deyishadi. Allalar va talay etnografik mazmundagi poetik parchalar aytim-olqishlar ana Shunday xarakterga ega. Beshik qo’shiqlari chaqaloq uch yoshni to’ldirgunigacha aytilsa, ikkinchi guruhga mansub qo’shiqlar bola tug’ilganidan to 6-7 yoshga to’lgunigacha ijro etiladi va ular beshik bilan bog’lanmaydi. Bular suyish qo’shiqlari bo’lib, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlardan tarkib topgay, shu ma’noda erkalash poeziyasi xalq pedagogik dahosining ifodasi bo’lib, keyinchalik bolalar uchun maxsus adabiyotni yuzaga keltirishda muhim manbaga aylandi. Tag’in shunday qo’shiqlar silsilasi ham borki, ularni kattalar qachonlardir u yoki bu munosabat bilan to’qiganlar. Bular marosim va mavsum taronalari bo’lib, davr o’tgani sayin yangicha o’zgarishlar taqozosiga ko’ra ijtimoiy-estetik mohiyati va mavqei o’zgarib turgan, aniqrog’i, ijtimoiy ma’naviy ehtiyojga ko’ra kattalar repertuaridan bolalar repertuarlariga o’tgan: «Boychechak», «Chitti gul»-mavsumiy va «Y O ramazon»-marosimiy qo’shiqlari kabi. Natijada bolalar qo’shiqchiligida mavsum va marosim taronalari yuzaga kelishiga asos solingan. Shu bilan kattalar safida o’sha marosimlarga qatnashgan bolalarning o’zlari ham talay taqlidiy qo’shiqlar ijod etganlar, bolalikning o’ziga xos mavsumiy an’analarini yaratganlar va shu mavsumlar moxiyatiga munosib badihalar, yalinchoqlar, hukmlagichlar to’qiganlar.
Shu tariqa kattalar rahnamoligida, anikrog’i, ular bilan bevosita hamkorlikda bolalarning o’z mavsum va marosim taronalari yuzaga kelgan. Bularda xalq etnografiyasining tarixiy ildizlari saqlab qolingan va shular ta’sirida bolalarning kattalarnikidan farq qiladigan etnografiyasi va kalendari yuzaga kelgan.
Ulg’ayish ehtiroslari, o’yinlar, kattalar bilan munosabatlar, hayotda o’z mavjudligini anglay borish shavqu zavqlari murg’ak qalblardagi tebranishlarni rang-barang ohanglarda tovlantirib, bolalarning o’zlarini ham qo’shiqchi shoirga aylantirib qo’ygan. Shu yo’sinda bolalar ham ijod eta boshlaganlar va aytish mumkinki, ular yaratgan qo’shiqlar o’zbek bolalar folklorining xilma-xil janrlariga boy eng katta tarkibiy qismini tashkil etadi. Binobarin, ularga bolalar qo’shiqlari sifatida qarash tabiiydir. Qo’shiq qaysidir bir ijtimoiy qatlamda yaratilib, o’sha ijtimoiy qatlam o’zgarishi yo barham topishi natijasida uning ehtiyojlari drirasidan chiqib olishi tufayli boshqa bir ijtimoiy qatlam ermagiga aylanishi yo tamoman yo’qolishi tabiiydir. Bu o’ziga xos traditsion vorislik halqasining yuzaga kelishidan iborat jarayon bo’lib, o’z navbatida, qo’shiq umrining ko’p qatlamliligini ta’minlashdan tashqari, yana kattalar repertuariga taalluqli u yoki bu folklor asarining bolalar repertuariga o’tishining, bolalar og’zaki ijodiyoti va ijrochiligining namunasiga aylanishining qonuniyligini tasdiqlaydi. Bu qonuniyat bolalar folklorining kattalar folkloriga vorislik huquqini asoslaydi, ular o’rtasidagi munosabatning xarakterini ko’rsatadi kattalar folklori va xalq etnografiyasi zaminida rivojlanish tendentsiyasini ravshanlashtiradi, shuni ta’kidlash zarurki, bu vorislik bolalar folklorining kattalar folkloriga muteligi qobig’ida o’ralib qolmay, balki mustaqil ijodiy o’zlashtirish, o’sish va boyish negizida kechib, o’zbek bolalar folklorining, jumladan, uning behad keng tarqalgan
va xilma-xil janrlarga boy tarmog’i bo’lgan bolalar qo’shiqchiligining taraqqiyotiga o’ziga xoslik bag’ishlagan omil hamdir.
Bugungi kunda mustaqil diyorimizda barcha jabhalarda islohotlar asosida rivojlanish avj olmoqda. O’zbek xalq milliy musiqa san’ati qadim-qadimdan mavjud bo’lib, hozirgi kunga qadar avloddan-avlodgi, og’izdan-og’izga o’tib sayqal topib kelmoqdia. Milliy ohanglarni bizning bobolarimiz ham sevib tinglashgan, otalarimiz qadrlashgan, endi biz talabalar ham chin yurakdan his etib, talaba yoshlarga o’rgatib kelmoqdamiz. Galdagi vazifalarimiz yoshlarga milliy kuy-qo’shiqlar tinglash hamda kuylashni shu bilan birga qadr-qimmatni yo’qotmay bir-birlariga do’st va sodiq yashashlarini o’rgatishdan iborat. Odatda qo’shiqlar insonga hamroh bo’ladi. Dardu-hasratga to’lsa ham qo’shiq tinglaydilar, dam olsalar ham, quvonchga to’lsalar ham musiqadan baxra oladilar.
ekan. Xo’sh ana shunday sehrli kuylar, navolar taralayotgan sozlar qaerdan paydo bo’ldi, ularning ustalari kimlar? Bizlar o’shalar haqida o’ylashimiz lozim, ularning mehnatlarini qadrlashimiz kerak. Musiqa inson ruhiyatini ajarlmas qismi bo’lib hisoblanadi. Musiqadan turli ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go’zallikni his eta oladigan, o’z kasbiga, ona vatanga mehr qo’ygan bo’lishi kerak. Shu bois o’quvchilarda inson ma’naviyatining tarkibiy qismi bo’lmagan musiqa madaniyatini tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo’lib turadi. Musiqa madaniyati darslarida an’anaviy milliy qo’shiqlarimizdan foydalanishning muhim ahamiyati Shundaki, avvalo asrlar bo’yi xalqimizning boy, ulkan merosiga aylangan maqom ijrochiligining insonlarga kuchli ta’siri va ta’siri yuksakligidadir. Mashhur xofizlarimiz tomonidan yuqori saviyada ijro etilgan bu ashulalar o’quvchilarda ham ichki tuyg’uni ota-bobolarimizning ulkan tarix zarvaraqlarini inson organizmiga qay darajada ta’sir etishi ma’lum bo’ladi. Chunki, musiqa insonning asab tizimiga ijobiy yordam beradi.Onalar allasi haqida ham dars jarayonida tushunchalar berish o’z volidalarimizning aziz va mukarramligi haqida ma’lumotlar berib borish maqsadga muvoffiqdir. Ona o’z farzandiga alla aytayotganida chin yurakdan berilib kuylaydi, bola esa uning sehri bilan uyquga ketadi.Demak, o’zbek xalqi tomonidan yaratilgan xalq qo’shiqlari nafaqat musiqa darslarida, balki, insonlarning dam olishlarida ham o’z ta’sirchanligini ko’rsatadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling