Педагогика кафедрасида


Download 121.5 Kb.
bet5/11
Sana13.05.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1456307
TuriДиссертация
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Зайниев Иктидорли

O’z- o’zini tarbiyalash usullari. O’z o’zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo’lganda, u o’zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mutsaqillik ko’rsata boshlagan vaqtdan boshlanadi. O’z o’zini tarbiyalashda (axloqiy, jinsiy, intementual, xissiy-irodaviy) maslaxat va ko’nikma lar berilishi lozim. -o’z o’zini tahlil qilish -o’z o’zini baholash o’z o’ziga xolisona berish, qoniqish hosil qilish va x . Rag’batlantirish va jazolash usullari. O’quvchi bolalarning har biri o’sib, ulg’ayib, kamol topib borayotganidan xursand bo’lganini sezishi kerak. SHundagina bola o’zining olg’a siljib borayotganini ko’ra biladi, o’z kuchiga ishonadi.

Rag’batlantirish quyidagi turlarga bo’linadi. (maktublarda) 1)O’quvchining kuchi etadigan, ma’suliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish: bunda bola o’z qadr qimmati bilan faxrlanadi. 2) maktab (majlislarda) 3) e’tsalik sovg’alar berish. 4) maqtov yorlig’i berish 5) stipendiya bilan ta’minlash. 6) hurmat taxtasiga rasmini osish 7) qo’llab quvvatlash 8) ma’suliyat va jamoaning minnatdorchiligi 9) sinfda birinchi o’rinda turish 10) musobaqalarda bayroq ko’tarish gazeta, radioda, televizorda e’lon va x.

Jazolash bu tarbiyalanuvchining xarkat va faoliyatiga salbiy baxo berish, bu oxirgi tarbiya usuli, (urish, kaltaqlash, jismoniy jazo mumkin e’mas) Turlari. -tanbeh berish - xayfsand e’’lon qilish -uyaltirish. Jazo yaxshi o’ylab qo’llanishi lozim, qizik utsida tinimsiz jazolash mumkin e’mas. Jazo yakka tartibda bo’lishi kerak ya’ni bitta jazo aybiga mos.


Inson tarbiyasi va uning tarbiyalanganlik darajasi o‘z davrining ilmiy-amaliy mezonlari bo'yicha tadqiq etishlik ko'p asrlik fan tarixiga ega. Insoniyatning yer yuziga kelishidan e’tiboran kishilar muayyan sotsiumning a’zosi tariqasida shaxslararo munosabatga kirishishi, muloqot o'rnatishi, muomala maromiga rioya qilishi lozim, deb belgilanishi tarbiyalanganlik o'lchovlarining vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Taraqqiyot, ijtimoiy ong, aql-zakovat, komfortga intilish hissi tarbiyalanganlikning ham harakatlantiruvchisi, ham mexanizmi, ham zarurat ekanligini ta’kidlovchi omil bo'lib xizmat qilgan va bundan keyin ham ko'p funksional vazifani ado etaveradi. Tarbiyalanganlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat, deb hisoblaydi mutafakkir Alisher Navoiy: - jahl chiqqanda o'zini bosa olish; har bir ishni qilganda «yetti o'lchab bir kesish», sir saqlay olish, mulohaza qilib, ayrim gaplami ichga yutish; - doimo ishonch bilan yashash va olg'a intilish; andisha chegarasidan chiqmagan holda dadil bo'lish; bir ishni boshlagandan keyin uni oxiriga yetkazmay qo'ymaslik; kutubxonasi - topgan-tutganini tejab-teigab sarflash


Az-Zamaxshariyning fikricha, tarbiyalanganlikning o‘nta nishonasi farqlanadi: - birinchisi - xalq to‘g‘ri deb topgan narsani noto‘g‘ri deb qaramaslik;
- ikkinchisi - o‘z nafsiga erk bermaslik;
- uchinchisi - birovdan ayb qidirmaslik;
- to'rtinchisi - yomonlikni yaxshilikka yo‘yishlik;
- beshinchisi - agar gunohkor uzr surasa, uzrini qabul qilish;
- oltinchisi - muhojirlar hojatini chiqarish;
- yettinchisi - el g'amini yeish;
- sakkizinchisi - o‘z aybini tan olish;
- to‘qqizinchisi - el bilan ochiq yuzli bo‘lish;
- o'ninchisi - odamlar bilan shirin muomalada bo‘lish.
«Xushxulqlik, yaxshi muomala, shirin so'zlilik va olijanoblik - tarbiyalanganlikning asl belgilaridan», - deb ta’kidlaydi G‘aybulIoh as-Salom.
«Tarbiyalanganlik-jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo'ysunish va o‘zgalaming nafratini qo‘zg‘atadigan xatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish”2. Abdulla Avloniyning fikricha: «...xulq-nafsning suvrati» bo‘Isa, Hamza Hakimzodaning ta’riflashicha: «Axloq xulqni ja’midur. Axloq ikki qism bo‘lur. Biri axloqi husniya (yaxshi xulqlar), ikkinchisi axloqi zamima (yomon xulqlar)dur. Axloqi husniya insoniyat olamining bir gulshanidirki, anda hayo, qilm, saxo, qanoat, rizo, shukr, sabr, tavba, sidh, tavoz’u, ajz, faqiga o‘xshash adolat gullari bila muzayyan va muattar o‘Iur. Axloqi zamima bir sho‘razoredurki, oni aksincha jafo, zulm, hasad, kibr, kufr, tama’, g‘azab, nifoq, gasb, namima, kizb, bo'hton, g'iybat, buxl, xiyonat, isrof, qirs, poyriq, ta’jil, fitna, hosil; bunga o'xshash turlu qabohat nimarsadan boshqa shaylar ko‘karmaslar». Demak, tarbiyalanganlik barcha ijobiy xulqlarni o‘zida mujassamlashtirib, salbiy xulqlardan forig‘ bo'lish demakdir. 1 G'aybulloh as-Salom. Ezgulikka chog'lan, odamzot. Yoshlarda axloqiy xislatlar bilan birga, umuminsoniy fazilatlami, ma’naviy sifatlarni tarbiyalashda pedagogik diagnostika va kooreksiyalash faoliyatiga murojaat etish zarur. Buning uchun, eng awalo, inson fazilatlarining o‘zaro munosabatlarini va o'mini aniqlab olmoq lozim. Ma’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o'z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Rejali va maqsadli o'qitish va tarbiyalash jarayonida natijalarni aniqlash zaruriyati pedagogik diagnostikani vujudga keltirgan. Olz ibtidosida bu natijalar oddiy pedagogik metodlar orqali aniqlangan. Tarbiyaviy metodlar: So‘z orqali ifodalash, ko'rgazmalilik, amaliy namuna, rag'batlantirish, jazo uslublari va h.k. Tarbiya jarayonida an’analar, udumlar, rasm-rusumlar roli. Vatan tuyg'usini shakllantirish, ona tilimizga muhabbat uyg‘otish, milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, ezgulik timsoli bo'lgan yo‘lni ulug‘lash, umuminsoniy qadriyatlarga, millatlararo totuvlik, bag'rikenglik, dunyoviy ilmlaiga intilish va ilg'or madaniyatni shakllantirish, dinning dunyoviylik bilan qarama-qarshi emasligini anglash, xuquqiy madaniyat-sogiom dunyoqarashning muhim omili ekani to'grisidagigi ma’lumotlami ko'paytirish, ma’rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi imkoniyatlari kengligini isbotlash kabi tamoyillari to'grisidagi — bularning barchasiga tarbiya metodlari orqali erishiladi. Har tomonlama barkamol, bilimli, malakali yoshlarni voyaga yetkazishda. Quyidagi tarbiya turlarining ahamiyati salmoqlidir: - Aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko'nikma; aql, ong, fahm. - Axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik, adolat, insof, diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshqalar. Mehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, aqliy ish, jismoniy mehnat, foyda, maosh. - Jismoniy tarbiya: chiniqish, sport, o'yinlar, sog'lom tan. - Estetik tarbiya: go'zallik, kiyinish, tozalik, yurish turish, saranjom-sarishtalik. Ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, o'simlik va xayvonot dunyosiga ongli munosabat. Iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik. www.ziyouz.com kutubxonasi Huquqiy tarbiya: fuqaro, tenglik, to'g'rilik, halollik, jinoyat, jazo, huquq, burch kabi kategoriyalami qamrab oladi. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi boiib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o'rganadi. U Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribasiga tayanadi. Pedagogika tarixidan ma’lumki, ta’lim-tarbiyadan, tarbiya rivojlanishdan ajratib tekshirilmagan. XVIII asming ikkinchi yarmiga kelib Rossiya pedagogikasida tarbiya masalalarini alohida ko'rish hollari uchraydi. «1806-yilda chiqarilgan Rossiya Akademiyasi lug'atida birinchi bor tarbiya so'zi pedagogik tushuncha sifatida alohida keltiriladi»1, - deb ta’kidlaydi I.Tursunov. «Tarbiya-ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarining nazarda tutgan holda o‘qituvchining o'quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqotidir»2. «Tarbiya-tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli ta’sir ko'rsatish jarayonidir»3. Qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, degan edi Prezident I.Karimov O'zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri bilan muloqotda, rna’naviy boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta’lim-tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash haqida Qonun qabul qilingan milliy dastur ham mohiyat e’tibori bilan shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan. Biror-bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi: a) o'quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo'qotish maqsadida rejalashtiriladi. b) shu xislatlami tarbiyalash yoki yo'qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi. d) belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalami qaysisini va qaerda ishlatish rejalashtiriladi.

1.2 Tarbiya qonuniyatlari, prinsiplari va metodlari Tarbiya jarayoning jamiyat taraqqiyotidagi tutgan o'rni.


Tarbiya qoidalari va ulaming mohiyati:
a) Tarbiyaning maqsadga qaratilganlik qoidasi.
b) Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi.
s) Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorlik qoidasi.
d) Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlaming uyg‘unligi va uzluksizlik qoidasi.

2. Tarbiya usullari haqida tushuncha:


a) Ijtimoiy ongni shakllantirish usullari.
b) Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari.
s) 0 ‘z-o‘zini tarbiyalash usullari.
d) Rag‘batlantirish va jazolash usullari. Inson paydo bo‘libdiki, tarbiya jarayoni va qoidalari mavjud. Xo‘sh, tarbiya qoidalari nima uchun kerak ekan? Tarbiya qoidasi pedagogik taiim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlangich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari-o'qituvchi va tarbiyachilarga yoi-yo‘riq ko'rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilar kiradi:

Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling