Pedagogika kafedrasi
Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bogʻliq bolalar folklor oʻyinlari
Download 1.16 Mb.
|
7. Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bogʻliq bolalar folklor oʻyinlari.
Xalqimiz orasida ot bilan bogʻliq “Koʻpkari-uloq”, “Poyga”, “Qiz quvmoq”, “Agʻdarish”, “Ot ustida qilichbozlik”, “Qovoq oʻyini”, “Chavgon” kabi xalq oʻyinlari koʻplab oʻtkazilgan. Mahmud Qoshgʻariy "Devonu lugʻotit turk" asarida chavandozlik va tirandozlikka doir koʻplab misollar keltiradi: “oʻq otishga usta odam - mergan”, “ot poygasida va chavgon oʻyinida maydon qirgʻogʻiga tortiladigan arqon”, “chavgon oʻyini maydonida chegarani belgilab chizilgan chiziq”, “chavandoz”, “u otni chiviq bilan sekin urdi”, “ot surdi”, “ot terladi”, “balandlatib otdi”, “tegdi, tegib oʻtib ketdi”, “poyga”, “ot poygasi”, “u otda poyga qildi”, “yoʻrgʻa ot”, “odam oʻqni kamonga toʻgʻriladi”, “otlik otni qattiq choptirdi - yoʻrtdi”, “ot anjomlari: yugan, jabduq - egar ustiga qoʻyiladigan yostiq yoki koʻrpacha” [21.39]. Shuningdek, ov haqidagi qoʻshiqlarda qadimgi kishilarni ovchilik san’atini, ov mehnatiga boʻlgan munosabati tasvirlanadi. Chagʻru berib qushlatu, Toygʻon izib tishlatu. Tilki,toʻngʻiz toshlatu, Ardam bilan oʻklalim. Mazmuni: Yigitlarga chagʻri (ov qushi) berib qush ovlaylik. Ov itini (qushlarni) izidan solib tishlataylik, Tulki, tugʻizlarni tosh bilan uraylik. Yutuqlarimiz bilan maqtanaylik. Ov haqidagi bir toʻrtlikda ovchining ovdagi faoliyati, otda yurib, ovchi itlar yordamida kiyik tutish va ov mahsulotini koʻpaytirishga intilishi ifodalangan. Ovchilarni boʻrilarga qarshi kurashi shunday tasvirlanadi: Kecha turub yurir erdim, Qara-qizil boʻri koʻrdim. Qatigʻi yoni kura koʻrdim, Qoya koʻrib baqoʻ ogʻdi. Mazmuni: Kechasi turib kezib yurar edim, Qora-qizil boʻri koʻrdim, Baquvvat yoyni (otishga) hozirlandim, (U) qoʻrqib qoyaning orqasiga yashirindi. Kishilar qadimdan ham ovchilik, chorvachilik bilan birga dehqonchilik va bogʻbonchilik bilan shugʻullanganlar. Mahmud Qoshgʻariy dehqonlar va bogʻbonlar, ularni mashaqqatli mehnatlari haqida fikr yuritib ular kasbini eng qutlugʻ kasb deb ta’riflaydi. Yigitlari ishlatu, Yigach yamish irgʻatu. Qulan, kiyik avlatu, Bazram qilib avnvlum. Mazmuni: Yigitlarni ishlataylik, daraxtlardan mevalarni qoqtiraylik. Kulon, kiyik ovlataylik, (soʻng) bayram qilib ovunaylik. Ma’lumki, chavgon - Oʻrta Osiyo xalqlarining juda qadimgi hamda sevimli ot sporti oʻyinlaridan biri hisoblanadi. Chim ustida xokkey oʻyini qadimda yigitlar ot ustida uzun, uchi egri, yapaloq „klushka” bilan oʻynalgan oʻyinning hozirgi koʻrinishidir. Mahmud Qoshgʻariy chavgon oʻyinining oʻziga xos qoidalari, maydonning oʻlchami va chegarasi ta’rifi, darvozalar, koptokning oʻlchami, katta-kichikligi, nimadan tayyorlanishi va boshqa xususiyatlarini toʻliq bayon qilib beradi. Shuning oʻzi ham, chavgon oʻyini yigitlaring balogʻat yoshiga yetib, otda yurganda oʻzini bemalol his qilib, tuta bilish, uning ustida chaqqonlik va bilak kuchi bilan xilma-xil harakatlar qilishga tayyorlaydigan milliy sport turi ekanligini koʻrsatib turibdi. Ayniqsa, chavgon oʻyini el-yurt mudofaasida zaruriy jismoniy mashqlardan biri boʻlganligi uchun ham, oʻyin gʻolibiga beriladigan sovrinlarning darajasiga alohida toʻxtalib oʻtadi [21.37]. Shuningdek, devonda oʻsha davrda otda poyga chopish, quvlashish, tez yoʻrtib yurish, toqqa chiqish, pastlikka tushish kabi ,,bahs“lar bayoni ham keltirilgan. Devonda „Oqsuyak” oʻyini misol tariqasida keltiriladi. Alisher Navoiy ham oʻzining „Mahbub ul-qulub“ asarida „Oqsuyak” oʻyinining ta’rifini beradi. Mahmud Qoshgʻariy devoni XI asrda bitilgan boʻlsa, Alisher Navoiyning „Mahbub ul-qulub“ asari XV asrda yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar „Oqsuyak” oʻyinini xuddi oʻsha qoida asosida oʻynaydilar. „Oqsuyak”oʻyini nafaqat Oʻrta Osiyoda, balki yer kurrasining koʻp joylarida keng tarqalgan. Bu oʻyinni Yevropaning Skandinaviya mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid adabiyotlarda oʻqish mumkin. Hattoki, ushbu oʻyin Avstraliyada ham uchraydi. Aslida, xalq oʻyinlari hech qachon chegara bilmaydi. Aksincha, oʻyinlar xalqlar, elatlar orasidagi oʻzaro doʻstlik, qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling