Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
ZOKIRJON XOLMUXAMMAD O‘G‘LI HABIBIYNI ESLAB
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
ZOKIRJON XOLMUXAMMAD O‘G‘LI HABIBIYNI ESLAB Turdiyeva Nargiza Andijon viloyati Marhamat tumani XTBga qarashli 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi аnnotatsiya: Maqolada Paxtaobod farzandi Xabibiyning hayoti va ijodi haqida bir qancha maʼlumotlar berilgan. bundan tashqari XX-asr boshlarida mulla Qori Zohiriy boshchiligidagi yosh shoirlar to‘garagi, unda faol ishtirok etgan Mahjuriy, Mushtoq, Аnisiy, Sayfiy kabi ijodkorlar haqida maʼlumot berilgan. Maqola hozirgi yosh avlodimizga o‘zbek adabiyotimizning yorqin vakili Xabibiy hakida qisqa va kerakli maʼlumotlarni bera oladi Kalit so‘zlar: Pandemiya, karantin, madrasa, аruz, janr, jilvagar. Mana, pandemiya sabab yurtimizda karantin e’lon qilinganiga ham 1 oy to‘ldi. Qadrdon maktab, o‘quvchi–bolajonlar sog‘inchi, ota-onamni, jigarlarimni eslab, radio qo‘ydim. Radioda shoir habibiy haqida suhbat bo‘layotgan edi. ha, shoir habibiy vafot etganiga 30 yil to‘libdi. Shunda o‘tgan yili shoirning tavallud kuni munosabati bilan Paxtaobod shahridagi tadbirga borganim yodimga tushdi. Paxtaobod istirohat bog‘ida habibiyning uy muzeyi bor. bu yerda har yili shoirning tavallud kuni bir qator shoir-yozuvchilar, o‘quvchilar, she’riyat ixlosmandlari bilan birgalikda nishonlanadi. O‘tgan yili bu tadbirda men ham ishtirok etgandim va u yerdan go‘zal taassurotlar bilan qaytgandim. O‘shanda shoir haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lar ekanman, o‘quvchilarga aytish uchun shoirning hayoti va ijodi to‘g‘risida yangidan-yangi ma’lumotlar olganimdan juda xursand bo‘lgan edim. Habibiy yoshligidan ilmga chanqoq bo‘lib, avval Andijon, so‘ngra Qo‘qon madrasalarida taqsil oladi. U o‘qish bilan birga ijod bilan ham shug‘ullanadi. U o‘zi tavallud topgan Qo‘qon qishlog‘ida shoir mulla Qori Zohiriy boshchiligidagi yosh shoirlar to‘garagida Mahjuriy, Mushtoq, Anisiy, Sayfiy kabi ijodkorlar bilan tanishadi. keyinchalik u tirikchilik g‘amida Andijonning bo‘taqora qishlog‘iga kelib qoladi. bu yerda istiqomat qiluvchi shoir Sayfiy bilan yaqindan do‘stlashadi. 1936 -yili shoir G‘afur G‘ulom bilan uchrashadi. 1938- yili Alisher Navoiyning 1941- yilda bo‘lishi mo‘ljallangan 500 yillik yubileyini o‘tkazish qo‘mitasi tuzilib, unga adabiyotshunos olimlar bilan birga eski madrasa ta’limotini olgan, arab, fors tillarini yaxshi bilgan shoirlar ham taklif etiladi. Ular qatorida Andijondan habibiy, Anisiy, Ulfat, Mahjuriy, Rishtondan boqiylar bor edi. Shu bahonada habibiy Toshkentga chaqiriladi va Hamid Olimjon, Oybek, Sadriddin Ayniy, Maqsud Shayxzoda, Hodi Zarif, Porso Shamsiyev kabi olim va shoirlar bilan tanishadi. Habibiy 3 yil davomida do‘stlari bilan birgalikda Navoiy asarlarini o‘rganadilar, nashrga tayyorlaydilar. Eng asosiysi shundaki, ular turli davrlarda, turli kotiblar tomonidan ko‘chirilgan Navoiy asarlari qo‘lyozmalarini o‘rganib, kotiblar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni to‘g‘rilab, Navoiy asarlarining mukammal matnini shakllantirdilar. Shoir Habibiyning qo‘mitada amalga oshirgan ishlaridan yana biri “Navoiy asarlarinig mukammal izohli lug‘ati”ni tuzishdagi ishtirokidir. Shohidlarning so‘zlariga qaraganda bu lug‘at ikki jildli bo‘lib, Navoiy asarlari uchun yaratilgan lug‘atlarning eng mukammali bo‘lgan. Ming afsuslar bo‘lsinki, bu lug‘at noma’lum sabablarga ko‘ra nashr etilmagan va yo‘qolgan. Shoirning Toshkentga kelib yashashi uning ijodida katta ahamiyat kasb etadi. bu yillarda habibiy ijodining mavzulari ancha kengaydi, turli janrlarda ijod qila boshladi. U 1939 yili Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul etiladi. Ulug‘ Vatan urushi yillarida shoir yana ham jo‘shqinlik bilan ijod qila boshlagan. Uning bu davrdagi g‘azallari orasida “Jangchi yigit qo‘shig‘i”, “Boladan ota-onaga xat”, “Onadan bolaga xat” kabi g‘azallari, ayniqsa, ta’sirli edi. Shuningdek, habibiyning “ko‘ngil taronalari” (1957), “Tanlangan asarlar”(1967), ”Devon”(1971) kabi she’riy to‘plamlari ham xalq e’tiboriga sazovor bo‘lgan. Shoir Habibiy 1974-yilda 85 yoshga to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri unvonini olishga muvaffaq bo‘lgan. 1980-yilda esa Xalqlar do‘stligi ordeni bilan mukofotlandi. 235 10 Zokirjon Xolmuxammad o‘gli Habibiy o‘zbek she’riyatining g‘azal va qo‘shiqchilik bobida o‘ziga xos maktab yaratib, a’ruz vaznidan muvaffaqiyatli foydalangan katta iste’dod egasidir. Shoir 1980-yili 90 yoshida vafot etgan. Shoirning 13 ta she’riy kitoblari nashr etilgan bo‘lib, undagi ko‘plab g‘azallar hofizlar tomonidan ijro etilgan va hozirgacha sevib tinglanadi. Biz haligacha sevib tinglaydigan uning ko‘plab g‘azallari hozirgacha radio va televideniye orqali yangrab kelmoqda: El og‘zida shirin afsona erdi Tohir-u Zuhro Muhabbat birla chirmashgan haqiqiy oshiqi shaydo. Zamona zulm ila otdi azim daryoga Tohirni ba lekin qa’riga tortmay ko‘tardi boshiga daryo. Bu kun maydonda shon-u shavkat ila jilvagar bo‘ldi, Chin oshiqlikni ta’lim aylab elga bu ikki barno… habibiy muzeyida o‘tkazilgan tantana ajoyib bo‘lgan edi o‘shanda. Tashrif buyurganlar habibiy ijodi to‘g‘risida to‘lqinlanib so‘zlashgan edi. Ayniqsa, Toshkentdan habibiyning kichik qizlari bilan bir guruh yaqinlarining tashrifi tantanaga shukuh bag‘ishlagan edi. O‘shanda Namanganning Chustidan kelgan shoir Chustiy domlaning nabirasi Mansurxon Inomxonov habibiy domlani chustiy bilan do‘stligi to‘g‘risida to‘lqinlanib so‘zladi. chustdan ijodkor Nurilloxon ham kelgan edi o‘shanda. Ularning habibiy haqidagi iliq fikrlarini eshitib, o‘sha yerdagi har bir insonning qalbi faxr va iftixor tuyg‘usi bilan to‘lgandek edi, go‘yo. ha, bu insonlar yurtning faxri. Yurtning faxri bo‘lish esa hammaga ham nasib qilavermaydi. Buning uchun esa Alloh bergan chin iste’dod va tinimsiz mehnat darkor… Radioda shoir Habibiy qalamiga mansub g‘azal ijrosida mahzun qo‘shiq yangrardi, buni tinglar ekanman qalbimda ajib bir tuyg‘ular jo‘sh urar, yurtimizning porloq kelajagiga bo‘lgan ishonchim, umidim ortib borar edi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Habibiy – Devon (1980) 2. I.Madgoziyev – Nuktadon shoir (2018) 3. O.Nosirov – O‘zbek adabiyotida g‘azal. T. (1973) 4. U.Otajonov – Ustozlar xotirasi T. (1998) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling