Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
BIXEVIORIZM - PSIXOLOGIYA TARIXIDA TUB BURILISH: YUTUQ VA
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
BIXEVIORIZM - PSIXOLOGIYA TARIXIDA TUB BURILISH: YUTUQ VA KAMCHILIKLAR Utayeva Shahodat Salovatovna 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Annotatsiya: Ushbu maqolada psixologiya tarixida inqilob yasay olgan bixeviorizm yo‘nalishi haqida bayon etilgan. bu yo‘nalishning yutuqlari, kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, bixeviorizmda shaxs tushunchasi haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: Bixeviorizm, Jon Lokk, 1913-yil, Jon Uotson, xulq-atvor, “ruhsiz psixologiya”, E.Torandayk Insonning rivojlanib borishi muhim jarayon. Ma’limki inson hayoti davomida ruhiy va jismoniy jihatdan o‘zgarib boradi, shaxs sifatida voyaga yetdi. Aynan insonning shaxs sifatida voyaga yetishida bir qancha omillar ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Masalan irsiy, muhit, tarbiya kabi omillar. Mana shunday insonni bilishga intilish psixologoya fanining vujudga kelishiga va unda ko‘plab yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shunday oqimlardan biri bixeviorizmdir. bixeviorizm XIX - XX asrlarda Amerikada vujudga kelgan. Lekin aslida bu oqimning ildizi XVII asrda yashagan buyuk ingliz faylasufi Jon Lokk ta’limotiga borib taqaladi. Lokk “tug‘ma g‘oyalar” va axloq tamoyillari haqidagi nazriyalarni tanqid qilib, barcha g‘oyalar ikkita asosiy manba – tashqi tajriba (sezgi) va ichki tajriba (refleksiya)dan kelib chiqadi, deydi. Aynan Jon Lokkning tashqi tajribaning manbaini sezgi a’aolarimizga ta’sir etuvchi obyektiv reallik tashkil etishi haqidagi nazariyalari bixeviorizmning asosida yotadi. bixeviorizm – (inglizcha behavior – hatti- harakat, xulq) psixologiyadagi bir oqim. bixeviorizm atamasini 1913-yilda amerikalik tadqiqotchi, psixolog Jon Uotson fanga olib kirgan. keyinchalik bu oqim b.Skinner va E.Torandayklar tomonidan rivojlantirilgan. dastlab bixeviorizm hayvonlar psixikasini ekspimental tadqiq etish negizida vujudga kelgan. keyinchalik bu tajribalar insonlarda sinab ko‘rila boshlangan. Bixeviorizm o‘ta amaliy yo‘nalishga ega bo‘lgan oqim bo‘lib, u inson psixikasining faqat tashqi tomondan ko‘rinishi mumkin bo‘lgan ya’ni nutq, hatti-harakat, xulq-atvor kabi holatlarini o‘rganadi. bixeviorizmda inson ongi tahlil qilinmaydi. Ong birlamchi emas. chunki ongni obyektiv o‘rganib bo‘lmaydi. Insonning hatti-harakati, tashqi ta’sirlarga beradigan reaksiyasi o‘rganiladi. Shu orqali shaxs tashqi muhitga moslashadi deb tushuntiriladi. Insonning ichki ruhiyati, emotsiyalari e’tiborga olinmaydi. E. Torandayk fikriga ko‘ra, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o‘tadi. bixevioristlar tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta’sirini inkor etadilar. Ularning fikriga ko‘ra inson tug‘ilishi bilan unda nafas olish, yutish, uxlash kabi reflekslar mavjud bo‘ladi. Insondagi qolgan barcha reflekslar, xulq-atvor va hatti-harakatlar atrofni kuzatish natijasida vujudga keladi. Natijada inson ongi ikkinchi darajali deb qaraladi. hatto shuning uchun ham bu oqimga psixolog N.N.Lange tomonidan “ruhsiz psixologiya” deb ta’rif berilgan. bixeviorizm oqimi juda ko‘p olimlar tomonidan tanqidga uchragan. hatto sobiq sovet tuzumi davrida butunlay qoralangan. Ammo bixeviorizmning vujudga kelishi psixologiya tarixida keskin burilish yasay oldi. chunki psixologiya endi faqatgina inson ongini o‘rganadigan fan emas balki, uning xulq-atvorini ham o‘rganishi mumkinligini isbotlab bera oldi. bixeviorizm yo‘nalishining o‘zi ham bir necha oqimlarga bo‘linib ketgan. hozir ham bu oqimni yoqlaydigam olimlar talaygina. Tanqidlarga qaramasdan bixeviorizm oqimi bir qancha yutuqlarga erisha oldi. bular: - Psixologiyani inson ongini o‘rganishdan uning xulq-atvorini o‘rganishga qarata oldi; - Psixologiyaga obyektiv kuzatish, tajribaviy eksprementlar o‘tkazish kabi metodlarni olib kirdi; - Psixologiyaga obyektiv qarashni o‘rgatdi; - Tashqi ta’sirlarni nazorat qilish orqali shaxs xulq-atvorini o‘zgartirish mumkin ekanligini isbotladi; - bixeviorizm antropolgiya, lingvistika, sotsiologiya, fiziologiya kabi fanlarning rivojlan- ishiga katta hissa qo‘shdi; - bixevionistlarning hayvonlar ustida o‘tkazgan tajribalaridan ruhlangan buyuk rus fiziologi I.P.Pavlov odamlarda shartli va shartsiz relekslar mavzusini o‘rgandi va hatto Nobel mukofoti lauriyatiga aylandi. 246 10 Jon Uotson va uning izdoshlari bixeviorizmni har qancha rivojlantirishga, psixologiyaga yangi yo‘nalish sifatida olib kirishga harakat qilmasin, ammo bu yo‘nalish talaygina kamchiliklarga ham ega edi: - Shaxsni o‘rganishda xulq-atvor birinchi darajali deb qaralgan. Shaxsning kuzatish mumkin bo‘lmagan psixik holatlari (his-tuyg‘ular, emotsiyalar va b.q) to‘liq rad etilgan; - hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar to‘g‘ridan to‘g‘ri insonlarga tadbiq etilgan; Umuman olib qaraganda har qancha tanqidlarga uchramasin bixevionistlar psixologiya tarixida tub burilish yasay oldi. Psixologiya faqat inson ongini emas balki, uning harakatlarini ham o‘rganishi kerakligini ko‘rsatib berdi. Empiristik psixologiyaning haqiqiy davomchilari bo‘la oldi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. haydarov f., Jo‘rayev N., Tojiyeva S. Psixologiya tarixi. T.: 2003. 43-44 b 2. Abdullayeva Sh., Sodiqova A. Yangi pedagogik texnologiyalar. T.: 2009. 47 b 3. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. T.: “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” davlat ilm- iy nashriyoti, 2 t. 2001. 64 b |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling