Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika


Download 1.62 Mb.
bet11/59
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1444610
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV

Xitoyda maorif.
Hozirgi Xitoy ta’limi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Xitoyda xalq savodxonligining tezlik bilan o‘sib boayotganligi kuzatilmoqda. Ayniqsa dehqonlar savodxonligining o‘sishini alohida ta’kidlash kerak. Mamlakat axolisining ko‘p qismini dehqonlar tashkil qiladi. Xitoyda axolining 15%-!?% igina savodsiz hisoblanadi.Qiyoslang: Bilmsizlik darajasi Hindistonda 47%, Bangladeshda 61%, Pokistonda 59%, Eronda 27%, Turkiyada 17%. Indoneziyada 15%.
Xitoyda ayollarning savodxonligi masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ayolning jamiyatdagi va oiladagi o‘rninig oshirishga e’tibor qaratiladi.
Boshlang‘ich Xitoy maktablarida 140. mln. O‘quvchi o‘qiydi. 1996 yil Xitoy boshlang‘ich maktabiga 98,8 % 6 yoshli bolalar qabul qilingan. O‘rta ta’lim maktablarida 60. mln. o‘quvchi ta’lim olgan. Xitoy oliyo-y ta’lim muassasalarida 3 mln. talaba o‘qigan.Universitetlarda esa har yili 1 mingdan ortiq talaba o‘qiydi.
Keyingi 20 yil davomida 300 ming nomzod, 20 ming fan doktori ilmiy daraja oldi. Hozirgi davrda 160 ming aspirant dissertatsiya ishi bilan mashg‘ul.
1997-1998 yillarda XXRda o‘qituvchilar ish haqqi sezilarli ravishda oshdi. Ilmiy xodimlar ish haqqi ham oshirildi. Professor o‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqlari 500 dollarni tashkil qiladi. Pekin, Sinxua, Nankin, Fudan, CHjuan etakchi universitet professor o‘qituvchilari 500 dollar olsalar, boshqa universitetlarda 250-300 dollar.
O‘qituvchi va ilmiy xodimlar uy-joy bilan ta’minlanishlarida engilliklar mavjud. Agar ikkinchi farzand ko‘rsalar ko‘p miqdorda suyunchi puli beriladi.
Xitoyda 1 mln. atrofida o‘quv yurtlarida 200 mln.dan ortiq o‘quvchi o‘qiydi. Xitoy qonunlarida har bir shaxs ta’lim olish huquqiga ega. Xitoyda yashayotgan soni ozchilikni tashkil qiluvchi millat vakillari, bolalar, ayollar, nogironlar ham ta’lim olish huquqiga ega.
Xitoyda nodavlat ta’lim muassasa (NTM)larining shakllanishining quyidagi faktorlari mavjud.

  1. An’anaviy davlat boshqaruvidagi ma’naviy holat saqlanadi. Ta’lim Konfutsiy ta’limoti asosida olib boriladi.

  2. O‘tmishga munosabat siyosiy yo‘nalishda bo‘ladi. Davlat iqtisodiy jihatdan yordam bermaydi.

Jamoatchilik kuchi bilan tashkil qilingan ta’lim muassasalari, ularning o‘qituvchilari, o‘quvchilari qonunlardan foydalanish huquqiga ega. 1997 yil boshlang‘ich va o‘rta ta’lim boshlang‘ich maktablar akkreditatsiyadan o‘tkazildi. 1200 nodavlat muassasalaridan 21 tasigina davlat diplomini berish imkoniyatini oldi. Davlat NTMlarga siyosiy jihatdan yordam beradi. Buxgalteriya va iqtisodiy ishlariga aralashmaydi. 1977 yildan chiqqan qaror asosida xususiy maktablar qoldiq pullarini erkin sarflay olmaydilar. NTMlarda ishlaydigan o‘qituvchilar 1980-1990 yillarda kam bo‘lgan. Xususiy maktablar nomlarini odamlar diqqatini tortadigan nomlar bilan ataganlar. E’lonlar berish ham asosiy vazifa hisoblanadi.
Nodavlat maktablar tashkil quluvchilar hozirda asosan chet ellik xitoylar bo‘lib, ular oz bo‘lsada tadbirkorlik malakasiga ega bo‘lganlar. Ularga davlat tomonidan imtiyozlar ham berilgan. Soliq engilliklariga, maktab binolari, transport va er uchastkalariga egadirlar. Maktab qoshida ishlayotgan firmalar ham engilliklardan foydalanadi.
Xususiy maktablar tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy shakllarning besh moduli bor:

  1. Davlat yordamida xususiy maktablarni tuzishda maktab xali o‘zining iqtisodiy asosini yaratmasdan turib davlat o‘rdam beradi. Masalan: YUyin o‘rta maktabini Nashsin shaharidagi maktab o‘qituvchilarining pensiyasiga tashkil qilingan. Ular binoni arendaga olgan. Arendaga olingan bino davlat o‘rta maktabining binosi bo‘lib, o‘quv vositalari bilan olingan. O‘ylaganlaridan ham ortiq o‘quvchilar yig‘ilgan. SHahar nohiyasining hokimi 300 ming yuan maktabga ajratadi. Inventar va o‘qituvchilardan yordam beradi.

  2. Bir shaxs tomonidan yoki bir turkum shaxslar tomonidan. Ba’zan harakatdagi maktab asosida ochiladi.

  3. Alohida shaxslarning jamharmasi yoki biror tashkilotning jamg‘armasi asosida davlat tashkiloti yoki muassasasi asosida ochiladi.

  4. Aksionerlik shaklida.

  5. Xitoy va chet el shaxslari bilan hamkorlikda.

1990 yillarda xususiy maktablar tashkil qilishning yuqoridagi uch shakliga e’tibor qilindi.
Dastlabki jamg‘arma tashkil qiluvchining xususiy mulkiga asoslanadi. Qo‘yilgan jamg‘arma (pay, asos) shaxslarning bank zaemlari, kredit va ssudalari bo‘lishi mumkin.
Hamma jihozlar va olingan foydalar maktabni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Kichik maktab ochish uchun 20 ming yuan etarli bo‘ladi. 90 % maktablar internat shaklida To‘lovga o‘quvchilarning yashashi ham kiritiladi. Umumiy to‘lovlar miqdori o‘zgarib turishi mumkin. To‘lovning ichiga maktab rivojlanishi, ta’lim olishi, yotoqxona kabilar ham kiritiladi. To‘lovlar maktab xolati bilan bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, poytaxtdan uzoq bo‘lgan maktablarda to‘lov miqdori tez o‘zgaradi. Ayrim maktablardagi to‘lovlar o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. A’lochilar ham to‘laydilar. O‘zlashtirmovchilar esa ko‘proq to‘laydi. Semestrda bir marta to‘lov bo‘ladi. Hozirda nodavlat maktablar boshidan quyidagi qiyinchiliklarni o‘tkazmoqda.

  1. Bozor iqtisodiyoti bazasining shakllanishi bilan bog‘liq qiyinchiliklar.

  2. Kapital bilan bog‘liq jiddiy muammolar tug‘ildi. Banklar, stipendiyalar va shu kabilar bilan bog‘liq.

  3. Alohida fond, jamg‘armalarning yo‘qligi. Davlat tashkilotlaridan yordamning kamligi

  4. Effektiv rivojning sun’iy to‘sib qo‘yilishi.

Xususiy va xalq maktablarining ko‘pchiligining o‘quvchilari soni 100dan 200gacha.
Nodavlat oliy ta’lim muassasalarida o‘zi darslik tanlash imkoniyatlariga ega. Hatto mutaxassisliklar bo‘yicha qabulni ham o‘zi hal qiladi. Nodavlat maktablarda ko‘proq nafaqaga chiqqan malakali o‘qituvchilar ishlaydi. Ularning oylik ish haqlari kamroq. Ular kompyuter xonalarini yaratish, lingofon kabinetlari, laboratoriyalar, davlat muassasalaridan farqli o‘quv qurollari yaratishga e’tibor qaratadi. Ulardan mashg‘ulotlardan keyin ham, kanikul vaqtlarida ham foydalanishadi.
1992-1994 yillar davomida 85 % xususiy oliy ta’limini bitirganlar ishga joylashgan. CHunki xususiy oliy ta’lim muassasalarida talabchanlik kuchli. Davlat oliy ta’limini bitirgan talabalardan mutaxassislik bo‘yicha, nazariy tayyorgarlik bo‘yicha, amaliy bilimlar darajasi bo‘yicha kam emas.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling