Pedagogika va psixologa


R.B.Kettellning «Shaxsning 16 omil yordamida oʼrganish soʼrovnomasi»


Download 101.14 Kb.
bet6/12
Sana05.05.2023
Hajmi101.14 Kb.
#1431165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Muhayyo Mamatqulova 523-21

R.B.Kettellning «Shaxsning 16 omil yordamida oʼrganish soʼrovnomasi»
Yoʼriqnoma: Qoʼlingizda sizning qarash va qiziqishlaringizni aniqlovchi savollar turibdi. Har bir savolga javob bera turib, javoblar blankasining mos keluvchi katakchasiga boʼlishi mumkin boʼlgan 3ta javobdan: “a” (ha), “?” (bilmayman), “b” (yoʼq) birini koʼrsating. Javob uchun vaqt sarflamang, miyangizga kelgan birinchi tabiiy javobni bering.
Haqqoniy va aniq javob bering. Bunda “toʼgʼri” yoki “notoʼgʼri” javoblar yoʼqligini, har bir odam oʼzining shaxsiy fikriga ega ekanligini esda tuting.
1. Siz boshqalarning talablari va muhitiga yengil moslasha olasizmi?
2. Sizda uyqu holatida gaplashish hollari uchrab turadimi?
3. Siz oʼzingizni baʼzi bir munosabatlarda boshqa kishilardan ustunman, deb oʼylaysizmi?
4. Siz odamlardagi nimani koʼproq qadrlaysiz:
a) kuchli irodanimi?
b) hayotiy yorqin xayolnimi?
5. Majlislarda siz:
a) bajonidil soʼzga chiqasizmi?
b) indamasdan oʼtirasizmi?
6. Siz oʼzlarini doimo boshqalardan ustun tutuvchi maqtanchoqlar bilan totuv yashay olasizmi?
7. Muvaffaqiyatsizlar sizda:
a) ishga boʼlgan hoxishingizni soʼndiradimi?
b) yangi kuchni qoʼzgʼatadimi?
8. Odatda siz masalani oson hal qilish uchun:
a) oʼzingiz uni chuqurroq oʼrganasizmi?
b) boshqalar bilan muhokama qilasizmi?
9. Siz hamma ishni shoshmasdan bajarishni afzal koʼrasizmi?
10. Sizda yurakka yaqin olmasa ham boʼladigan “ikir-chikir” lar asabingizni boʼzadigan hollri boʼladimi?
11. Odamlar orasida koʼp va tez-tez boʼlib turishni yoqtirasizmi?

12. Sizni koʼproq:


a) atrofingizdagilarning ixtiyorsiz, yoqimsiz harakatlari, qattiq yoʼtallari gʼazablantiradimi?
b) xatti-harakatlar meʼyorlarining boʼzilishi gʼazablantiradimi?
13. Аgar biron bir bahsda hamma sizga qarshi boʼlsa, odatda siz ularga yon berasizmi?
14. Siz oʼzingizni xulq-atvoringizda haqqoniylik va axloq qoidariga amal qilasizmi?
15. Sizda yangi tassurotlarga, nomaʼlum narsalarni aniqlashga hoxish tez-tez vujudga keladimi?
16. Koʼpchilik odamlar oʼz qiziqishlarini odatda boshqalar uchun istamasdan qurbon qiladilar, deb hisoblaysizmi?
17. Siz oʼzingizni hayot va uning talablariga yaxshi moslashganman.yu deb oʼylaysizmi?
18. Siz qanday ish bilan shugʼullanishni afzal koʼrasiz:
a) juda qiziq,
b) unchalik qiziq emas, ammo biron bir ijtimoiy mavqega olib keladigan.
19. Sizda isrofgarchilik keskin salbiy munosabatni qoʼzgʼatadimi?
20. Siz oʼzingizga gʼazablangan holatingizda boshqalar uchun yoqmaydigan tanbeh berishga qodirmisiz?
21. Siz tez-tez atrofdagilardan yuz oʼgirib, parishon boʼlib turasizmi?
22. Siz yotish oldidan achchiq choy yoki ichgan paytlaringizda ham yaxshi uxlay olasizmi?
23. Аyrim vaqtda, agar muvaffaqiyat qozonish uchun imkoniyat kam boʼlsa, tavakkal qilish mumkin, deb oʼylaysizmi?
24. Аgar siz tanish bolalar bir-biri bilan oʼyinchoq talashayotganini koʼrib qolsangiz:
a) janjallashishlariga foʼyib berasizmi?
b) bahsni hal qilish uchun aralashasizmi?
25. Siz oʼzingizni yuqori martabali yoki nimasi bilandir sizdan ustun turuvchi shaxs oldida uyalgandek his qilasizmi?
26. Аgar odamlar hech bir sababsiz orqangizdan gʼiybat qilishsa, siz bundan qaygʼurasizmi?
27. Аgar zarur boʼlib qolsa, hayotiy qiyinchiliklarga qarshi chiqa olaman, deb hisoblaysizmi?
28. Аgar sizga notanish shaharga borish toʼgʼri kelib qolsa:
a) ekskurtsiyachi xizmatidan foydalanishni afzal koʼrasizmi?
b) mustaqil tanishishni afzal koʼrasizmi?
29. Sizni odamlardan tez jahlingiz chiqadimi?
30. Baʼzi paytlarda oʼz-oʼzingizga achinasizmi?
31. Аgar siz kim bilandir tanishishni istasangiz. U bilan yaqinlashishga birinchi boʼlib qadam qoʼyasizmi?
32. Siz tez-tez kasallikka chalinasizmi?
33. Siz yarim tunda qabristonda hech bir yoqimsiz hissiz yura olaman, deb sof vijdon bilan ayta olasizmi?
34. Odatda siz ishni boshlay turib:
a) agar agar qiyinchiliklarga duch kelsam, ularni yenga olaman, deb hisoblaysizmi?
b) unga kirishishdan avval, uning yechimini oldindan koʼra olasizmi?
35. Аgar toʼsatdan davradagi kishilarning diqqat markazida boʼlib qolsangiz, hijolat boʼlasizmi?
36. Sizda boʼyruq berishni yaxshi koʼruvchi va sizdan foydalanishni istovchi kishilarga qarshi turish istagi vujudga keladimi?
37. Sizda sababsiz tashlanishga hohish(mayl) bormi?
38. Siz rejalar tuzishda nimani afzal koʼrasiz:
a) oʼzingiz tuzishnimi?
b) boshqalar bilan mashatib tuzishnimi?
39. Siz odatda his-tuygʼularingizni yashirishni uddasidan chiqasizmi?
40. Siznig gʼashingizga mayda qiyinchiliklar keragidan koʼproq taʼsir etadimi?
41. Sizni gazetadagi qaysi sarlovha qiziqtiradi:
a) xalqaro hamjihatliknig yangi yullarimi?
b) fizika sohasidagi yangi, yirik kashfiyotmi?
42. Odatda, sizda hammadan koʼproq talab qilinganda, quvvatingiz yetarlicha boʼladimi?

43. Аgar siz suhbat paytida biron kishining oʼz mulohazasini aytishga uyalayotganini koʼrsangiz:


a) uni oʼz mulohazasini aytishga undaysizmi?
b) fursatdan foydalanib, oʼz soʼzingizni aytasizmi?
44. Siz shugʼullanayotgan narsangizga diqqatingizni oson jalb qila olasizmi?
45. Аgar siz yoqtiradgan boshqa jinsga mansub shaxs bilan yuzma-yuz gaplashmoqchi boʼlsangiz, odatda sizning jurʼatsizligingiz xalaqit bermaydimi?
46. Sizga haddan tashqari iltifot koʼrsatadigan kishilarga nisbatan ishonchsizlik bilan qaraysizmi?
47. Sizga koʼpincha, hayotda siz hech narsaga erisha olmaydigan va hech narsaga arzimaydigan kishi boʼlib tuyuladimi?
48. Аgar biron narsani aniqlamoqchi boʼlsangiz:
a) buni boshqalardan soʼrab amalga oshirishni afzal koʼrasizmi?
b) shu sohadagi maxsus adabiyotlarni oʼqish orqali oʼrganishni afzal koʼrasizmi?
49. Qiyin vaziyatlarda siz parishonlikka va haddan tashqari taʼsirchanlikka moyilmisiz?
50. Аgar sizni biron narsa muvozanatdan chiqarsa, oʼzingizni avvalgi holotingizga tezda qaytasizmi?
51. Siz boʼsh vaqtingizni qanday oʼtkazasiz?
a) munozarali tugarakka oʼatnashish bilanmi?
b) havaskorlik fototoʼgaragida oʼtkazishni afzal koʼrasizmi?
52. Sizni koʼproq:
a) suhbat davomida ayni bir mavzuga bir necha marta qaytadigan kishilar gʼashingizga tegadimi?
b) ichib olib atrofdagilarni ranjitadigan kishilar gʼashingizga tegadimi?
53. Kishilar bilan munosabatingizda sizni:
a) Hissiyotga beriluchan(emotsional) kishi, deb hisoblaysizmi?
b) hushyor, amaliy kishi, deb oʼylaysizmi?
54. Uzoq vaqt davom etadigan ishga kirganingizda:
a) siz kerak boʼlganida dam olishingiz, boʼshashingiz mumkinmi?
b) bu ish tugamaguncha sizga boʼshashish qiyinmi?
55. Sizga koʼpchilik orasida, katta oʼabul va raqs kechalarida boʼlish yoqadimi?
56. Siz oʼz raqibingiz ga nisbatan nafrat, hissisiz, u bilan kurasha olasizmi?
57. Hazil obʼektiga aylanib qolsangiz siz oʼzingizni yuqotasizmi?
58. Ommaviy sportning maqsadi:
a) jamoani tarbiyalash;
b) irodaviy va jismoniy sifatlarni rivojlantirish, deb oʼylaysizmi?
59. Siz biror ish davomida kuchli asab zoʼriqishi natijasida boshqaoarga nisbatan koʼproq kuch sarflayman, deb oʼylaysizmi?
60. Oxirgi vaqtda sizga avvalgiga nisbatan koʼproq qiyinchiliklar qayd qilingan, deb hisoblaysizmi?
61. Аgar quyidagi ikki kasb bir darajada faxrli boʼlsa va ularga bir xil darajada haq tulansa, siz qaysi kasbda ishlashni afzal koʼrardingiz:
a) ofitsiant;
b) durodgor.
62. Siz vahimali va qoʼrqinch his qiladigan hayvon bormi?
63. Siz oʼzingizni yon berishlarga kam maylli, boshqalar nima deyishidan qatʼiy nazar, oʼz fikrida turuvchi, deb hisoblaysizmi?
64. Аgar doʼstlaringiz qandaydirbir yangi ishni boshlashsa, siz bunga:
a) Maʼlum ehtiyotkorlik bilan qaraysiz?
b) ularning tashabbusini qoʼllab quvvatlaysizmi?
65. Siz qiyinchilikda va koʼngilsizlikda hamma narsa oʼz-oʼzidan qilinadi va oʼz holiga keladi, deb hisoblaysizmi?
66. Siz oʼzingizni har doim xushmuomala va kamtar tutishga harakat qilasiz va buni boshqalardan ham talab qilasizmi?
67. Аgar siz odamlarda oʼzingizga nisbatan maʼlum eʼtiborni sezmasangiz:
a) bunga ahamiyat sezmaysizmi?
b) siqilib, oʼz kuchingizga ishonchni yuqotasizmi?
68. Jamoat ishlariga faol ishtirok etasizmi?

69. Аgar siz biron bir masala boʼyicha soʼzga chiqmoqchi boʼlsangiz:


a) sodda, erkin gapirasizmi?
b) oʼz fikringizni aniq va ravshan ifoda etishga harakat qilasizmi?
70. Аgar davomli nutqni eshitib oʼtirishga toʼgʼri kelsa, siz oʼz holatingizni tez-tez oʼzgartirishga majbur boʼlasizmi?
71. Siz hazillanishni va oʼrtoqlaringizga qiziq narsalar aytib berishni yoqtirasizmi?
72. Kuchli kechinmalar haddan tashqari holdan toydirishi tufayli, ulardan oʼzingizni chetga olishingiz kerak, deb hisoblaysizmi?
73. Siz tez-tez oʼzingizga boshqalardan qobiliyatliroq boʼlib tuyuladimi?
74. Koʼpchilik kishilar hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun sabot bilan harakat qilsalar, bunga erishadilar, deb oʼylaysizmi?
75. Siz oʼzingizni odamshavanda va sergap, deb hisoblaysizmi?
76. Аgarda siz biron kishilarni nohaq va oʼz manfaatini koʼzlab harakat qilayotganiga ishonch hosil qilsangiz, unga qarshi chiqish sizga qimmatga tushsa ham, qarshilik koʼrsatishga intilasizmi?
77. Yomon kayfiyat hech kimni va hech kim bilan gaplashishn xoh davralar sizni:
a) tez-tez boʼlib turadimi?
b) juda ham kam boʼladimi?
78. Аgar siz biror topshiriqni amalga oshirishingiz kerak boʼlsa:
a) qobiliyatli va mustaqil xodimlar jamoasida ishlashni lozim toparmidingiz?
b) bir yoki ikki yordamchi bilan chegaralanib, hamma narsani oʼz qoʼlingizga olarmidingiz?
79.Faoliyat xarakteri tez-tez oʼzgarib turadigan ish sizga yoqadimi?
80. Аgar siz qiyin vazifalarni amalga oshirishingiz lozim boʼlsa, u haqdagi fikr sizni qiynaydimi?
81. Poezdda va boshqa jamoat joylarida notanish kishilar bilan uchrashib qolsangiz, ulagning kim ekanliklari, nima bilan shugʼullanishlarini bilishni istaysizmi?
82. Baʼzi paytlarda odamlar sizga keragidan kam xushmuomala va doʼstona munosabatda boʼlayotgandek tuyuladi?
83. Boshliqlar oldida maʼlum bir bezovtalikni his qilasizmi?
84. Siz oʼta sinchkovlikka unchalik yoʼq, begʼam odam boʼlib hisoblanasizmi?
85. Аtrofingizdagi odamlar bilan munosabitingizda:
a) oʼz his-tuygʼularingizni yengil ochib tashlaysizmi?
b) ularni oʼzingizda yashirib qoldirasizmi?
86. Davrimizning koʼpgina baxtsizliklari quyidagilar bilan bogʼliq, deb hisoblaysizmi?
87. Odatda uyquga ketishdan oldin oʼrinda uzoq yotasizmi?
88. Siz qanday rahbarga ega boʼlishni xohlardingiz?
a) siz xohlagandek ishlashga ruhsat beradigan;
b) sizga doim maslahat va koʼrsatmalar berib turadigan.
89. Siz odatda munozarada gapirishingizga ishonch hosil qilgandagina soʼz olasizmi?
90. Uzoq vaqt mobaynida vaqt olishga ehtiyoj sezmasdan aqliy va jismoniy ishni bajara olasizmi?
91. Kechani qanday oʼtkazishni afzal koʼrasiz?
a) sevikli mashgʼulot bilanmi?
b) davralarga oʼtkazishni afzal koʼrasizmi?
92. Har birimizda kamchiliklar juda koʼp boʼlganligi sababli, biz oʼzaro bir-birimizga shafqat bilan qarashimiz kerak, deb hisoblaysizmi?
93. Аtrofdagilar qachonlardir sizni magʼrur, oʼziga ishrngan va faqat oʼzi bilan mashgʼul, deb hisoblashganmi?
94. Siz koʼp sonli tinglovchilar oldida soʼzga chiqishga qiynalasizmi?
95. Аgar muhim maqsadlarga erishish yoʼlida katta toʼsiqlarga duch kelsangiz:
a) qiyinchiliklarga qaramay oʼz niyatingizga qolasizmi?
b) sharoitga koʼnikib, oʼzingiz uchun boshqa maqsadlar qidirasizmi?
96. Sizni oson tushunish mumkin va tushunadilar, deb oʼylaysizmi?
97. Boʼsh vaqtingizda gʼam-tashvishlardan uzoqlashib dam olishga osonlik bilan erisha olasizmi?
98. Boʼsh vaqtingizda nima bilan shugʼullanishni afzal koʼrasiz?
a) havaskorlik orkestriga va valeybol;
b) marka toʼplash va yelkanli sport.
99. Har bir narsaning boshlanishini oldindan puxta rejalashtirishga katta ahamiyat berasizmi?
100. Аgar majburan bekorchilik holatida boʼlsangiz, odatda qogʼoz boʼlagiga nimalarnidir chizib aylantira boshlaysizmi?

Tadqiqotimizning keyingi bosqichida biz Kettelning 100 ta tasdiqdan iborat boʼlgan soʼrovnomasidan foydalandik. Tajriba uchun 17-25 yoshgacha boʼlgan sinaluvchilar tanlandi. Soʼrovnomada 3 ta javob punkti mavjud boʼlib, “ha” javobiga 1 ball, “yoʼq”- 0 ball, bilmadim maʼnosini anglatuvchi “?” javobi uchun 0,5 ball koʼrinishida baholandi. Oxirida ishlab chiqilgan yigʼindi boʼyicha umumiy toʼplangan ballar quyidagicha baholanadi:


1) 1 dan 3 gacha toʼplangan ball past koʼrsatkich;
2) 4 dan 7 gacha oʼrta koʼrsatkich;
3) 8-10 ball yuqori koʼrsatkich hisoblanadi.
Soʼrovnoma quyidagi shkalalardan iborat:
1) muloqotga moyillik;
2) hissiy barqarorlik-beqarorlik;
3) hukmronlikka intilish-tobeʼlik;
4) ijtimoiy yetuklik-onglilik;
5) ijtimoiy mardlik (dadillik-tortinchoqlik);
6) ishonuvchanlik-shubhalanish;
7)oʼziga ishonch-ishonmaslik;
8) mustaqillik-tobeʼlik;
9) oʼzini nazorat qilish;
10) qoʼzgʼaluvchanlik, zoʼriqish-boʼshashish.


Download 101.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling