Pedagogika kafedrasi


Download 1.16 Mb.
bet3/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Tadqiqot ob’ekti: Fargʻona davlat universiteti Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi III-IX bosqich talabalari.
Tadqiqot predmeti: Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirish shakl, metod, vositalari va omillari.
Tadqiqot maqsadi: Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirish tahlili;
Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirish – pedagogik muammo sifatida asoslash;
Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirish shakl, metod va vositalarini aniqlash;
Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik shart-sharoitlarini rivojlantirish.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:
Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirishning mavjud holat tahlil qilinsa;
Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirish – pedagogik muammo sifatida asoslansa;
Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirish shakl, metod va vositalarini aniqlansa;
Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik shart-sharoitlarini rivojlantirishsa ushbu jarayon samaradorligi oshadi.
Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi: Oʻzbek xalqining an’anaviy oʻyinlari, uning yosh avlod tarbiyasidagi oʻrni va ahamiyatiga M.Qoshgʻariy, Bayhaqiy, A.Navoiy, Z.M.Bobur, Z.Vosifiy, S.Ayniy, Gʻ.Gʻulom, A.Qahhor, Oybek, Oʻ.Hoshimov, N.Safarov, Sh.Xolmirzayev, Togʻay Murod kabi adiblarning asarlarida katta e’tibor berilgan.
Xalq milliy oʻyinlarining deyarli barcha turlarida chaqqonlik, epchillik, jasurlik, pahlavonlik, mardlik kabi jismoniy sifatlar va insoniy fazilatlar mujassamlashgan.Ular haqida R.Abdumalikov, R.Q.Qudratov, K.D. Yarashevlarning “Koʻpkari” ilmiy ommabop risolasida, shuningdek, O. R. Toymurodon, F. A. Karimov, A.Q. Atoyev kabilarning kurashlar haqidagi oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarida xalq milliy oʻyinlarining mazmunlari qatorida ularning ijtimoiy tarbiyaviy xususiyatlari ham batafsil ifoda etilgan.
Xalq milliy oʻyinlarining turlari, ularning mazmuni hamda ijtimoiy-tarbiyaviy xulosalari haqida atoqli olimlar U. Qoraboyev, M. Murodov. N. Jabborov, T. S Usmonxoʻjaev, A. K. Atoyev, R. Q. Qudratov, F. N. Nasriddinov, R.Abdumalikov ilmiy tadqiqotlar oʻtkazganlar. Ularning oʻquv va ilmiy ommabop qoʻllanmalari, toʻplamlari, qator maqolalari bugungi kunda xalq orasida ma’lum va oʻquvchi hamda talabalar ulardan maqsadli foydalanib kelmoqda.
Pedagogik va psixologik adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi ziddiyatlarni aniqlashga imkon berdi: xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirishga boʻlgan ehtiyojning mavjudligi; xalq oʻyinlaridan yetarli darajada foydalanmaslik; xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirish zaruriyati.
Koʻrsatilgan qarama-qarshiliklar xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirishga yordam beradigan pedagogik sharoitlarni qidirishdan iborat boʻlgan tadqiqot muammosini aniqladi.
Muammoning dolzarbligi, uning pedagogik ahamiyati va ilmiy ishlanmaning yetishmasligi dissertatsiya tadqiqotining mavzusi - “Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishining etnopedagogik asoslari” – deb nomlashga asos boʻldi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling