Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA FANLARARO ALOQADORLIK
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA FANLARARO ALOQADORLIK To‘xtayeva Roxila Iskandarovna Navoiy shahar 13- maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Telefon: +998(93) 310 71 50 munismalikam@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada integratsiyalashgan ta’lim va fanlararo aloqadorlikni qanday tashkil etish mumkinligi haqida ma’lumot berilgan. O‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishi to‘g‘risida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: malaka, integratsiya, fanlararo aloqadorlik,bilim, malaka, nutq. Zamonaviy jamiyatda integratsiya ta’limga integratsiyalashuv zarurligini tushuntiradi. Zamonaviy jamiyat yuqori malakali, yaxshi tayyorlangan mutaxassislarga muhtoj. Integratsiya o‘z-o‘zini anglash, o‘zini namoyon qilish, o‘qituvchining ijodi uchun imkoniyat yaratadi, qobiliyatlarni ochib berishga yordam beradi. Sifatli ta’limni amalga oshirishda fanlararo aloqadorlik asosiy prinsiplardan hisoblanadi. • sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; • Integratsiya (lot. integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun so‘zidan) fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni, differensiatsiya bilan birga kechadi; • 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro muvofiqlashtirish va birlashtirish; • turli xil fanlarni o‘rganish ketma-ketligi va izchilligini vaqt bo‘yicha shunday tanlash lozimki, ulardan birini o‘rganish ikkinchisini o‘rganishga ko‘maklashsin; • umumiy tushuncha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga bir xil yondashuvni ta’minlash; • bilimlarni o‘zlashtirish hamda ko‘nikma va malakalarni egallashga bo‘lgan talablar birligini ta’minlash; • bir o‘quv faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rganishda boshqa fanlarga oid bilim, ko‘nikma va malakalardan keng foydalanish. Integratsiyalashgan darslarning afzalliklari sifatida quyidagilarni ko‘rish mumkin: 1. O‘qish motivatsiyasini oshirishga, talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga, dunyoning yaxlit ilmiy manzarasini va hodisani bir necha tomondan ko‘rib chiqishga hissa qo‘shish; 2. Oddiy darslarga qaraganda ko‘proq darajada nutqni rivojlantirish, o‘quvchilarni taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish qobiliyatini shakllantirishga hissa qo‘shadi; 3. Ular nafaqat mavzuni tushunishni chuqurlashtiribgina qolmay, balki dunyoqarashlarini kengaytiradilar. Ammo ular ko‘p qirrali, barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni shakllantirishga hissa qo‘shadi. Integratsiyalashgan darslarning namunalari: • butun dars muallifning niyatiga bo‘ysunadi, • darsni asosiy g‘oya (darsning o‘zagi) birlashtiradi, • dars bir butunni tashkil qiladi, dars bosqichlari butunning bo‘laklari, • darsning bosqichlari va tarkibiy qismlari mantiqiy va tarkibiy bog‘liqlikda, • dars uchun tanlangan didaktik materiallar konsepsiyaga mos keladi, ma’lumot zanjiri “berilgan” va “yangi” tarzda tashkil etilgan. Integratsiyalashgan va fanlararo aloqa o‘quvchilarni bilim olishida katta yordam beradi va qobiliyatli, ishtiyoqi baland, bilimli bo‘lishi uchun imkon beradi. O‘qituvchilar o‘z ustida ishlagan holda yangi va foydali manbalardan foydalanib dars o‘tadi. O‘z bilimlarini takrorlab borishni va boshqa fanlardan ham unumli foydalanib ta’lim berish uchun imkon yaratib beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. манвелов С.г. Конструирование современного урока. – м.:Просвещение, 2002. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling