Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi


-§. XIX – XX asrlarda Rossiya matematikasi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/41
Sana05.01.2022
Hajmi1.91 Mb.
#221594
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
matematika tarixi

5-§. XIX – XX asrlarda Rossiya matematikasi 

Reja: 

1. XIX-XX asrlarda Rossiyada matematikaning rivojlanishi. 



2. M.V.Ostrogradskiy, P.L.Chebыshev. Peterburg matematika maktabi. 

3. S.V.Kovolevskaya. Moskva matematika maktabi. 

XVIII asrda Rossiyada faqat ikkita ilmiy markaz: Peterburg fanlar akademiyasi 

(1725) va Moskva universiteti (1755) mavjud bo’lib, matematika sohasida asosiy ish-

lar  L.Eyler  va  uning  ko’p  bo’lmagan  shogirdlari  tomonilan  qilingan.  Rossiyada 

o’qimishli odamlar kam bo’lganligi sababli ularning ta’siri bo’lmadi. Moskva univer-

sitetida  esa  faqat  o’quv  ishlari  bilan  shug’ullanilgan.  Ќatto  Lomonosov  ham  ta’sir 

ko’rsatolmadi. 

XIX  asrga  kelib  Rossiyada  kapitalistik  ishlab  chiqarish  usuli  ta’siri  ostida  va-

ziyat o’zgara boshladi. 

Jumladan Tartu (1802), Vilьnyus (1803), Qozon (1804), Xarkov (1805), Peter-

burg  (1819),  Kiev  (1834),  Odessa  (1865),  Varshava  (1869),  Tomsk  (1888),  Saratov 

(1909) larda universitetlar tashkil qilindi. 

Dastlab  bu  universitetlarda  o’quv  ishlari,  matematik  adabiyotlar,  jurnallar, 

so’ngroq esa ilmiy jamiyatlar ish boshladi. Faqat XIX asrning o’rtalariga kelib ilmiy 

faoliyat rivojlana boshladi. 

1783 yili L.Eyler vafotidan so’ng pasayib ketgan matematik ijodiyot XIX asrn-

ing 20-yillariga kelib uyg’ona boshladi. Bunga asosiy sababchilar M.V.Ostrogradskiy 

(1801-1861), V.Ya.Bunyakovskiy (1804-1889) bo’ldilar. 

Ukrainalik  bo’lgan  har  ikkisi  ham  oliy  matematik  ma’lumotni  Parijda  oldilar. 

Ostrogradskiy  1828 yili Peterburgga  qaytadi va 1830 yildan akademik bo’lib ishlay 

boshlaydi. U o’zining zamondoshlari Furbe, Laplas, Koshi, Puasson va boshqalar ka-

bi ko’proq tatbiqiy masalalarni hal qilish bilan shug’ullanadi. Mexanika, matematik 



 

81 


fizika, matematik analiz, algebra, sonlar nazariyasi, ehtimollik nazariyasi va boshqa-

lar. 


Birinchi ishi 1826 yili yozilgan (1832 e’lon qilingan) bo’lib, “Tsilindrik havzada 

suyuqlik sirtida to’lqin tarqalishiga oid” ishi. Keyinroq (1829) doiraviy sektor uchun 

tatbiq  etadi.  Peterburgga  qaytgandan  so’ng  Puasson  tenglamasini  keltirib  chiqa-

rishni  original  usulini  beradi.  1828  yili  Furьe  metodining  umumlashmasini  “Issiqlik 

nazariyasi haqida” maqolasida beradi. 

Matematik analiz sohasida karrali integrallarni integrallash (1834); karrali in-

tegrallarda  o’zgaruvchini  almashtirish  (1836);  algebraik  funktsiyalarni  integrallash; 

chiziqli differentsial tenglamalar haqida (1838); differentsial tenglamalar sistemala-

rini echishning Nьyuton metodini qulaylashtirish (1835) va boshqalar. 

Ehtimollik nazariyasi sohasida 6 ta maqola e’lon qilgan. Bular sug’urta masa-

lalari, qimor o’yinlari, maxsulot sifatini statistik nazorat qilish va uning xatolari, eh-

timollar nazariyasini sud ishiga tatbiq qilish. 

Chebыshev P.L. (1821-1894) 1841 yili Moskva universitetini tamomlaydi. 1846 

yili magistrlik dissertatsiyasini: “Ehtimollar nazariyasining elementar tahlili tajriba-

si”, 1849 yili Peterburg universitetida doktorlik dissertatsiyasi: “Taqqoslamalar na-

zariyasi” yoqlaydi. 1853 yildan akademiyada ishlaydi. 80 dan ortiq ilmiy ishi bor. Pi-

terburg matematika maktabini shakllanishida xizmati katta. U asosan sonlar naza-

riyasi,  ehtimollar  nazariyasi,  funktsiyalar  yaqinlashishi  va  polinomlar,  integrallash 

sohalarida ish olib bordi. 

Kovalevskaya  S.V.  (1850-1891)  istefodagi  generalning  qizi,  ma’lumotni  aso-

san  uyida  oladi.  V.O.Kovalevskiy  bilan  soxta  nikohdan  o’tadi  va  1869  yili 

o’ermaniyaga ketadi. Berlinda u Veyershtrass rahbarligida ilmiy faoliyatini boshlay-

di.  1874  yili  o’ettingen  dorilfununi  “Xususiy  hosilali  tenglamalar  nazariyasiga  oid”, 

“Saturn xalqalarining shakli haqida”, “Uchinchi rang abelь integrallarining bir sinfini 

elliptik integrallarga keltirish haqida” ishlari uchun himoyasiz filosofiya doktori da-

rajasini  oladi.  Shu  yili  u  Rossiyagi  qaytib  keladi  va  1883  yilgacha  ishsiz  yuradi. 

V.O.Kovalevskiy vafotidan so’ng Stokgolьm dorilfunungia ishga keladi va 1884 yil-

dan boshlab professor bo’lib ishlaydi. 

1888 yili “Qattiq jismni qo’zg’almas nuqta atrofida aylanishiga doir” ilmiy ishi 

uchun Parij FA ning mukofotiga, shu sohadagi boshqa ishi uchun Shvetsiya FA ning 

mukofotiga sazovor bo’ldi. 

1891 yili Stokgolьmda vafot etdi. 

Moskva matematik jamiyati 1864 yili Moskva dorilfununi (1755) qoshida tash-

kil  topadi.  15  sentyabr  1864  yili  birinchi  yig’ilishida  Brashman  N.D.  prezident  qilib 

saylanadi, hammasi bo’lib 13 a’zo bor edi. Ular matematika bo’limlarini bo’lib oldi-

lar. 1867 yildan boshlab “Matematik to’plam” chiqa boshladi. 1917 yilga qadar 971 ta 

ilmiy axborot tinglanib, shundan 640- matematika, 217-mexanika, 114-fizika va as-

tronomiyaga oid. 

Matematikani  rivojining  bunday  sustligi  xalqning  ajratib  qo’yilganligi,  reakt-

sion va egoistik dunyoqarashlarning kuchliligidir. 

Brashman,  Davidov,  Urusov,  Sludskiy,  Somov,  Ershov,  Lebedev,  Jukovskiy, 

Peterson, Egorov XIX asr oxiriga kelib Moskvada tashkil topgan matematik maktab-

larning yirik namoyondalaridir. 

“Rus aviatsiyasining otasi” bo’lmish Jukovskiy N.E. (1847-21) 1868 yili univer-

sitetni bitirgandan so’ng dorilfununda ko’p yillar davomida dars beradi. Matematik 



 

82 


jamiyatga a’zo bo’lgandan (1876) so’ng 1905-21 yillarda uning prezidenti bo’lib ish 

olib boradi. 

U 80 dan ortiq ilmiy ish qiladi: o’idrodinamikaga oid: kema chayqalishi masa-

lasi, suv otuvchi reaktiv dvigatel, jismlarni suyuqlikda ishqalanishi va boshqalar.  

Mexanikaga oid: qattiq jismni qo’zg’almas nuqta atrofida aylanishi, harakatn-

ing mutanosibligi va boshqalar. 

Aerodinamika  va  aviatsiyaga  oid:  havoda  suzish  nazariyasi,  qanotning 

ko’tarish kuchi, vint nazariyasi va boshqalar. 

1904  yili  Kuchinoda  aerodinamik  institut  qurilishini  boshqaradi.  1910  yili 

MVTU  da  aerodinamik  laboratoriya  tashkil  etadi.  Uning  shogirdlaridan 

S.A.Chaplыgin, keyinchalik Kelьdыsh M.V.,Lovrentьev M.A. va boshqalar uning ish-

larini davom ettirdilar. 

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuqorida aytilgan olimlar Rossiya matema-

tiklarining  bundan  keyingi  ishlari  uchun  zamin  yaratadilar.  Bu  yosh  olimlarni  tez 

o’sishiga turtki bo’ladi. Jumladan: Luzin, o’olubev, Privalov, Stepanov, Aleksandrov, 

Kolmogorov, Menьshov, Urыson, Xыnchin va boshqalar Rossiya matematika mak-

tabini asosini tashkil etadilar. 

Tekshirish savollari: 

1. XIX-XX asrlarda Rossiyada matematikaning axvoli kanday edi? 

2. Peterburg ilmiy maktabi xakida nimalarni bilasiz?  

3. Moskva ilmiy maktabi xakida nimalarni bilasiz? 

 


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling