Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika


Download 1.62 Mb.
bet12/59
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1444610
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV

Shanxay Universiteti haqida
Shanxay universiteti Xitoyning eng nufuzli, yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda universitet mamlakat iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlari uchun zarur bo’lgan, zamonaviy talablarga to’liq javob beradigan mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Universitetda 58 ta bakalavr dasturi, 64 ta magistr dasturi, muhanddislik ilmiy darajasi uchun 7 ta mutaxassislik dasturi, axborot muhanddislik, matematika, elektronika va kommunikatsiya, metallurgiya, dinamika sohalarini qamrab olgan 7 ta nomzodlik va 16 ta doktorlik dasturlari mavjud. Bundan tashqari Shanxay universiteti 2010 kishilik professor - o’qituvchilar kontingentiga ega, ulardan 337 tasi professor va 687 tasi fan nomzodlaridir. Ushbu professorlardan 7 tasi Xitoy muhanddislik akademiyasi va Xitoy fanlar akademiyasi akademiklaridir.
Bugungi kunda Shanxay universitetida 30 mingdan ziyod talabalar tahsil oladilar. Ushbu universitetning 72 ta ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud.
Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish qadimiy an’analardan biridir. O’tgan asr boshlarida Vilgelm Fon Gumbold Pruss universitetlarni isloh qildi, o’shandan beri “tadqiqot va o’qitish birligi” ularning hayotiy tamoyillariga aylanib qolgan. Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishda va juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniya ta’lim tizimini isloh etish yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.
Hindiston talim tizimi va uning qiyosiy tahlili.
Mustaqillik yillarida o‘qishni va yozishni biladigan insonlar soni ikki barobar o‘sdi. Bunga 1951 yil qabul qilingan va izchil amalga oshirilib borilayotgan maxsus davlat dasturi xisobiga erishildi. Xukumat maktablar qurilishiga, o‘qituvchilarni tayyorlashga va maktablarni kitoblar, o‘quv materiallari bilan ta’miilashga katta pul mablag‘larini sarf qildi va sarf etib kelmoqda. Mamlakat konuniga binoan 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tekin ta’lim olish huquqiga ega. Ushbu yoshdagi bolalarning taxminan 85% 5-sinf gacha qatnaydilar. Biroq 6 sinfdan boshlab to 10-sinfgacha katnaydiganlar soni 35% ga tushib koladi. Qishlok joylarda yordam berish uchun ishga kiradilar. SHunga karamay Xindistondagi barcha maktablar o‘quvchilar bilan to‘lib-toshgan. Xindistonda 4,8 50dan ortiq kollej va universitetlar bor. 1 8 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning taxminan 4% oliy o‘quv yurtlarida taxsil oladilar.
Bolalar 4 yoshdan boshlab maktabga boradi. Fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar ko‘pincha ingliz tilida o‘tkaziladi. Ta’lim tizimi ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich tizimi muddati 10 yil. Ikkinchi bosqich ta’lim tizimi muddati ikki yildan iborat. SHu bilan o‘rta ta’lim yakunlanadi. Uch yil oliy ta’limga, kasb-hunar kolejdlariga kirish uchun xuddi maktabda o‘qitilganday tayyorgarlik ko‘riladi. Alohida tikuvchilik, mexanik, slesar, hunarlarini o‘rgatuvchi maktablar ham bor. O‘rta ta’lim bilan birgalikda hunarni ham o‘rganib attestat oladi.
Oliy ta’lim uch bosqichdan iborat:
-Bakalavriyat 3-5 yil muddat bilan. O‘qish muddati mutaxassisligiga qarab belgilanadi.
- Magistratura 2 yil
- Doktarantura 3 yil. Mutaxassislashgan kurslarga qatnaydi. Va dissertatsiya himoya qiladi. Ular o‘qitish metodikasi va yo‘nalishiga qarab keskin farq qiladi. Tor mutaxassislik bo‘yicha o‘quv yurtlari bor. Masalan, muzika, tillar o‘rgatish va shu kabi.
CHet elliklar bolalari uchun davlat va xususiy ta’lim mavjud. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Maktabga qabul qilish suhbat asosida. Davlat maktablarida o‘qish uchun oyiga 100 dollar to‘lanadi. Xususiy ta’lim muassasalari qimmat. Lekin mashg‘ulotlar qiziqarli va xilma xil shaklda o‘tkaziladi. O‘qish uchun to‘lanadigan summa miqdori o‘quvchilar oziq-ovqatiga sarflanadi.
Hindistonda oliy ta’lim olish juda oson. Oliy ta’lim muassasalariga kirib o‘qish uchun kirish imtihonlari topshirish shart emas. Juda ko‘p talabalar Hindiston universitetlarida malaka oshirish yoki dasturlar bo‘yicha bilimlar olishni almashtirish uchun talabalar boradi. Oliy ta’limda mustaqil ta’lim olish imkoniyati ham bor. Universitetlar 3 turga bo‘linadi:

  1. Davlat rahbarligidagi markazlashgan universitetlar.

  2. SHtatlar qonunlariga bo‘ysunuvchi universitetlar.

  3. xususiy universitetlar.

Universitet filiallari yo‘q. CHet ellik talabalar uchun universitetda bir yillik o‘qish to‘lovi 15.000 dollar.
Hindiston ta’limi umuman olganda yuqori saviyada. Ayniqsa, formakologiya va yuvelir-zargarlik ishlari sifatli o‘rgatiladi. CHet elliklar uchun universitetda ingliz tilini o‘rganish odatiy tusga kirgan. Oliy ta’limga til o‘rganish uchun kirishda murukkab bo‘lmagan test o‘tkaziladi. Bu talabaning bilim darajasini aniqlab, gruppalarga ajratish uchun asos bo‘ladi.
CHet ellik talabalar yotoqxonalarda yashaydilar. Agar chet ellik talaba hindistonliklarning yashash tarzi va madaniyati bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘lsa, hind oilalarida yashashlari mumkin. Oila ularga alohida xona ajratadi. Hindistonda ijaraga uy olib yashash bir oz arzon. Hatto SNG davlatlaridan ham arzon. Har odagi sarflar, yashash, eyish, qiziqarli tadbirlarga borishlar bilan qo‘shib hisoblaganda 150-200 dollar sarflanadi. Hindiston davlati tez-tez grant va stipendiyalar tanlovini o‘tkazib turadi. Aspirantlar Hindiston san’ati, dini, madaniyati bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha ilmiy ishlar olib boradilar.
Ikkinchi oliy ta’limni umuman pulsiz, ya’ni to‘lovsiz olish mumkin. Buning uchun mutaxassislik bo‘yicha etarli ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Hindiston davlatining maxsus dasturlarida ishtirok etish kerak. Bu dasturga kirgan mutuxassisliklar chegaralangan. Lekin ularning ro‘yxati keng va har yili yangilanib turadi. Keng ma’lumot olish uchun MND maxsus saytiga kirish mumkin.
Hindistonda ta’lim olish va yashash bizga odat bo‘lib qolgan holatlardan farq qiladi. Birinchi navbatda ovqatlanishdagi farq ko‘zga tashlanadi. Hindistonliklar go‘sht eyishmaydi. Faqat qush go‘shtlarini eyishlari mumkin. Non turlari ham yo‘q. Faqat dumaloq non eyishadi. Nordon sutli ovqatlarni o‘zlari tayyorlab eyishadi.
Odatiy tusda foydalanishga aylanib qolgan dorilar yo‘q. Masalan: yo‘d. Yo‘l harakati jarayoni nihoyatda murakkab. Svetafor va yo‘l belgilari katta shaxarlardagina bor. SHaharlarning hamma joylariga qo‘yilmagan. Ko‘chalarda gadoy va qashshoqlar ko‘p.
Talabchan va muntazam ta’lim olishga umid qilmasa ham bo‘ladi. Xindistonda bayramlar nihoyatda ko‘p. Bir yillik kunlardan ozgina kamroq. Bayramlar munosabati bilan o‘qishlar bir kunga qoldiriladi. Hindistonda ingliz tilida erkin gaplashish uchun o‘rta ta’limni tugatish kifoya. 800 dan ortiq dialekt (sheva)larga ega. Hindlarning ta’lim olishlari juda qiyin.


Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling