Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
ananaviy xalq qoshiqchiligida ajdodlar merosini uluglanishi
Ta’lim-tarbiya tizimiga nazar tashlar ekanmiz o’tmish ma’rifiy merosimizda
eng muhim masala inson masalasi, uni har tomonlama barkamol tarbiyalash hamisha dolzarb bo’lib kelgan. Ma’rifiy qadriyatlarimizning muhim omillaridan iborat ta’limiy ahloqiy asarlarda insonning aqliy, ahloqiy takomili, jamiyatda egallash lozim bo’lgan o’rni buyuk ajdodlarimizning bir qator asarlarida ko’rsatib o’tilgan. Ma’lumki, har bir millatning madaniy taraqqiyoti, qaysi bir davrlarga mansub bo’lishidan qat’iy nazar, mazkur xalqning iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy- ma’rifiy sohalarida erishgan yutuqlari bilan chambarchas bog’liq.
O’zbek musiqa san’ati an’analari o’zining qadimiy asoslariga egaligi hamda tarixiy ildizlari mamlakatimiz hududida yashagan eng qadimgi ajdodlarimizning musiqiy iqtidorlari bilan bog’lanishiga ko’ra o’ziga xoslik kasb etgan qadriyatlar tizimi hisoblanadi.
O’zbekiston mutaqillikka erishgach, barcha san’at turlari qatori o’zbek musiqa san’atiga bo’lgan e’tibor davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biriga aylandi. Lekin shuni ham unutmaslik lozimki, musiqa tarbiyalashga oid ishlarning tinglovchilar bilimini boyitish ,fikr doirasini kengaytirish va musiqani tushinish qobiliyatini har qancha muhim bo’lsada, bu ishlarning jamiyat uchun ahamiyati faqat badiiy vazifalar bilan chegaralanmaydi. Boshqacha aytganda, musiqa tarbiyasini takomillashtirishda faqat professional musiqachilarni yosh musiqaning malakali ixlosmandalarini yetishtirishni emas, balki musiqa orqali va musiqa yordamida kishi shaxsining hamma tomonlarini shakillantirishni nazarda tutish kerak .
“ Barchamizga ma’lumki, yurtimizdagi chekka qishloqlarda ham bugungi kunda zamonaviy, jahon andozalariga mos holda qad ko’targan kasb-xunar kollejlarida ishga tushirildi. Ozoda, yorug’ va keng, xonalarda bilim olayotgan o’quvchi talabalar uchun yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “O’quvchini uyqusini keltiradigan ma’ruzalar kerak emas!”. Birgina musiqa madaniyati fanida o’tkaziladigan interfaol darslar yoshlarda mustaqil fikrlashni, ohanglarni to’g’ri kuylashni, o’z aybini sezishni o’rgatadi
Bunday darslar faqat qiziqarli emas, balki, agarda mustaqillik haqidagi qo’shiqlarni o’rgatadigan bo’lsak, talabalarni Vatan, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qo’l keladi. Boshqa fanlardan farqli o’laroq, musiqa darslari avvaldan erkin holda o’tilgan, Chunki fizika-matematika yoki ximiya-biologiya fanlaridan o’quvchilar o’zlarini ko’proq bilimga bag’ishlaydi, bu yerda esa ular o’zini huddi qo’shiqchiday tutadi, ovozini qo’yib qo’shiq kuylaydi, miyasi dam oladi, qo’shiq mazmuniga e’tibor beradi. O’qituvchiga notalar haqida savol beradi, o’quvchilar mustaqil mutolaa ham tahlil ham umumlashtirish ham mantiqiy xulosa chiqara olish hamda notalar bilan kuylash ko’nikmasiga ega bo’ladi.
Davlat ta’lim standartida belgilanganidek, dars jarayonining yangi usullaridan foydalanish bilan birga mavzuga bog’liq ko’proq musiqiy merosni ifodalovchi intelektual, o’ylantiradigan erkin fikrlovchi savollar qo’yish lozim. “Xar qaysi insonda, - degan edi yurtboshimiz, - muayyan darajada intelektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to’liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo’lgan barcha shart- sharoit yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan halos bo’ladi”.
Ushbu fikrlar har bir o’quv maskanlarida bilim berayotgan o’qituvchilar zimmasiga yuksak vazifalar yuklaydi. Pedagoglar darslarni to’g’ri shakllangan holda yangi dastur va darsliklardan foydalanib, informatsion texnologiyalarni ishlab chiqishlari zarur. Pedagogik xodimlar astoydil mehnat bilan yuqori sifatli bilim malakalarni hosil qilishlari kerak. Shundagina ular ta’limning DTS ko’rsatmalariga amal qilgan holda demoktarlashtirish, xalqimizning tarixiy merosi, an’analari va milliy siyosiy tamoyillariga tayangan holda barkamol shaxsni tarbiyalash ishiga o’z hissalarini qo’shgan bo’ladilar. Zero, o’quvchilar faolligini ta’min etadigan xatti-harakatlarni, intilishlarini to’g’ri yo’naltirgan holda zamonaviy dars tashkil eta olishlari oliy burchlari hisoblanadi. Mamlakatimiz mustaqilligi yillarida ma’naviy va jismoniy sog’lom avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Bu g’oya zamirida jismonan baquvvat, ma’nan yetuk, dunyoqarashi ongi, tafakkuri sog’lom, intelektual salohiyatli, tibbiy madaniyatli, sog’lom turmush madaniyati shakllangan shaxsni tarbiyalash yotadi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlarini o’rganishda, nodavlat tashkilotlari oila va mahalla hamkorligida o’tkaziladigan tadbirlarni uyushtirishda milliy musiqa merosimizga oid mazmun rang-baranligi, ta’sirchanligi muhim rol o’ynaydi. Jumladan, tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlar mazmun ma’naviyatimizning qadimiy boy namunalari, bugungi kundagi rivojlanish bosqichlari zamirida shakllantirilmog’i zarur. O’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda musaqa madaniyatining yoshlar o’rtasida Vatanga muhabbat, sog’lom turmush tarziga amal qilish, o’z sog’lig’iga
o’zi mas’ullik bilan yondoshish, milliy qadriyatlarimizga nisbatan xurmat hissini tarbiyalashga qaratilmog’i lozim. Ota-onalar, oila, mahalla va mutasaddi nodavlat tashkilotlari hamkorligida o’tkaziladigan konferensiya, seminar, davra suhbati, uchrashuv sayoxat, baxs- munozara va boshqa tadbirlarning ta’sirchanligi va samaradorligini ularni ma’lum bir maqsadga yo’naltirilganligi, mazmunnning yoshlar ongi va qalbiga mosligi, zamonaviy pedagogi texnologiya asosida tashkil etilish musiqa o’qituvchichsining bilim saviyasi tayyorgarligi va tajribasiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Musiqa-ta’limi tashkilotlari oila va mahalla hamkorligida amalga oshiriladigan ta’limiy-tarbityaviy ishlar izchil uzviy va uzluksiz amalga oshiriladigan isloxotlarning bosh omilidir. Ma’naviy sog’lom shaxs tarbiyasida “yurtboshimizni muqaddas islom dini va falsafasi, aziz avliyolarimizning ibratli hayoti, qutlug’ qadamjolariga boshqa diniy guruxlarga nisbatan xurmat extirom va bag’ri kenglik ruhida tarbiyalash jamiyatimizda sog’lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik o’zaro mehr oqibat muhiti mustahkamlash bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish bugungi kunning muhim talabidir”. Ma’naviy boy olam sirlarini, inson tuyg’ularini anglamaydigan, o’z shaxsiy fikrlariga ega bo’lmagan shaxsni shakllantirish ko’pgina omillarga bog’liq. Ta’lim-tarbiya tizimida Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi tub o’zgarishlarini yuzaga keltiradi, jumladan, kadrlarni tayyorlash sifatiga e’tibor, ta’lim mazmunidagi talablar, Shuningdek, o’quv soatlari xajmining qisqarishi, yangi o’quv dasturining yaratilishi, ta’lim muassasasi faoliyatini baholash tarkibining ishlab chiqilishini shular jumlasidandir. O’quvchi yoshlarning o’z ustozlaridan oladigan bilim, ko’nikma, malaka hamda ma’naviy sifatlari DTS da yaqqol belgilab berilgan. Ta’lim tizimida uzluksiz tamoyiliga amal qilayotgan har bir pedagoglar DTS o’zlariga mayoq qilib olishlari zarur.
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling