Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi


- § Yunon matematikasini deduktiv fan sifatida shakllanishi.                 Ev-


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/41
Sana05.01.2022
Hajmi1.91 Mb.
#221594
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
matematika tarixi

3- § Yunon matematikasini deduktiv fan sifatida shakllanishi.                 Ev-

klidning boshlang’ichlari 

     Reja: 

1. Aleksandriya ilmiy maktabi. 

2. Aristotelьning deduktiv fan kontseptsiyasi. 

3. Evklid “Boshlang’ichlar”ining strukturasi va uni matematikani 

 rivojlantirishdagi roli. 

4. Antik davr va XIX –XX asr matematikasidagi aksiomatik pozitsiya. 

 

E.o. 323 yili Aleksandr Makedonskiy Vavilonda vafot etadi. Uning lashkarboshi-



lari  katta  imperiyani  bo’lib  oladilar.  Misrda  Ptolomeylar  hukmdorligi  o’rnatiladi. 

Aleksandriya  shahri  dengiz  bo’yida  joylashganligi  ya’ni  port  shahri  bo’lgani,  texni-

kani  jamlaganligi  savdo  –  sotiq  uchun  qulayligi  uni  yangi  davlatning  xo’jalik  va 

boshqarish markaziga aylantirdi. Bu qulayliklar Ptolomeylarni Aleksandriya shahri-

da  ilmiy  –  o’quv  markazi  –  Muzeyon  tashkil  etishga  ,  bu  markazga  yirik  olimlarni 

jamlash (oylik to’lash asosida) ilmiy ishlarni va o’qitish ishlarini yo’lga qo’yishni tash-

kil  etdi.  Bu  Muzeyon  700  yil  davomida  ilmiy  markaz  bo’lib  qoldi  va  bu  erda  500 

mingdan ortiq qo’lyozmalar jamlandi. Shundan  so’ng reaktsioner xristianlar tomo-

nidan boshqa tillik olimlar quvg’in qilindi yoki  o’ldirildi, Muzeyonni esa taladilar va 

oxiri o’t qo’ydilar. 700 yil davomida bu ilmiy markazda ko’plab antik olimlar ishladi-

lar.Bulardan: Evklid (e.o. 360 – 283), Apolloniy (e.o. 260), Diofant (e.o. 250), Eratos-

fen  (e.o.  250),  Menelay  (e.o.100),  o’eron  (e.o.  I-II),  Ptolomey  (e.o.150),  Aristotelь 

(e.o. 384 – 322) va boshqalar. 



 

23 


  Konkret  masalalarni  echishda  abstraktlash,  bir  xil  tipdagi  masalalarni  echish 

natijasida matematikani rang-barangligi va mustaqilligi oshkora bo’la boshladi. Bu 

faktlar  matematik  bilimlarni  sistemalashtirish  va  uning  asoslarini  mantiqiy  ketma-

ketlikda bayon etish zaruriyatini qo’ydi.Bu vazifani muvaffaqiyatli hal qilishda Aris-

totelning  falsafiy  dunyoqarashlari,  hamda  mantiq  fanining  yutuqlari  katta  rolь 

o’ynadi. Bu davrga kelib fikrlashning asosiy formalari shakllangan, sistemalashgan 

va  ilmiy  ishlab  chiqarilgan  bo’lib,  deduktiv  fan  qurishning  asosiy  printsiplari  ilgari 

surilgan edi. Bu printsipga ko’ra mantiqan murakkablashib boruvchi fan aksiomalar 

sistemasi asosida qo’rilishi kerak. Matematika esa aynan shunday fan edi. 

  Shundan  so’`ng  matematika  “Boshlang’ichlar”  ko’rinishida  aynan  deduktiv 

metod asosida yaratila boshladi. Biz shulardan eng mashhur asar bilan tanishaylik. 

Evklidning  o’zi  Aristotelь  printsipi  asosida  kitob  yozishni  maqsad  qilib  qo’ygan 

bo’lsa kerak, natijada esa matematik bilimlar entsiplopediyasi vujudga keladi. 

  Boshlang’ichlar 13 ta kitobdan iborat. Bularning har birida teoremalar ketma-

ketligi bor. 

  I  –  kitob:  ta’rif,  aksioma  va  postulatlar  berilgan.Boshqa  kitoblarda  faqat 

ta’riflar uchraydi (2-7,10,11).  

  Ta’rif – bu shunday jumlaki, uning yordamida avtor matematik tushunchalar-

ni izoxlaydi. Masalan: “ nuqta bu shundayki, u qismga ega emas” yoki  

“kub shunday jismki, u teng oltita kvadrat bilan chegaralangan”. 

  Aksioma – bu shunday jumlaki, uning yordamida avtor miqdorlarning tengligi 

va  tengsizligini  kiritadi.  Jami  aksiomalar  5  ta  bo’lib,  bular  Evdoks  aksiomalar 

sistemasidir: 

1.  a = v, v= s 

  a = s ; 

  2. a = v, s 

a + s = v +s;  

  3. a = v, s 

a –s = v – s 

  4. a = v  

 v = a; 

5. Butun qismdan katta. 

   Pastulat – bu shunday jumlaki, uning yordamida geometrik yasashlar tasdiq-

lanadi va  algoritmik operatsiyalar asoslanadi. Jami postulatlar beshta: 

1.  g`ar qanday ikki nuqta orqali to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin. 

2.  To’g’ri chiziq kesmasini cheksiz davom ettirish mumkin. 

3.  g`ar qanday markazdan istalgan radiusda aylana chizish mumkin. 

4.  g`amma to’g’ri burchaklar teng. 

5.  Agar  bir  tekislikda  yotuvchi ikki to’g’ri chiziq uchinchi to’¼ri chiziq   bilan 

kesilsa  va  bunda  ichki  bir  tomonli  burchaklar  yig’indisi  180

  dan  kichik 



bo’lsa, u holda to’g’ri chiziqlar shu tarafda kesishadi. 

  Endi “Boshlang’ichlar” ning mazmuni bilan tanishaylik. 

I – VI kitoblar planametriyaga bag’ishlangan. 

VII – IX kitoblar arifmetikaga bag’ishlangan. 

X – kitob bikvadrat irratsionalliklarga bag’ishlangan. 

XI – XIII kitoblar stereometriyaga bag’ishlangan. 




 

24 


I  –  kitobda  asosiy  yasashlar,  kesmalar  va  burchaklar  ustida  amallar,  uchbur-

chak,  to’rtburchak  va  parallelogramm  xossalari  hamda  bu  figuralar  yuzalarini  taq-

qoslash berilgan bo’lib, Pifagor teoremasi va unga teskari teorema bilan yakunlana-

di. 


  II  –  kitob  geometrik  algebraga  bag’ishlangan  bo’lib,    bunda  to’g’ri 

to’rtburchak va kvadrat yuzlari orasidagi munosabatlar algebraik ayniyatlarni inter-

pritatsiya qilish uchun bo’ysundirilgan. 

  III  –  kitob  aylana  va  doira,  vatar  va  urinma,  markaziy  va  ichki  chizilgan  bur-

chaklar xossalariga bag’ishlangan. 

  IV  –  kitob  ichki  va  tashqi  chizilgan  muntazam  ko’pburchaklar  xossalariga 

bag’ishlangan. Muntazam  3, 4, 5, 6 va 15 burchaklarni yasashga bag’ishlangan. 

  V – kitob nisbatlar nazariyasi bilan boshlanib (Evdoks nazariyasi bo’lib, hozirgi 

zamon  haqiqiy  sonlar  nazariyasining  Dedekind  kesmalariga  mos  keladi),  proport-

siyalar nazariyasi rivojlantirilgan. 

  VI – kitob nisbatlar nazariyasining geometriyaga tatbiq etilib umumiy asosga 

ega  bo’lgan  to’g’ri  to’rtburchaklar  va  parallelogramm  yuzalarining  nisbatlari,  bur-

chak tomonlarini parallel to’g’ri chiziqlar bilan kesganda hosil bo’ladigan kesmalarn-

ing proportsionalligi, o’xshash figuralar va ular yuzalarining nisbati haqidagi teore-

malar qaraladi. Yuzalar uchun elliptik va giperbolik tadbiqlarga doir teormelar beril-

gan bo’lib, 

S

х

с



в

ах

2



 (a, v, s–berilgan kesmalar, S –yuza, x–noma’lum kesma) 

ko’rinishdagi tenglamalarni geometrik echish metodi berilgan. 

VIII  –  kitob-oldingi  nazariya  davom  ettirilib  uzluksiz  sonli  proportsialar    bilan 

n

1



n

2

1



1

а

а



...

а

а



а

а

 IX-kitob yakunlanadi. o’eometrik progressiya va uning hadlari 



yig’indisini    topish  usuli  beriladi.Ko’`pgina  qismi  tub  sonlarga  bag’ishlangan  bo’lib, 

bu to’`plam cheksiz ekanligi isboti meros qolgan. Sonlarning juft va toqlik xossalari 

qaraladi.  So’ngida  esa  ushbu  teorema  bilan  yakunlanadi.  Agar 

n

0



в

k

S



2

 

ko’rinishdagi son tub bo’lsa, u qolda S



1

=S*2


n

 sonlar mukammal bo’`ladi. Bu teorema 

isbotlanmagan.                                                                         

X  –  kitob 

в

а

  ko’rinishidagi irratsionalliklarni  25 ta klassifikatsiyasi beril-



gan. Bundan tashqari  bir qancha lemmalar berilgan bo’lib, bularni ichida inkor etish 

(ischerpыvanie) metodining asosiy lemmasi, ya’ni agar berilgan miqdordan o’zining 

yarmidan ko’pini ayirib tashlansa va qolgani uchun yana shu protsess takrorlansa, u 

qolda etarlicha ko’p qadamdan so’ng oldindan berilgan miqdordan kichik bo’ladigan  

miqdorga ega bo’lish mumkin. Yana  cheklanmagan miqdorda  ”Pifagor sonlarini “ 

topish  usuli,  ikkita  va  uchta  ratsional  sonlarning  umumiy  eng  katta  o’`lchovini  to-

pish, ikki miqdorda o’lchamlik  kriteriyasi berilgan.  

So’ngi  uch  kitob  (XI  –XIII)  stereometriyaga  bag’ishlangan  bo’lib,  bulardan  XI-

kitobda  bir  qancha  ta’riflar  berilgan.  So’ng  to’g’ri  chiziq    va  tekisliklarning  fazoda  



 

25 


joylashuviga  oid  qator  teoremalar  xamda  ko’pyoqli  burchaklar  qaqida  teoremalar 

berilgan. Oxirida parallelepiped va prizma qajmlariga doir masalalar berilgan. 

XII  kitobda  fazoviy  jismlarning  munosabatlari  haqidagi  teoremalar  inkor  etish 

metodi yordamida beriladi. 

 

XIII  –  kitob  beshta  muntazam  ko’pyoqliklarni;  tetraedr(4  yoqli),  geksoedr  (6 



yoqli), oktaedr (8 yoqli), dodekaedr (12 yoqli), ikosaedr (20 yoqli) yasash usullari va 

shar  hajmi  haqidagi  ma’lumotlar  berilgan.  Eng  so’nggida  boshqa  muntazam 

ko’pyoqliklar mavjud emasligi isbotlanadi. 

 

Kitobning yutuq va kamchiliklari:                  



1.  Muhokama usuli sintetik, ya’ni ma’lumdan noma’lumga borish usuli. 

2.  Isbotlash usuli- masala yoki teorema bayon etiladi, bunga mos chizma beriladi, 

chizmada noma’lum aniqlanadi, zarur bo’lsa yordamchi chiziqlar kiritiladi, isbotlash 

protsessi bajariladi, yakun yasab so’ng xulosa chiqariladi. 

3.  o’eometrik  yasash  quroli  –  tserkulь  va  chizg’ich  bo’lib,  bular  o’lchash  quroli 

emas.  Shuning  uchun  kesma,  yuza,  hajmlarni o’lchash  emas, balki ularni  munosa-

batlari ustida ish yuritilinadi. 

4.  Bayon etish usuli – tili sof geometrik bo’lib, sonlar ham kesmalar orqali berilgan. 

5.  Konus  kesimlar  nazariyasi,  algebraik  va  transtsendent  chiziqlar  haqida 

ma’lumotlar yo’q. 

6.  Ќisoblash metodlari umuman berilmagan. 

7.  Boshidan to oxirigacha aksiomatik bayon etish usuliga qurilgan. 

8.  Idealistik filosofiya tendentsiyasi asosida bayon etilishi va o’ta mantiqiyligi. 

 

Shunga qaramasdan «Boshlan¼ichlar» qariyib 2000 yil davomida butun geo-



metrik izlanishlarning asosi bo’lib xizmat qiladi. 

 

Yuqoridagi  kichikliklarni  bartaraf  etish  va  o’sib  borayotgan  matematik 



qat’iylikni ta’minlash uchun juda ko’p urinishlar bo’ldi. Bunga misol 1882 yili Pasha 

ishlari, 1889 yili Peano ishlari, 1899 yili Pieri ishlarini aytish mumkin. Lekin 1899 yili 

o’ilьbertning “o’eometriya asoslari” da keltirilgan aksiomalar sistemasi hamma to-

mondan tan olindi. Asosiy tushunchalar: nuqta, to’g’ri chiziq, tekislik, tegishli, orasi-

da, kongruent. Beshta gruppa aksiomalar: 8 ta birlashtiruvchi va tegishlilik; 4 ta tar-

tib;  5  ta  kongruentlik  yoki  harakat;  2  ta  uzluksizlik.  Bular  Evklidnikiga  qaraganda 

yuqori darajada predmetlarni fazoviy va miqdoriy abstraktsiyalash imkonini beradi. 

  Tekshirish savollari: 

1.  Kubni ikkilantirish masalasi nimadan iborat? 

2.  Burchakni uchga bo’lishga doir masalalardan namuna keltiring. 

3.  Doirani kvadratlash nima? 

4.  Muammoni keyingi rivoji qanday kechgan? 




Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling