Pedagogika kafedrasi


Kuchliroq oʻyinlardan esa


Download 1.16 Mb.
bet6/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Kuchliroq oʻyinlardan esa:
- Ot va tuyaga minish;
- Kajava va aravalarga tushishni tavsiya qiladi.
Xalq oʻyinlarining kuchli turlariga maydonda bajariladigan quyidagi harakatlarni kiritadi:
- Kishining oʻz soyasi bilan olishishi;
- Chapak chalish;
- Sakrash;
- Nayza uchi bilan sanchish [14].
Oʻzbek xalq oʻyinlari oʻzlarning serharakatligi, barcha organizm va muskullarni oʻrgatuvchanligi, chidamlilikka oʻrgatuvchanligi, chiniqtiruvchi haraktlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar oʻyinlaridan farq qiladi.
Xalq oʻyinlari har bir faslga mos boʻlgan. Xalq oʻyinlari xalq pedagogikasining manbalaridan biri boʻlib, bolalarda koʻplab insoniy sifat va xususiyatlarni shakllantirish imkonini beradi. Har qaysi ma’lum darajada xalqning mehnat faoliyatiyatini aks ettiradi, ya’ni bolalarda mehnat uchun zarur koʻnikmalar va xislatlarni hosil qilishga qaratilgan boʻladi.
Bolalarning jismonan baquvvat, qoʻrqmas, qiyinchiliklarni mustaqil yengib oʻtadigan, oʻzini va Vatanini himoya qilishga shay, goʻzallikni his etuvchi boʻlib etilishida xalq oʻyinlarining imkoniyatlari katta. Xalq oʻyinlari yoshlarda badantarbiya bilan muntazam shugʻullanish extiyojini tugdirish vazifasini ham toʻlaroq hal etadi. Eng asosiysi, xalq oʻyinlari xalq oʻyinlari xalqning yashash ehtiyojlaridan kelib chiqqanligi sababli bolalarni kelajakda aynan shu milliy-ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli turmush kechirishni ta’minlashaga qaratilganligidir.



    1. Oʻzbek xalq milliy oʻyinlarining kelib chiqishi va rivojlanishi

Oʻzbek xalq oʻyinlari qadim zamonlarda bizning eramizgacha boʻlgan davrlarda vujudga kelgan. Buni arxeologik qazilmalar va qadimgi rim yozuvchisi Elianning etnografik materiallari ham tasdiqlaydi. Chunki ularda saklar qabilasida oʻyin musobaqalar juda keng tarqalgan va ular xalqning sevimli odati boʻlgani haqida ma’lumotlar bor. Uning guvohlik berishicha saklar qabilasining yigitlari ana shu oʻyin musobaqalarda oʻzlari yenggan qizlarga uylanish huquqini olganlar Milliy xalq oʻyinlari qadimgi tomoshalar sifatida bir necha yuz yillar muqaddam maydonlarda vujudga kelgan.
Buni arxeologik qazilmalar va qadimgi rim yozuvchisi Elianning etnografik materiallari ham tasdiqlaydi. Ularning paydo boʻlish tarixi bizning hududimizda sport, teatr, raqs va sirk san’atining rivojlanishi bilan bogʻliqdir. Xalq oʻyinlarining mazmuni gʻoyat boy, rang-barang va juda xilma-xil boʻlib, muayyan tarixiy xarakterga egadir. Ular xalq tantanalari va tomoshalarining eng yaxshi an’analarini oʻzida jamladi, betakror oʻziga xosligi va xususiyatlari bilan milliy madaniyatini boyitdi, oʻz avlodlarining xalq an’analarini mujassamlashtirdi.
Oʻyinlar oʻzbek xalqining koʻp avlodlari turmushi va ijtimoiy hayotining zarur elementi sifatida asrlar boʻyi takomillashib keldi hamda rivojlanishning har bir tarixiy bosqichida turli ijtimoiy vazifalarni bajardi. Oʻzbek xalq oʻyinlari tarixning ijodiy kuchini, moddiy va ma’naviy boyliklarini oʻzida mujassamlashtirilgan.
Milliy xalq oʻyinlari orasida, ayniqsa, qadimiy dorboz va simbozlik san’ati alohida ajralib turgan. Ilgari dor oʻyini juda mashhur boʻlgan. Ommaviy va mahalliy bayramlar, mavsumiy bozorlar dorbozlarsiz oʻtmagan deyish mumkin. Registonda bozor maydonlarida, chorsularda dorlar qurilgan. Karnay-surnay va nogʻoralar sadolari tomoshalarning boshlanishidan darak berib turgan. Odamlar toʻplangach, oʻyinlar boshlangan. Tomoshabinlar baland qilib tortilgan arqon ustida oʻynayotgan dorbozning dadil harakatlarini hayajon bilan kuzatishgan.
Bir vaqtlar bizning hududimizda yogʻoch oyoq oʻyini ommaviy ravishda tarqalgan. Yogʻoch oyoqlar yugurib, sakrab, raqsga tushib, karnay, surnay kabi milliy cholgʻu asboblarda kuylar ijro etib, ajoyib tomoshalar koʻrsatgan. Mana shular haqida Zahriddin Muhammad Bobur oʻzining “Boburnoma” asarida anchagina ma’lumotlar bergan. Xorazmda “Tayoq oʻyini” keng tarqalgan.
Oʻzbek xalqining an’anaviy turmushini oʻrganishidan ma’lum boʻlishicha, hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi hududida bir vaqtlar asosan koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi elatlar yashagan. Ularning asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan. Chorvachilik bilan nafaqat yarim oʻtroq, balki oʻtroq dehqonlar ham shugʻullangan. Dehqonlar mollarni yer haydashda, bugʻdoy yanchishda, daryo va quduqlardan suv tortishda ishlatgan.
Shuningdek, chorva mollaridan savdogarlar va hunarmandlar ham foydalangan. Mana shular tufayli “Podachi”, “Oqsoq boʻri va qoʻylar”, “Echkilar va choʻponlar”, “Oq tuya”, “Boʻri keldi” singari qator oʻzbek xalq oʻyinlari kelib chiqqan Xalqimiz orasida hayvonlar va qushlar mavzuidagi juda qiziqarli “Kaptar oʻyini”, “Chagʻalak”, “Yumronqoziq”, “Ot oʻyini” kabi raqslar keng rasm boʻlgan . Oʻzbeklar orasida “Karnaymi, surnay”, “Nina, ip va tuguncha”, “Tapir-tupur qayragʻoch”, “Qovoq ekish”, “Xoʻrozlar jangi”, “Xoʻroz va tovuq”, “Qoch bolam, qush keldi”, “Oq terakmi-koʻk terak” kabi oʻyinlar ham mashhur boʻlguan.
Milliy xalq oʻyinlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan, rivojlanishining har bir tarixiy bosqichida mazmunan oʻzgarib, turli ijtimoiy vazifalarni bajargan . An’analar, fanlar, shu jumladan, xalq milliy oʻyinlari, millatimiz hayoti bilan bogʻliq boʻlib, avloddan avlodga meros boʻlib oʻtib kelgan. Avlodlar egallagan bilim va tajribalar amaliy hayotda sinalgan, keyingi avlodlar tomonidan mustahkamlangan va takomillashtirilgan.
Ularning mazmunini har bir avlod, jamiyat rivojlanishining bosqichlari yangilab borgan. Bolalar jamiyat rivojlanishining oʻsha bosqichida kattalar oʻynagan xalq milliy oʻyinlarini oʻynaganlar. Koʻpgina milliy oʻyinlar otalar va bobolardan bolalarga va nabiralarga oʻtgan. Xalq milliy oʻyinlarida xalqning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va turmush tarzi oʻziga xos shakllarda aks etgan. Ularda juda boy hissiyot va kechinmalar, oʻz Vatanini sevuvchi, himoya qilish orzu-umidlari mujassam boʻlgan.
Oʻyinlarning tabiiy-tarixiy paydo boʻlish asosi va taraqqiyoti mehnat jarayoni bilan bogʻliq. Oʻyinning ilk boshlangʻich koʻrinishi ibtidoiy jamiyatda sinkrelik (qorishiq) san’at qismi sanalib, insonning mehnat va kundalik faoliyatini ifodalagan. Ular qoʻshiq, raqs, musiqa bilan ajralmas boʻlgan. Ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi va tilning taraqqiyoti bilan oʻyinlar fikrlash faoliyatining mustaqil turiga ajragan hamda oʻz mazmuniga koʻra boyib borgan, ularning harakatni talab qiladigan shakllari paydo boʻlgan.
Oʻyinlar faoliyatning mustaqil turi sifatida muayyan darajada hamma vaqt jamiyat hayot tarzini belgilagan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Koʻpgina mamlakatlarning olimlari va pedagoglari oʻyinlar mohiyatini, uning kelib chiqishi, taraqqiyoti va ahamiyatini oʻrganmoqdalar. Shunga koʻra oʻyinlarning mohiyati va kelib chiqishini ifodalovchi turli xil nazariyalar, fikrlar va qarashlar ham mavjud.
Kishilik taraqqiyoti tarixida mehnat oʻyinlari katta oʻrin tutgan, ammo inson hayotida oʻyinlarning kelajakdagi mehnat faoliyatidan oldin turadi. Masalan, bola oʻynab rivojlanadi, undagi shartli reflekslar birinchi va ikkinchi signallar tizimi, doimiy ravishda organizm atrof-muhit bilan oʻzaro faoliyat va tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri paytida tashkil qilgan pedagogik jarayon sifatida shakllanadi.
Shaxsning shakllanish va rivojlanish jarayoni insonning ijtimoty tajribasini oʻzlashtirish jarayoni hamdir. Oʻzbek xalq oʻyinlarining paydo boʻlishi bizning eramizgacha boʻlgan davrlarga, aniqrogʻi ibtidoiy jamoa tuzimi davrlariga toʻgʻri keladi. Buni tarixiy, arxeologik, etnografik, folklor va boshqa manbalar toʻla-toʻkis isbotlaydi.
Qadimgi rim yozuvchisi Elianning guvohlik berishicha, ajdodlarimiz boʻlgan saklar qabilasida oʻyin musobaqalari juda keng tarqalgan va ular xalqning sevimli odati sanalgan. Uning tasdiqlashicha, saklar qabilasining yigʻinlari ana shu oʻyin musobaqasida oʻzlari yenggan qizlarga uylanish huquqini olganlar.
Oʻzbek xalq oʻyinlari mazmunan gʻoyatda boy, shaklan xilma-xil boʻlib. muayyan ijtimoiy- tarixiy tavsifga egadir. Demak, ajdodlarimizning ovchiligi asosida - "ovchilik oʻyinlari", chorvachilik asosida "hoʻkiz, ot, ayiq oʻyinlari”, dehqonchilik asosida - "mehnat oʻyinlari"shakllandi.
Milliy oʻyinlarimiz serharakatligi barcha organizm va muskullarni oʻstiruvchanligi, chidamlilikka oʻrgatuvchi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar oʻyinlaridan tubdan farq qiladi.
Xalqimiz orasida har bir faslga mos oʻyinlar mavjud boʻlib oʻynalib kelingan.
Oʻzbek milliy oʻyinlari hayotiyligi, har tomondan yaratilganligi uchun ham katta-yu kichik va hatto xotin-qizlar tomonidan sevib oʻynalgan. Ota-bobolarimiz oʻz farzandlarini qiyinchiliklar oldida dovdiramaslik, qoʻrqmaslik ruhida tarbiyalab uni yechishga oʻrgatganlar [42.14].
Koʻp yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib oʻz farzandlariga badan tarbiya va aqliy oʻyinlardan foydalanish yoʻl yoʻriqlarini koʻrsatganlar Ogʻir mehnatdan keyin kishilar bir joyga toʻplanishib turli milliy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlganlar, dam olganlar .
Grek tarixchisi Gerodot xorazmiylar bilan yonma-yon yashagan saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: “Saklar dunyodagi merganlar orasida oʻqni zoe ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edi”.
Mashhur adib Oybek oʻzining "Bolalik" qissasida xalq milliy sporti turlaridan boʻlgan "uloq oʻyini"ni juda yaxshi bayon qiladi: “Uloq” xalqning qadimiy oʻyini. Uni ilk bor koʻrgan Muso hang-mang boʻlib qoladi. Qalin odamlar orasidan jonivor ot oʻqday uchib ketdi. Bir ongina sarosimaga tushgan uloqchilar koʻpirgan, quturgan daryoday, duv etib, orqadan quvib ketdi. Uloqchilar biridan biri uloqni olib qochadi, yana butun otliq duv quvadi...”
Bu oʻyinlar ular kayfiyatlarini koʻtargan, tetiklashtirib kuch toʻplaganlar. Ayniqsa bahorgi va kuzgi fasllarga mos boʻlgan oʻyinlarni butun-butun qishloqlar oʻynashib, oʻzlarini shod etishga harakat qilganlar. Bu oʻyinlar hosil bayramlarida, sayl va toʻylarda tantanali ravishda oʻtkazilgan. Eng kuchli qoʻrqmas botir chaqqon ishtirokchilar taqdirlangan va sovrinlar olgan. Bu esa oʻzbek badantarbiya oʻyinlarining rivojlanishiga katta yoʻl ochib bergan.
Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev yosh avlod tarbiyasi haqidagi fikrlari katta ahamiyat kasb etadi; “yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir” [2]. Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda Oʻzbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy boʻlgan shakllari va usullarini izlab topish, oʻsib borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakllantirish; shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,avaylab asrash tuygʻularini oʻstirishga diqqatini qaratmogʻimiz lozim.
Xalq milliy oʻyinlari milliy qadriyatlar tarkibidagi xalqning eng sevimli ommaviy ma’naviy tadbirlaridan biridir. “Navroʻz”, hayit, toʻylar va turli xil an’anaviy marosimlar, udumlar qadimdan kurashsiz, koʻpkarisiz (uloq), poygasiz va boshqa koʻp milliy oʻyinlarsiz oʻtmagan. Bunday tadbirlar xalq ogʻzaki ijodining barcha turlarida, dostonlarda ifoda etilgan. Ular ulugʻ allomalar Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur va undan keyingi oʻtgan adiblar, shoirlaming asarlarida qiziqarli hamda toʻla bayon etilgan.
Yaqin oʻtmishda va ayniqsa, mustaqillik yillari davrida xalq milliy oʻyinlarini oʻrganish va ularni qayta tiklash bilan oʻquvchi yoshlarning ma’naviy hamda jismoniy kamolotlarini tarbiyalashda ulardan maqsadli foydalanish amalga oshirildi. Bu yoʻlda madaniyat va san’at arboblari, taniqli olimlar M.Murodov, U.Qoraboyev, T.S.Usmonxoʻjaev, R.Abdumalikov, F.N.Nasriddinov kabilarning xizmatlari gʻoyat katta boʻldi.
Xalq milliy oʻyinlari bir necha yoʻnalishlarga ega boʻlib, ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar va juda koʻp janrlardagi san’at ancha ustun turadi. Shuningdek, ular qatorida ajdodlardan meros boʻlib kelayotgan qator harakatli oʻyinlar va sportga xos oʻyinlar ham juda koʻp. Ularni quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin, ya’ni:
1. Kurashchilar (Buxoroga, Fargʻonaga, Xorazmga va x.k.).
2. Ot oʻyinlari (koʻpkari-uloq, poyga (yayov), qiz quvmoq, otdan agʻdarish, chavgon va h.k.).
3. Dorboz (dor ustidagi mashqlar, hazil va aytishuvlar).
4. Tosh (gir) koʻtarish.
5. Arqon tortishish.
6. Bilak kuchini sinash.
7. Harakatli oʻyinlar (quloq choʻzma, eshak mindi, yelkada kurash, xoʻrozlar jangi, chillik, poda toʻp va h.k.).
Bunday oʻyinlaring deyarli barchasi hoziigi davrdagi ommaviy bayramlar, musobaqalar va toʻylarda keng qoʻllanmoqda. Ularning mazmunlari xalqqa ma’lum.
Qolaversa, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va boshqa viloyatlarning togʻli hududlari va yangi oʻzlashtirilgan joylarida boʻlayotgan katta toʻylarda kurash, koʻpkari-uloq, poyga va turli xil harakatli oʻyinlar doimiy ravishda qoʻllanilmoqda.
Bu oʻyinlar toʻylarga fayz, baraka kiritish bilan birgalikda tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlmoqda, ayniqsa, oʻquvchi yoshlarning milliy oʻyinlar, zamonaviy sport turiga qiziqishini tobora oshirmoqda.
Bolalar oʻyinlarida shu bilan bir qatorda yengil hazil, musobaqa, jamoaviy birlikka yoʻnaltiruvchi sifatlar koʻproq koʻzga tashlanadi. Oʻzbek xalq oʻyinlarini turlicha tasniflash mumkin. Masalan, oʻyin ishtirokchilarning yoshiga nisbatan (bolalar, oʻsmirlar, kattalar), jinsga nisbatan (oʻgʻil va qiz bolalar yoki erkak va ayollar), mavsumga nisbatan (bahorgi, qishgi, yozgi, kuzgi), oʻynaladigan joyga nisbatan (maydon, suv, xona), kasbga nisbatan (dehqon, hunarmand, chorvador va boshqa), hududga nisbatan (shimoliy, janubiy, sharqiy yoki shimoliy).
Oʻyinlarni paydo boʻlish jarayoniga nisbatan quyidagilarga boʻlinadi:
• ovchilik oʻyinlari (Gang, Jambil, Lappak, Oshiq, Xappak, Chirgizak va boshqa);
• choʻpon oʻyinlari (Toʻptosh, Koʻtarma tosh, Echki oʻyin, Choʻpon va shoqol, Qadama tayoq, Chillik, Podachi, Chanta, Chuv-chuv va boshqa);
• hunarmandlik oʻyinlari (Dandarak, Charxpalak, Besh barmoq, Paqilloq, Lanka, Chigʻiriq, Uzuk soldi, Varrak, Sartarosh, Koʻz bogʻlar va boshqa);
• dehqonchilik oʻyinlari (Palaxmon, Jon burgam, Somon sepdi, Chanoq oʻyin, Shaftoli shakar, Qoʻriqchi va boshqa);
• taqlidiy oʻyinlar (Xola-xola, Topaloq, Kim oladi-yo, Ayiq oʻyin, Xoʻroz urishtirish,Oqsoq turna,Bosari,Asalari, Gʻozlar va boshqa);
• harakatli oʻyinlar (Choʻnka shuvoq, Chim otish, Kim tez, Xurkach, Tufaloq, Chori chambar, Mushuk-sichqon, Yogʻoch oyoq, Durra solish, Halinchak va boshqa);
• soʻz oʻyinlari (Kim chaqqon, Bolqon-bolqon, Botmon-botmon, Juftmi-toq, Oq quyonim alomat,Oq terakmi, koʻk terak, Pir etdi va boshqa);
• yigʻin oʻyinlari (Gap-gashtak, Toʻpiq oʻyin, Podsho-vazir, Podsho-oʻgʻri, Arshi a’lo va boshqa);
• kurash va u bilan bogʻliq oʻyinlar (Milliy kurash, Polvonbozlik, Yelkada kurash, Bel olish kurashi va boshqa);
• chavandozlik oʻyinlari ( Chavgon, Uloq-koʻpkari, Piyoda poyga, Oltin qoboq, Shogʻuloq, Qiz quvish, Eshak mindi va boshqa).
Oʻzbek xalq milliy oʻyinlari oʻzining uzoq oʻtmishi, boy tarixiga ega boʻlgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida oʻtib kelayotgan, ma’naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Zero, bolalar va oʻsmirlarni har tomonlama sogʻlom, jismonan baquvvat, ma’nan zukko va topqir boʻlib ulgʻayishlarida har bitta milliy oʻyinimizning oʻz oʻrni bor.
Bugunda unutilib borayotgan qator milliy oʻyinlarni kengroq targʻib etish yoʻli bilan yoshlarimizni sogʻlom turmush tarziga targʻib etish, ularning intellektual salohiyati bilan birgalikda jismonan barkamol boʻlib voyaga yetishlariga xizmat qiluvchi qadimiy xalq oʻyinlarini yana bir bor yodga olish festivalning asosiy maqsadi.
Bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida ovchilik oʻyinlaridan “Oshiq-moshiq”, “Xappak tosh”, hunarmandlik oʻyinlaridan “Lanka”, “Kuz bogʻlar”, dehqonchilik oʻyinlaridan “Qoʻriqchi”, taqlidiy oʻyinlardan “Kim oladi-yo shuginani-yo”, “Xoʻroz urishtirish”, harakatli oʻyinlar turkumiga kiruvchi “Halinchak”, soʻz-harakat oʻyinlaridan “Oq terakmi , koʻk terak?”, “Arqon tortishuv”, kurash va u bilan bogʻliq oʻyinlar sirasiga kiruvchi “Milliy kurash”, “Yelkada kurash”, “Bel olish kurashi”, chavandozlik oʻyinlaridan “Piyoda poyga”, “Eshak mindi” kabi asrlar elagidan oʻtib kelayotgan milliy oʻyinlarni tarib qilish maqsadga muvofiqdir.
Milliy oʻyinlarimizning har birida mardlik, jasurlik, rostgoʻylik va zukkolik talab etiladi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling