Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
NAVOIY ASARLARI ORQALI BOSHLANGICH SINF O‘QUVCHILARINING
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
10
NAVOIY ASARLARI ORQALI BOSHLANGICH SINF O‘QUVCHILARINING TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI Samatova Halima Rustamovna, Navoiy viloyati Karmana tumani 10-umumta’lim maktab Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Mutafakkirimiz va xalqimiz sevgan shoir Alisher Navoiy jahon adabiyotining buyuk namoyondalaridandir. hayot yo‘li ibrat maktabi, asarlari esa kamolotga yetishish vositasi hisoblangan ulug‘ shaxs siymosini bo‘lajak pedagog sifatida o‘zimiz mukammal o‘rganib va kelajakda yosh avlodga tanishtirishimiz lozim. Biz shoir g‘azallaridan yod olib, asarlarini mutoala qilib, ongli ravishda mushohada yuritganimizda, buyuk shaxs siymosidan faxrlanish tuyg‘usini tuyamiz va bo‘lajak maktabgacha ta’lim muassasasi o‘qituvchisi sifatida o‘z tarbiyalanuvchilarimizda mana shunday faxr his- tuyg‘usini shakllantirishimiz joizdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga buyuk allomalar avlodlari ekanligimizni anglatmoqchi ekanmiz, eng avvalo ularning psixik rivojlanishi va bilish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olishimiz lozim.Ana shu psixik jarayonlardan biri tafakkurdir. bizga ma’lumki, tafakkur (arabcha – fikrlash, aqliy bilish) – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlaydigan, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar ya’ni qonuniy bog‘lanishlani aks etadigan bilishning murakkab jarayonidir. Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: Unda voqyelik abstraklashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. hissiy bilishdan farqli o‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali belgilaridan fikran chetlashgan, mavhumlashgan holda e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi. Tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribasiga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. fikrlash bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo‘lmagan narsalar yuqori darajada ideallashgan obyektlarni yaratish, turli xil forma sistemalarini qurish bilan keladi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o‘rganish, hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi. Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Biz boshlag‘ich sinf o‘quvchilari tafakkurini shakllantirishda Navoiy bobomiz merosidan foydalanishimiz samarali natija beradi. boshlag‘ich sinf o‘quvchilaritafakkurini rivojlantirish jarayonida biz “Sher bilan Durroj” hikoyati orqali bola yolg‘onchilikning oqibatlari xususida durrojning yolg‘on gapirishlaridan bilib oladi. O‘qituvchi bu o‘rinda qahramonlarni alohida ta’riflab o‘tsa yaxshi bo‘ladi. Sher – bu o‘rmonlar shohi. U hyech narsadan qo‘rqmaydi. Lekin u o‘z bolalarini o‘ylaydi. durrojning u yoqdan – bu yoqqa qilgan tinimsiz harakatlari bolalari tinchligini buzayapti. Shuning uchun katta bo‘lishiga qaramasdan durroj oldida bosh egib, u bilan do‘stlashdi. Mana shu o‘rinda o‘qituvchi bolalarga o‘z onalarining ular uchun hamma narsaga tayyorligini ta’kidlab, shuning uchun onalarining qadriga yetishi, ularni har doim yaxshi ko‘rishi, ardoqlash, aytganlarini so‘zsiz bajarishi kerakliligini aytib o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vaziyatga qarab bolalardan navbatma-navbat onalariga qanday munosabatda bo‘lishlari haqida so‘rab borilsa ham o‘rinli bo‘ladi. Durrojning mahmadonaligi, o‘zbilarmonchiligi, yolg‘onchiligi o‘z boshiga kulfat olib kelganligini o‘qituvchi obrazli qilib bolalarga yetkazish lozim. bolalardan bu holatga munosabatlarini ham so‘rasa yaxshi bo‘ladi. Shunda bolaning yolg‘on va yolg‘onchilikka nafrati oshadi, oqibati yomon bo‘lishini sezib yolg‘on gapirmaslik lozim degan fikrni miyasida mustahkamlaydi. boladagi rostgo‘ylik xususiyatining shakllanishi uning ma’naviyati yuksalayotganligidan dalolat beradi. Xullas, rejada ko‘rsatilgan har bir hikoyat singari bola dunyoqarashini kengaytirib, undagi insoniy fazilatlarni o‘stirishda ko‘maklashadi. 217 10 Bulardan tashqari “Hayrat ul-abror” dostonidagi adablilik odati, qanoat, saxiylik to‘g‘risidagi hikoyatlarni ham dastur tarkibiga kiritish lozim. Ularda aks etgan insoniy sifat va xususiyatlar orqali bolalar tafakkuri shakllantirilsa maqsadga muvofiq hamda juda yaxshi samara beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling