Pedagogika kafedrasi


Mantiqiy bolalar folklor oʻyinlari


Download 1.16 Mb.
bet11/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
6. Mantiqiy bolalar folklor oʻyinlari: tez aytishlar. topishmoq
topish oʻyinlari, sanoqlar, aytishuvlar, savol-javoblar, oʻylab top, xotirani tiklash, chamalash va boshqalar [44]..
Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodida milliy poetika qonunlari va printsiplari asosida yaratilgan topishmoqlar talaygina. Boshqa , xalqlarda boʻlgani kabi oʻzbek xalq ijodida ham badiiy nutqning qiyoslash, istiora, jonlantirish, sifatlash kabi asosiy koʻrinishlari bir maqsadga — poetik idrok qilishga, voqelikni poetik tasvirlashga boʻysundirilgan. Oʻzbek topishmoqlarida oʻzbek voqeligi, oʻzbek tabiati ,mehnatsevarligi ifodalangan.
Shuning uchun ham xalq topishmoqlari xalq badiiy asarlarining jajji namunalari sanaladi. Ularda “biror narsa yoki voqelikning yashirilgan narsa bilan oʻxshash tomonlariga asoslangan - bu narsa oʻrnini topishmoq almashtira oladigan koʻchma ifodalar” beriladi. Shunday qilib, topishmoq aniq narsa yoki voqelik tushunchasini ongli ravishda yashirishga, sir tutishga asoslangan kichik poetik asardir.
Asrlar oʻtavergan, keksa avlodlar hayotiy muhim hisoblangan sirli, shartli nutqlarni, bilimni yosh avlodga meros qoldiravergan. Ammo asta-sekin topishmoqlar oʻzining dastlabki xususiyatlarini, sodda koʻrinishlarini oʻzgartib, oʻzgacha xarakter kasb etgan. Oʻzbek miflari va ertaklarida koʻpincha topishmoq inson donoligini sinash vositasi boʻlib keladi, uning yechimi ogʻir damlarda qahramon hayotini saqlab qoladi. Bora-bora topishmoqlar vazifasi oʻzgarib, u koʻproq soʻz oʻyinining badiiy formasiga aylanadi.
Ularning koʻngilxushlik xususiyatlari quyidagi oʻzbek topishmogʻida shunday ifodalangan: Oʻyin, oʻyin, oʻyinim, Koʻngil ochar toʻyinim. (Topishmoq) Topishmoqlar hozir ham xalq ijodida koʻngilxushlik vositasigina emas, balki bolalar idrokini, zehnini oʻstirishda oʻziga xos tarbiya maktabi sifatida yashab kelmoqda.
Hozir ham oʻzlarining sevimli oʻyin joylarida, sersoya qayragʻoch yoki keksa yongʻoq daraxti tagida — bir-biriga topishmoq aytayotgan bolalarni tez-tez uchratish mumkin. Topishmoq aytgan bola uni yechayotgandan, agar u topishmoqning javobini topa olmasa arzimas narsani emas, balki uning shahari yoki butun mamlakatini talab qilish huquqiga ega. Bunday hollarda topishmoqni yecha olmagan: “Shahar berdim”, ya’ni yengildim, deydi. Garchi bu oddiy oʻyin boʻlsa-da, magʻlub oʻz shahrini osonlikcha bermaydi, gʻolib esa albatta uning tugʻilgan shahrini talab qiladi. Mana shu shart topuvchini jiddiy oʻylashga, topqirlikka majbur qiladi.
Topishmoqlarning tarbiyaviy ahamiyati ana shunda. Topishmoqlarning dunyoviy ahamiyati shubhasiz. Ogʻzaki ijodning bu “yoqimtoy kichik” janrning tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlari gʻoyat rang-barangdir. Topishmoqlar xalq ijodiga, obrazli soʻzga muhabbat uygʻotadi, bolalarga estetik zavq bagʻishlab, ularni ogʻzaki she’riyat dunyosiga olib kiradi. Oʻziga xos tasviriy san’atning, milliy badiiy usullarning ifodasi boʻlmish bu jajji asarlar oʻsib kelayotgan avlodning ma’naviy ehtiyojlariga oziq boʻladi.
Topishmoqlar jahon goʻzalligini koʻrishga, xayol va tasavvur qilishga, dunyo quvonchlaridan bahramand boʻlishga yordam beradi. Topishmoqlar maqol, matallar va boshqa obrazli soʻzlar kabi nutqimizni bezaydi, uning ixchamligi, jarangdorligini ta’minlaydi. Ezgulikka chorlab, inson uchun eng aziz boʻlgan ona tiliga, tugʻilgan yurtiga muhabbat uygʻotadi. Topishmoqlarda ifodalangan narsa va hodisalarning kengligi, bizningcha, topishmoqlarning voqelikni, oʻziga xos badiiy shaklda tasvirlashi bilan bogʻliq.
Ular qanday yashashni oʻrgatgan. Ular xalqning ma’naviy tajribasini saqlash vositalaridan biri boʻlgan. Shuning uchun ham topishmoqlarning mavzusi gʻoyat rang-barang, mazmuni juda boy. Oʻzbek xalqi yaratgan topishmoqlar uning ijtimoiy hayoti va turmushining barcha tomonlarini qamrab oladi. Ularning katta qismi dehqon mehnati dehqonchilik, polizchilik, uy yumushlari bilan bogʻliq; topishmoqlar oʻz qiziqish doirasiga oʻsimliklar va hayvonot dunyosini, uy xoʻjaligiga oid koʻplab narsalarni, xalq odatlari va xislatlarini ham qamrab olgan.
An’anaviy oʻzbek topishmoqlarida voqealar asosan qora uy yoki oʻtovlarda kechadi. Ularning saranjomligi, tegrasi toʻgʻrisida soʻz boradi. Yashash joyidan tashqaridagi voqealar esa oʻzbeklarga bolalikdan tanish boʻlgan yerlar - togʻlar, choʻllar, vodiylarda boʻlib oʻtadi. Oʻzbek topishmoqlari ajoyib tasvirlari bilan kishini lol qoldiradi: Bir qozondan qirq tuya suv ichadi. (Chuchvara) Oʻzbek topishmoqlarini ma’no jihatidan oʻzaro qiyoslaganda, ularning ayrimlarida yangi zamon izlarini ham koʻrish mumkin.
Ular tarixiy bosqichlar ta’sirining namunalari sifatida diqqatga sazovor. Bizning vazifamiz oʻquvchini garchi oz boʻlsa-da, oʻziga xos, qaytarilmas etnografik dunyo bilan tanishtirish edi, toki oʻquvchi oʻzbek madaniy merosining bebaho ahamiyatini his qilsin. Topishmoqlardan ayrimlarni keltiramiz:
Tabiat hodisalari .Koʻk koʻylakka qoʻl yetmas. (Osmon)
Koʻk kosani toʻntardim. (Osmon)
Koʻk koʻylakka gʻoʻza yoydim. (Osmon, yulduzlar)
Oppoq sandiq ochildi, Olamga nur sochildi. (Osmon, quyosh)
Uzoq togʻda oʻt yonar. (Quyosh)
Suvda yotar - suv ichmas, Yurganini odam bilmas. (Quyosh)
Oltin kelganda, kumush ketar, Kumush kelganda, oltin ketar. (Quyosh, Oy)
Bir parcha patir, Olamga tatir. (Oy)
Kecha tomda bir patir koʻrdim, Erta qarasam - yoʻq. (Oy)
Tom ustida bir anor, Hadding boʻlsa, ushlab ol. (Oy)
Onasi bitta. Bolasi mingta. (Oy va yulduzlar)
Ogʻa -ini ming botir, Koʻm -koʻk gilamda yotir. (Osmon, yulduzlar)
Qora uyda ming chiroq, Uyni yoritmas. (Osmon, yulduzlar)
Kichkinadir oʻzi, Yiltir -yiltir koʻzi. (Yulduz)
Bir otasi, bir onasi, Necha yuz ming bolasi. (Quyosh, oy, yulduzlar)
Zar gilam, zar -zar gilam, Koʻtaray desam, ogʻir gilam. (Yer)
Ketaveradi, ketaveradi, Orqasiga qaramaydi. (Suv, ariq)
Yorugʻi bor, Oʻzi yoʻq, Dovrugʻi bor, Ovozi bor. (Yashin, momaqaldiroq)
Novcha yigit tom teshar. (Yomgʻir)
Qozonda emas, qaynaydi, Qishin -yozin tinmaydi. (Buloq)
Oyogʻi yoʻq, qochadi, Qanoti yoʻq, uchadi. (Bulut)
Qora biyam qalt etdi, Qovurgʻasi yalt etdi. (Bulut, yashin)
Bultur ketgan boʻz otim Bu yil kelarmikan-da, Oyogʻida qirq kishan Kishnab kelarmikan-da, Ajriq, qamish koʻrganda, Tishlab kelarmikan-da. (Qor, yomgʻirning sovuq shamol bilan kelishi)
Yopilsa, ochilmaydi, Ochilsa, yopilmaydi, Nusxasi topilmaydi. (Tun, kun)
Oyogʻi yoʻq, qoʻli yoʻq, Yoʻlda turib yoʻl boshlar. (Shamol)
Bir tol oʻsdi to koʻkka qadar, Bu tolning oʻn ikki shoxi bor. Har shoxida toʻrttadan uya bor, Har uyada yettitadan tuxum bor, Har tuxumning yarmi qoradir koʻrsang, Yarmi oppoqdir, topgan boʻlsang. (Yil, oʻn ikki oy, hafta, kun, kecha -kunduz)
Toʻrtida tariqday, Oʻttizda ayiqday, Toʻqsonida tovuqday. (Odam - bolaligi, yigitligi, keksaligi)
Oʻzi bitta, Kallasi ikkita, Dumi bitta, Oyogʻi oltita. (Ot mingan odam)
Yerga koʻmilmaydi, Kosaga quyilmaydi, Dunyoda hamma odam ichmay qoʻymaydi. (Ona suti)
Bodomcha bodomcha bilan, Yetti kalit tom bilan. Na koʻzi bor, na ogʻzi bor, Soʻylashadi odam bilan. (Kitob)
Oq yer ochdim, Qora bugʻdoy sochdim. (Qogʻoz, yozuv)
Qoʻl bilan ekilar, Ogʻiz bilan yigʻilar. (Yozish, oʻqish)
Togʻdan tayladim sinmadi, Suvga tayladim sindi. (Qogʻoz)
Sirti tayoq, Ichi boʻyoq (Qalam).

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling