Pedagogika psixologiya
Download 178.95 Kb.
|
2 topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavrak (Shalfey)
Chernika (Yaban mersini)
To‘q rangli meva va sabzavotlarni iste’mol qilish xotirani yaxshilaydi va qisqa muddatli xotira yo‘qolishini oldini oladi. Chernika ulardan biri hisoblanadi. Ushbu meva ayni vaqtda stressni kamaytiradi. Ayniqsa, B6 va B12 vitaminlarini iste'mol qilish insult, demans va altsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi. Tovuq, baliq, tuxum va B vitaminlariga boy yashil bargli sabzavotlarni iste'mol qilish inson salomatligi uchun o’ta muhimdir. Asab tizimini uyg‘unlik bilan ishlashi uchun muhim. B1 — kepak, no‘xat, yormalar, yong‘oq, jigar, tuxum sarig‘i va sutda, B12 — go‘sht, mol jigari, baliqlar tarkibida ko‘p mavjud bo’ladi. Smorodina Smorodina tarkibidagi S vitamini aql zakovatni o’tkirlaydi. Keksalarda ko’p uchraydigan demans va altsgeymer kasalligidan himoya qiladi. Smorodina bilan bir qatorda tsitrus mevalari va brokkoli ham ushbu himoyani qo'llab-quvvatlaydi. Qahva Kofein miya funktsiyalarining yuqori darajada ishlashini ta'minlaydi. Bu xotirani mustahkamlaydi va uni yaxshilaydi. Kuniga ikki stakan qahva bunga yordam beradi. Biroq, me’yordan ortiqcha qahva iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Brokkoli Bu asab tizimini quvvatlantiradi, reflekslaringizni kuchaytiradi va miya rivojlanishini tezlashtiradi. Shuningdek, u tanadagi toksinlarni yo’q qilishga katta hissa qo'shadi. Mavrak (Shalfey) Mavrak xotirani mustahkamlashga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu, ayniqsa diqqatni jamlashda qiynalayotganlar uchun eng muhim tabiiy vositadir. Boshqa tomondan, u ham kundalik stressni kamaytiradi. Sport va jismoniy mashq Sport bilan shug'ullanish, yurish yoki yugurish - bu miyaning ishlashiga hissa qo'shadigan yana bir muhim omil bo’lib hisoblanadi. Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi. Download 178.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling