Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


MAKTABDA ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMINI YARATISH


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
MAKTABDA ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMINI YARATISH
Urunova Muxabbat Murotovna
Buxoro viloyat Kogon tuman 
15-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Annotatsiya: Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab 
yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan , zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni 
vatanparvarlik ruhida yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini 
takomillashtirish masalalarida alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Kalit so‘zlar: Ona tili, o‘qish,matematika,tabiat va umuman barcha fanlarda rasmli,harakatli 
slaydlardan foydalanib o‘quvchiga mavzuni yetkazish
“Maktab bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi .Uni davlat, . hukumat,hokimlarning o‘zi 
hal qilolmaydi.bu butun jamiyatning ishi,burchiga aylanishi kerak ”-deydi prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev.
hozirgi axborotlashgan davrda farzandlarimizni zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan qilib 
tarbiyalashda maktabning o‘rni beqiyos.buning uchun maktablarda zamonaviy ta’lim tizimini 
joriy qilishimiz lozim.maktabda o‘qitiladigan barcha fan o‘qituvchilari birinchi navbatda o‘zlari 
zamonaviy ta’lim savodxonligiga ega bo‘lishi kerak.O‘zi o‘qitadigan faniga qiziqish, hurmat 
uyg‘otish maqsadida zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanishi,har bir darsda bir yangilikni joriy 
qilishi kerak.buning uchun maktabdagi dars xonalarining har biri televizor,kompyuter,proyektor 
bilan ta’minlangan,bu qurilmalarni boshqarishni o‘qituvchi yaxshi bilishi kerak.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida shuni bilamanki bolajonlarimiz qiziquvchan,yangilikka 
intiluvchan bo‘ladi.har bir darslikning elektron variant,multimediasi bizda bo‘lishi kerak.
Zamonaviy pedagogik texnoligiyalar asosida darsni o‘tsak bolajonlarimiz uchun juda qiziqarli 
va tushunarli bo‘ladi.Ilgari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari har kungi dars ko‘rgazmalarini qo‘lda 
tayyorlashgan.bizda hozir barcha imkoniyatlar eshigi ochiq,biz bundan unumli foydalanishimiz 
ya’ni har bir dars slaytlarini mustaqil turli ilg‘or pedagogic texnolagiyalar asosida o‘tsak 
o‘quvchini fanimuzga nisbatan qiziqishi ortadi.chunki u har kun maktabdan bir yangilik kutib 
keladi.Zamonavoy axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan davrda darslarni 
kompyuter yordamida o‘tish biz o‘qituvchilardan zamonaviy bilim va malaka talab qiladi.Ona 
tili, o‘qish,matematika,tabiat va umuman barcha fanlarda rasmli,harakatli slaydlardan foydalanib 
o‘quvchiga mavzuni yetkazish tezroq tushunarli bo‘ladi.chunki hozir barcha o‘quvchilarimizning 
uyida shunday axborot texnologiyalar mavjud, unga maktabda ham shunday zamonaviy muhitni 
yaratsak,uni kelajakka bo‘lgan,fanlarga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi,zamon bilan hamnafas 
bo‘lib voyaga yetadi.
biz shunday mas’uliyatli kasbni tanlagan ekanmizki, bu kasbimizning fidoiy jonkuyari 
bo‘lib harakat qilishimiz kerak.Prezidentimiz yosh avlodning kelajakda komil, barkamol inson 
bo‘lib yetishi uchun ishonch bildityaptilar.bu ishonchni oqlash biz pedagoglarning zimmamizga 
yuklanadi,chunki bilimlar poydevori boshlang‘ich sinfdan qo‘yiladi.Ota-ona murg‘ak jajji 
farzandini yetaklab bizning qo‘limizga keltirib topshiradi,uning taqdiri,kelajagi bizning 
qo‘limizda.Ularning kelajakda buyuk inson bo‘lishlari uchun biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 
javobgarmiz.biz allomalarimiz ustozni qanday ulug‘lashgan bo‘lsa,shumday e’zozga erishish 
uchun bolajonlarimiz hayotining uchdan bir qismi o‘tadigan maktabda sifatli ta’lim olishlari uchun 
zamonaviy kompyuterlashtirilgan sharoitni yaratib,bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashimiz 
zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.M.Mirziyoyev buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quraylik 
“O‘ZBEKISTON ”-2019
2. O‘.J. Yo‘ldoshev . Umumiy pedagogika TOShkENT_2017
3. n.ziyo.com>kutubxona>category


239

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling