Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi
Zamonaviy metodikada o’qitish metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar
Download 0.54 Mb.
|
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org
Zamonaviy metodikada o’qitish metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. Didaktik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ta’lim metodlari nomen-klaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni ishlab chiqishda tanlangan yonda-shuvga bog‘liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan xarakterli. Ulardan eng muhimlariga to‘xtalamiz.
Ayrim didaktlar (E.I.Petrovskiy, E.YA.Golant, D.O.Lordkipanidze va boshqalar) fikricha o’qitish metodlari (O’M) tasnifida talabalar bilim ola-digan manbalarni hisobga olish zarur. I.YA.Lerner va M.N.Skatkin ta’lim metodlarini talabalarning o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-bilish faoliyati xarakteridan kelib chiqib ishlab chiqqan. Yu.K.Babanskiy O’M butun xilma-xilligini 3 asosiy guruhga bo‘ladi: a) o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari; b) o‘quv bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivatsiyalash metodlari; v) o‘quv bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari; Bu tasniflarning har biri ma’lum asosga ega va O’M mohiyatini turli tomonlardan anglash imkoniyatini beradi, biroq didaktika jihatidan M.A.Danilov, B.P.Esipovlar tasnifi ko‘proq amaliy ko‘rinadi. Ular O’M talabalarning tartiblangan o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari sifa-tida mavjud ekan, demak ularni 3 guruhga ajratadi: a) yangi bilimlarni egallash; b) bilimlarni amaliyotda qo‘llash malaka va ko‘nikmalarini shakllan-tirish; v) bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish va baholash metodlari kabi guruhlarga ajratish lozim ekanidan kelib chiqqan. Mazkur tasnif ta’limning asosiy vazifalariga yaxshi mos keladi va ularning vazifasini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bu tasnifga ayrim aniqlashlar kiritilsa, o’qitish metodlari butun xilma-xilligini quyidagi beshta guruhga bo‘lish mumkin: a) o‘qituvchi tomonidan bilimlarni og‘zaki bayon qilish va talabalar bi-lish faolligini oshirish metodlari: hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi; materialni og‘zaki bayon qilishda illyustratsiya va namoyish metodi; b) o‘rganilayotgan materialni mustahkamlash metodlari: suhbat, darslik bilan ishlash; v) yangi materialni anglash va o‘zlashtirish bo‘yicha talabalarni musta-qil ishlari metodlari: darslik bilan ishlash, laboratoriya ishlari; g) bilimlarni amaliyotda qo‘llash va malaka hamda ko‘nikmalarini hosil qilishga oid o‘quv ishlari metodlari: mashqlar, laboratoriya ishlari; d) talabalar bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish va baholash metodlari: talabalarni ishini kundalik kuzatish, og‘zaki so‘rash (yakka, frontal, zichlangan) dars uchun ball qo‘yish, nazorat ishlari, uy ishlarini tekshirish, dasturlangan nazorat, test; Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling