Pedagogika kafedrasi


Xohish va didga munosib oʻyinlar


Download 1.16 Mb.
bet7/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Xohish va didga munosib oʻyinlar
Aksariyat xalq oʻyinlari qadim oʻtmishdayoq turli xalqlar oʻrtasidagi kuch sinashuvlari, musobaqalar, bayramona sayr-tomoshalar, xalq sayillari natijasida shakllanib ulgurgan. Natijada ikki koʻrinishdagi xalq oʻyinlari shakllangan: turli bayram tadbirlari mobaynida uyushtiriladigan ommaviy oʻyinlar hamda bolalar oʻynaydigan ommabop oʻyinlar. Bu oʻyinlarni yosh, jins, ishtirokchilar soni, shuningdek yil fasllaridan kelib chiqib oʻynash yoʻlga qoʻyilgan.
An’anaviy xalq oʻyinlari
Xalqda har doim ommaviy sevib va turli sabablar tufayli oʻynaladigan an’anaviy oʻyinlar boʻlgan. Bu kabi aksariyat oʻyinlar bizni uzoq oʻtmish sari boshlab, koʻhna tarix madaniyati va san’atining sarchashmalaridan bahramand qiladi, shu bilan birga Oʻzbekiston hududida yashagan, bir qismi koʻchmanchi, bir qismi oʻtror xalqlarning turmush tarzi bilan tanishtiradi. Qadim zamonlarda xalqlarda yoshi, turmush tarzi va e’tiqodidan qat’inazar ishtirokchilar oʻrtasida otda yurish, otda chopish va poyga, tosh koʻtarish va musobaqalari, kamondan oʻq uzish kabi qizgʻin, kuch talab qilinadigan oʻyinlar tashkil qilingan. Shuningdek, xalq orasida koʻpkari, kurash, xoʻroz urishtirish kabi milliy oʻyinlar keng tarqalgan [23].
Oʻyinlarning munosib maqsadi.
Umuman olganda, an’anaviy xalq oʻyinlari va milliy bellashuvlar inson hayotida nafaqat xalq madaniyati va san’atining azaliy ajralmas boʻlagi, shuningdek, bolalar va kattalarni tarbiyalovchi muhim omil sifatida ham ahamiyat kasb etib kelgan. Bu kabi oʻyin-musobaqalar chogʻida abjirlikni namoyish etib samimiy zavqlanishdan ham koʻra, oʻzaro tanishish, qoʻshni xalqlar doʻstlik munosabatlarini rivojlantirish, yosh avlodni gʻalaba sari olgʻa borishga odatlantirish, raqibga hurmatda boʻlishni oʻrgatish, tang vaziyatda ham toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmasini shakllantirish ulardan koʻzlangan muhim jihatlar boʻlgan.
Har yili bahor kelishi bilan butun olam yangilanadi, inson vujudida shijoat va gʻayrat joʻsh uradi. Shu bois har bahorda, ayniqsa, Navroʻz bayrami kunlari milliy oʻyinlar oʻtkaziladi. Ulardan biri yoshlarni jismonan sogʻlom, baquvvat, epchil etib tarbiyalashga xizmat qilsa, boshqasi topqirlikka oʻrgatadi.
Oʻgʻil bolalar “Chillak”, “Tortishmachoq”, “Xoʻroz jangi”ni yaxshi koʻrishsa, qizlar “Supur-supur”, “Oq terakmi, koʻk terak?”, “Happak tosh” kabi oʻyinlarga qiziqishadi. Ta’kidlash joizki, milliy qadriyatlarimizni tiklash borasidagi olib borilgan sa’y-harakatlar tufayli Navroʻz umumxalq bayrami sifatida qadimiy an’analar asosida keng nishonlanadigan boʻldi. Endilikda oʻzining teran mohiyati hamda chuqur falsafasi, yasharish va yangilanish pallasi, sharqona yangi yilning debochasi sifatida hayotimizda alohida oʻrin egalladi.
Navroʻz bilan bogʻliq tadbirlar, kurash, koʻpkari, poyga kabi koʻplab xalq milliy oʻyinlari, folklor namunalari, rasm-rusmlar, urf-odatlar, qadriyatlar tiklandi va ular yoshlarni milliy hamda umumbashariy gʻoyalar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qadimiy tarixga ega boʻlgan xalq milliy oʻyinlari oʻzining jozibasi, rango-rangligi, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik va ruhiy tarbiyadagi oʻrni bilan beqiyos ahamiyatga ega.
Ular hech qachon shunchaki ermak boʻlmagan, balki kishining goʻdaklikdan oʻsib-ulgʻaygunicha eng muhim tarbiya vazifasini oʻtagan. Murgʻak bola qatnashgan oʻyinlar orqali hayot voqea­lari, tabiat hodisalari, soʻz qudrati, insoniy munosabatlar oʻrgatilgan. Xususan, “Besh tosh”, “Pichoq”, “Jambul”, “Yongʻoq merganlik”, “Varrak”, “Ovchi”, “Mindi”, “Arqon tortish”, “Chillak” kabi oʻyinlar kurashishni oʻrgatadi, aqlni charxlaydi. Oʻz-oʻzini anglashni, xatolarni tuzatish tuygʻusini shakllantiradi. Jamoaviylik tuygʻusini hech narsa oʻyinlarchalik singdira olmaydi [22].
Xalq an’anaviy milliy oʻyinlari nomoddiy madaniy merosga kiradi. Shunday boʻlgach, uzoq ajdodlarimiz yaratgan va bizgacha “suyak surib” yetib kelgan xalq milliy oʻyinlarini izlamoq, topmoq, qayta tiklab, yosh avlod kamoloti uchun joriy etmoq har bir vatanparvar yoshu keksaning, ziyoliyu ishchining burchiga aylansa, ma’naviy, madaniy, ruhiy qudratimiz yanada kuchli, baquvvat boʻladi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, oʻsib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy xalq oʻyinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin.
Demak, oʻyinlar-xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng koʻhna shakllari, koʻpgina ma’naviy sohalar chashmasi, sogʻlom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Oʻzbek xalq milliy oʻyinlarining anchagina qismi bevosita harakatlar bilan bogʻliq boʻlib ,ular bolalarni chaqqon, epchil, ziyrak, topqir, kuchli va sogʻlom boʻlib oʻsishlariga imkon beradi.
Xalq oʻyinlari yangi sogʻlom avlodni shakllantirishda ham oʻta muhim oʻrin tutgani ularni biz koʻz qorachigʻidek asrashimiz, e’zozlashimiz va ulardan oqilona foydalanishimiz zarur.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling