Pedagogika kafedrasi
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi
Download 1.16 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati
- Ish tuzilmasining tavsifi
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi: vazifalarni hal qilish uchun bir-birini toʻldiradigan tadqiqot usullari toʻplami ishlatilgan: falsafiy, psixologik va pedagogik, metodik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar, universitet dasturlarini tahlil qilish; empirik tadqiqot usullari (pedagogik kuzatish, suhbat, soʻroq, test, intervyu, oʻzini- oʻzi baholash, ekspert bahosi); talabalar faoliyati mahsulotlarini oʻrganish - portfel, hisobotlar, kundaliklar va hk.; matematik statistika usullari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirishning mavjud holat tahlil qilindi; Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirish – pedagogik muammo sifatida asoslandi; Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirish shakl, metod va vositalarini aniqlandi; Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik shart-sharoitlarini rivojlaniridi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari, metodlari va vositalari, mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuniga hamda ushbu muammo yuzasidan respublikamiz va xorijiy pedagog-olimlarning nazariy gʻoyalariga asoslanganligi; tadqiqot vazifalariga mos tadqiqot metodlarining qoʻllanilganligi; tadqiqot mavzusi pedagogik muammo sifatida oʻrganilgan tadqiqot natijalarining matematik-statistik tahlil qilinganligi bilan belgilanadi. Ish tuzilmasining tavsifi: Dissertatsiya kirish, 3 bob, 7 boʻlim, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. I BOB XALQ OʻYINLARINING KOMIL INSON -SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHIDA ETNOPEDAGOGIK MOHIYATI VA TASNIFIY XUSUSIYATLARI Xalq oʻyinlarining tasnifi Etnopedagogika xalq milliy an’ana, ijtimoiy tajriba, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-etnik qadriyatlarining psixologik-pedagogik asoslarini aniqlash va amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan pedagogika fani tarmogʻi Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xalq pedagogik qarashlarining negizini tashkil etadi. Umuman, etnopedagogika manbalarida tasvirlangan barcha obrazlarda insonparvar shaxslar ijobiy obraz sifatida tasvirlanadi. Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik mohiyati va tasnifiy xususiyatlari quyidagilardan iborat. Xalq oʻyinlarining paydo boʻlish tarixi jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlari boʻlgan uzoq moziyga borib taqaladi. Tarixiy, arxeologik va etnografik manbalarda ham xalq oʻyinlarining kelib chiqishi hamda rivojlanishiga doir qiziqarli ma’lumotlarni uchratamiz. Har bir xalq oʻtmish avlodlaridan qolgan madaniy merosiga ega boʻlib, uning madaniy boyliklari xazinasiga xalq oʻyinlari ham kiradi. Xalq oʻyinlari oʻzining vujudga kelishi va rivojlanishiga koʻra gʻayrioddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat taraqqiyoti qonunlariga hamohang belgilanadigan faoliyatdir . Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik oʻyinlari muhim oʻrin tutgan. Ba’zi manbalarda ular ovdan oldin oʻtkazilishi yozilgan boʻlsa, boshqalarida ovdan soʻnggi oʻyinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu ma’lumotlarni chuqurroq tahlil etadigan boʻlsak, unda ovchilik oʻyinlari ovdan oldin ham, undan soʻng ham oʻtkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi oʻyinlar – avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik) vazifasini oʻtagan hamda jiddiy oʻziga xos kichik ibtidoiy odamlar oʻljani osongina qoʻlga tushirish, unga yaqinlashishni oʻrganishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga tushishni, uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. Aynan ana shunday oʻyinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga oʻrgatishgan. Shu boisdan ham u oʻziga xos maktab vazifasini oʻtab, bir tomondan, ovchilar mahoratini oʻstirishga yordam bergan boʻlsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid san’atini shakllantirgan va rivojlantirgan. Paleolit davrining oxirlarida otish qurollari - nayza, keyinroq esa kamon, yoydan otish kashf etildi. Grek tarixchisi Gerodot xorazmiylar bilan yonma-yon yashagan saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: “Saklar dunyodagi merganlar orasida oʻqni zoe ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edi”. Xalq oʻyinlari tasodifan paydo boʻlgan emas, qadimiy ajdodlarimiz ularni shu darajaga olib kelgunlaricha ogʻir, mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtganlar. Har bir davrda oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismonan barkamol qilib tarbiyalash tabiiy va ijtimoiy zaruriyat edi. Demak, ajdodlarimizning ovchiligi asosida “ovchilik oʻyinlari”, chorvachilik asosida “hoʻkiz, ot, ayiq, boʻri, tulki va boshqalar oʻyinlari”, dehqonchilik asosida - “mehnat oʻyinlari” shakllandi. Rim yozuvchisi Kliment Aleksandriyskiy (eramizdan oldingi II asr) saklar qabilasining ayollari haqida bunday deb yozgan edi: “Sak ayollari ayyorlik bilan qochib keta turib, ot ustida xuddi erkaklarday orqaga burilib oʻq uzar edilar” [13.503]. Xalqning yashashi, mehnati va oʻz-oʻzini himoya qilish ehtiyojlaridan xalq oʻyinlari kelib chiqqan. Xalqimizning ajoyib dostoni boʻlgan “Alpomish” dostonida tirandozlik haqida soʻz ketadi. Chunonchi, “Hakimbek yetti yoshga kirgan edi. Oltinbiy bobosidan qolgan oʻn toʻrt botmon birinchidan boʻlgan parli yoyi bor edi. Ana shu yetti yashar bola - Hakimbek shul oʻn toʻrt botmon yoyni qoʻliga ushlab koʻtarib tortdi, tortib qoʻyib yubordi. Yoyning oʻqi yashinday boʻlib ketdi. Asqar togʻining katta choʻqqisini yulib oʻtdi...” Dostonning asosiy qahramonlaridan biri boʻlgan Barchin erga tegish uchun toʻrtta shart qoʻydi. Shartlarning ikkitasi oʻq-yoy otish bilan bogʻliq. Masalan, ikkinchi shart: ...yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga, - men tegaman shul yoyandoz polvonga, deydi. Uchinchi shart: Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling