10. «O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari» qachon qabul qilingan ?
A) 1991 yil
B) 1993 yil
C) 1989 yil
D) 1995 yil
11. Leksikologiyaning qaysi sohasi Lug'aviy birliklarning ma‘nosini o'rganadi ?
A) Onomastika
B) Toponimika
C) Semasiologiya
D) Leksikografiya
12. Leksikologiyaning qaysi sohasi geografik nomlar va ularning ma‘nosini tekshiradi ?
A) Toponimika
B) Etimologiya
C) Semasiologiya
D) Onomastika
13. Qaysi qatorda ko'p ma‘noli so'zlar berilgan ?
A) Bakteriya, massa, oqsil
B) Quloq, ko'z, bosh
C) Ma‘no, funktsiya, affiks
D) ravishdosh, ko'makchi, fonema
14. Berilgan gapdagi ma‘nosi ko'chgan so'z qaysi usulda ko'chgan ? Yo'ldoshboy soy yoqasidan pastki tomon qiyalab yurdi. (H.N.)
A) Metafora
B) Metonimiya
C) Sinekdoxa
D) Vazifadoshlik
15. Berilgan gapdagi ko'chma ma‘noli so'z qaysi usulda ko'chgan ?
Bulbullarning dudog'idan uchgan navoni qo'shiqlarim qanotida olib keltirdi. (E.V.)
A) Vazifadoshlik
B) Metonimiya
C) Sinekdoxa
D) Metafora
16. Metafora usuli bilan ma‘nosi ko'chgan so'z qaysi gapda berilgan ?
A) Butun qishloq bizni so'zlaydi.
B) Ko'payadi suruvda tuyoq.
C) Mahallani boshingga ko'tarma.
D) Tog'larning etagidan uchib maysaga yetar.
Do'stlaringiz bilan baham: |