Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
TA’LIM SAMARADORLIGI O‘QITUVCHI QO‘LLAYDIGAN METODLARGA
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
TA’LIM SAMARADORLIGI O‘QITUVCHI QO‘LLAYDIGAN METODLARGA BOG‘LIQ Toshkent shahar, Yashnobod tuman 226-maktab Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Tadjiraximova Nilufar Xusanboyevna Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda ta’lim sohasida ken qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar haqida fikr yurutilgan. Innovatsion metodlarning boshlang‘ich ta’lim sohasida qay darajada va qanday darslarda qo‘llash haqida ma’lumot va namunalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: metod, o‘quv jarayoni, faollik, ta’lim, uslub, innovatsion, faoliyat. O‘quv jarayonini shunday tashkil etish kerakki, hech qanday psixologik noqulaylik bo‘lmasligi, o‘quvchi o‘ziga nisbatan ishonchni his eta olishi lozim. har bir o‘quvchining imkoniyatini hisobga olish, bajarilgan ish uchun rag‘batlantirish, xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchiga uni to‘g‘rilash imkonini berish zarur. Boshlahg‘ich ta’limda o‘qitishning innovatsion metodlarini qo‘llashdan asosiy maqsad o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyati izchilligini ta’minlash hamda uni maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil etishdir. O‘qitishning faol metodlariga “Aqliy hujum”, “Zinama-zina”, “Klaster”, “Davom ettir”, “Archa”, “Yelpig‘ich”, “Sinkveyn”, “Zanjir”, “Meni tushun”, “Sehrli katak”, “Oyga sayohat” kabilarni kiritish mumkin. “Algoritm” metodi “Algoritm” atamasi buyuk o‘zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqib, uning mashhur “Al-jabr va al-Muqobala” asari bilan bog‘liq. Algoritm — berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak bo‘lgan aniq ko‘rsatmalar ketma-ketligi. Ushbu metod o‘quvchilarning o‘tilgan mavzu yuzasidan o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan muayyan tushunchalarga egaligini aniqlash va ularda kompetensiyaviy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni qo‘llash quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: kichik guruhlar shakllantirilib, ularga nom beriladi, har bir guruhga raqamlar bilan belgilangan nuqtalar tasviri tushirilgan A-4 formatdagi qog‘oz tarqatiladi, guruh a’zolari berilgan shart asosida nuqtalarni birlashtiradilar, hosil bo‘lgan shaklga oid ikkitadan fikr bildirish aytiladi. O‘quvchilar ketma-ketlikda o‘z fikrlarini bayon etadilar, ular xattaxtaga yozib boriladi, so‘ngra o‘qituvchi fikrlar qay darajada to‘g‘riligini muhokama qiladi, to‘g‘ri fikrlar rag‘batlantirilib, guruh ishlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa chiqariladi. “Kamalak” metodi bu metod o‘qish va ona tili darslari uchun mo‘ljallangan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda biryo‘la mavzuning turli tarmoqlari, shu bilan bir qatorda o‘zbek tilining kamalakdek serjiloligi haqida axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida muhokama qilinadi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararli tomonlari ochib beriladi. “kamalak” metodining maqsadi o‘quvchilarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga, izlanishga, fikrlarini jamlab taqqoslash uslubi yordamida o‘tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini kundalik faoliyatda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat. Metod imkoniyatdan kelib chiqib, yakka yoki kichik guruhlarda olib borilishi mumkin. kamalak tasviri tushirilgan qog‘oz tarqatiladi va uning shartlari tushintirib o‘tiladi. O‘qish darslarida she’rdagi vatan mazmunini ifodalovchi so‘zlarga, asar qahramonlariga “Kamalak” metodi asosida ta’rif berish so‘raladi. Topshiriqni o‘quvchi kamalakda aks ettirishi ta’kidlanadi. (Masalan: 1. vatan/ 2. chaman/ 3. bo‘ston/ 4. diyor/ 5. yurt/ 6. guliston/ 7. o‘lka). Foydalanilgan adabiyotlar: 1. T. G‘afforova boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar. Qarshi. Nasaf. 2008yil. 2. O.U.Avlayev, S.N. Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv-uslubiy qo‘llanma, “Navro‘z” nashriyoti, Toshkent – 2017. 3. Sharipov Sh. S., Aripov M., begimqulov U. Sh. va boshq. bilim olishning intelektual tizimini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: fan, 2011. – b. 72. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling