Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


Paydalanılǵan ádebiyatlar


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Paydalanılǵan ádebiyatlar:
1. Q.Pirniyazov baslawısh klaslarda qaraqalpaq tilin oqıtıw metodikası, Nókis 1993j
2. b.Qálimbetov,J.Uspanova,X.Abdijabbarova “Oqıw”kitabı 3-klass ushın Nókis “Qaraqal-
paqstan” 2016j


229
10
O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANI YUZASIDAN LABORATORIYA 
MASHG‘ULOTLARINI O‘TISH METODIKASI
Soliyeva Navro‘za Daminjanovna
Pop tuman xalq ta’limi tabiiy fanlar metodisti 
Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo fani amaliy laboratoriya mashg‘ulotlarida, o‘quvchilarning 
dars davimida xavfsizligini ta’minlash maqsadida, qo‘llanilishi va rioya qilinishi shart bo‘lgan 
qoidalar va ularga qo‘shimchalar haqida ma’lumot berilgan. 
Kalit so‘zlar: Xavfsizlik, laboratoriya, tayyorgarlik, kimyo, amaliy mashg‘ulot.
Ma’lumki kimyo fani tabiiy fanlar qatoriga kiradi va u kimyoviy moddalar ularning bir-
biriga aylanishi va o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan hisoblanadi. fanni o‘zlashtirishda nazariy 
ma’lumotlar bilan bir qatorda amaliy-laboratoriya ishlarini ham o‘rni benihoya kattadir. Amaliy 
ishlar nazariyani to‘ldirishga tasavvurlarni yanada kengaytirishga yordam qiladi. Laboratoriya 
ishlari, amaliy ishlar asosan laboratoriyalarda xususan o‘rta umumiy ta’lim muassasasida kimyo 
kabinetlarida amalga oshiriladi.
kabinetdagi o‘quv materiallari komplekti sinfdagi barcha o‘quvchilarga etadigan bo‘lishi kerak. 
Xar bir o‘quv materiali muayyan laboratoriya amaliy mashg‘ulotlarni va qilib ko‘rsatiladigan 
tajribalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Qilib ko‘rsatiladigan va laboratoriya tajribalari 
o‘quvchilar darsda o‘tgan mavzuni yanada chuqurrok o‘zlashtirib olishlariga yordam beradigan 
bo‘lishi zarur. Tajribalar o‘tkazishda ishlatiladigan asbob-jihozlar ixcham, qulay bo‘lishi hamda 
doimo taxt turishi kerak.
Bundan tashqari, o‘quvchilar laboratoriya ishini bajarayotganlarida xavfsizlik texnikasi 
qoidalariga rioya qilishlarini laborant kuzatib turadi. Laborant o‘zining nazariy va amaliy bilimlarini 
doimo oshira borishi va har yili o‘qituvchiga imtihon topshirib turishi lozim. har kuni ishning 
oxirida kabinetdagi elektr asboblar o‘chirilganligini stollarda reaktivlar qolmasligini, vodoprovod 
va gaz jo‘mraklari bekilganligini tekshirib, so‘ngra kabinetni qulflaydi. Xar bir laborantda xalat, 
ko‘zoynak, rezina qo‘lqop bo‘lishi kerak. Laborant doimo ozoda kiyingan bo‘lishi, saranjom-
sarishta ishlashi, moddalar bilan ishlagandan so‘ng qo‘lini albatta sovunlab yuvishi lozim. 
Laboratoriyada sintetik kiyimlar kiyish tavsiya etilmaydi.
Laboratoriya ishi, ko‘rsatiladigan tajribalar va amaliy mashg‘ulot 13 darslarining muvaffaqiyatli 
o‘tishi, avvalo o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, o‘qituvchining talabchanligiga va 
o‘quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlay bilishiga bog‘liq. O‘rta umumiy ta’lim maktabida 
laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda sinfdagi o‘quvchilarning hammasi mashg‘ulotni bir xilda 
bajara olishiga erishish muhim ahamiyatga ega bu narsa o‘quvchilarning nazariy bilimi darajasiga, 
ayniqsa shu mavzuni qanday o‘zlashtirib olganligiga bog‘liq. Ikkinchidan, o‘quvchilarning 
intizomi, darslarga puxta tayyorlanib kelishi, shuningdek, har bir o‘quvchi stolining to‘g‘ri 
jihozlanishi ham mashg‘ulotlar yaxshi o‘tishining eng muhim shartlaridan biridir. O‘quvchilar 
mavzu materialini yaxshi o‘zlashtirib, mustaqil fikrlash malakasi hosil qilganliklaridan keyingina 
laboratoriya mashg‘ulot o‘tkaziladi. Shu sababli o‘quvchilar o‘qituvchi ko‘rsatadigan tajribalarni 
diqqat e’tibor bilan kuzatib turishlari va uyga berilgan topshiriqlarni so‘zsiz bajarib kelishlari zarur.
Laboratoriya darsni o‘tkazish eng muhim va mas’uliyatli ishlardan biridir. Laboratoriya 
mashg‘ulotini shunday tashkil etish kerakki, o‘quvchilar uning natijalarini oldindan bilib 
ololmaydigan, balki mustaqil tajriba o‘tkazishda olingan natijalarni tahlil qilib, sodir bo‘lgan 
xodisaning sabablarini topadigan bo‘lsinlar. Laboratoriya ishlari o‘quvchilar bilimini 
chuqurlashtirishga, ularni tabiatdagi turli qonuniyatlarning asosi bilan tanishtirishga imkoniyat 
tug‘diradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. karen d. hamel, cSP, WAch, is a regulatory compliance professional, trainer, and tech-
nical writer for New Pig. Eight Tips for chemical Safety
2. А.Э. янгибаев, м.Эргашева «Умумий ўрта таълим мактабларида кимё фанидан ла-
боратория ишларини ташкил этиш ва ўтказиш» Қўлланма. Тошкент – 2010 й. 59 бет.


230

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling