Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet30/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Axloqiy motivlar – juda muhim guruh, ularda Shaxs shakllanishining jiddiy jihatlari – avvalo odamlarga, faoliyatga, o‘zining jamiyatdagi va jamoadagi o‘rniga nisbatan axloqiy munosabatlari ifodasini topadi.

Muloqot motivlari – yana bir guruh. O‘quvchilarni o‘qishga real undaydi. Umuman maktabga ijobiy munosabat zamirida yotadi.

O‘quv motivlarisof shaxsiy tuzilma, biroq ular predmetlar dunyosidan boshlanadi (A.N.Leontoev), shunchaki hosil bo‘lmaydi.

Bilish motivlari – tobora xarakterli guruh, zero u bilish – o‘quv predmetiga nisbatan munosabatni ifodalaydi. Bunda tobora ahamiyatlisi bilishga qiziqish va ehtiyojlar sanaladi. O‘quvchiga “yangi narsani bilish”, “o‘zini bilimga ilgarilashni ko‘rish”, “ilmga sho‘ng‘ish” o‘zi qiziqqan fanning nazariy asoslarini tushunish juda qiziq.
Ta’limning bu motivlarining real ahamiyati ortiqcha baholash, qiyin aynan ular o‘quvchilar o‘zini o‘qish uchun “kashf etadi”. Bilishga qiziqish o‘quvchining faolligi, ta’limda mustaqilligi asosida yotadi. Maktabga umuman muhabbatni Shakllantiradi. Bilishga qiziqish rivojlanishning yanada yuqori bosqichida Shaxsining barqaror qirrasi, sifati bo‘lib, ko‘pincha bilish faoliyatiga izchil intilish bilan xarakterlanadi. Bunday ayniqsa, o‘quv materiali mazmunidan kelib chiqadigan rag‘batlash va barqarorlik alohida ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim mazmunining bilishga qiziqishni uyg‘otuvchi, rag‘batlashlariga quyidagilar kiradi: o‘quv materialining yangiligi, bilimlar mazmuniga tarixiy yondoshuv, chetlab o‘tish, zamonaviy fan yutuqlarini ko‘rsatish, bilimlarning amaliy roli, o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va o‘qituvchi, o‘quvchilar munosabatlari va boshqalar.
5.6. Ta’lim tamoyillari va qonuniyatlari

Ta’limning mazmunli tamoyillari
- fuqarolik;
- ilmiyligi;
- tarbiyalovchi ta’lim;
- fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi);
- tabiat bilan uyg‘unligi;
- madaniyat bilan uyg‘unligi;
- insonparvarligi.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling