Pedagogika va psixologa


Yetuklik davridagi nazariy jihatlarni o`rganish


Download 101.14 Kb.
bet5/12
Sana05.05.2023
Hajmi101.14 Kb.
#1431165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Muhayyo Mamatqulova 523-21

Yetuklik davridagi nazariy jihatlarni o`rganish.


Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga 3 ta muhim psixologik mexanizm; mehnat jamoasi, oila mikro muhiti va norasmiy ulfatlar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, mexnat jamoasidagi psixologik iqlim, ma’naviyat olami, berqarorlik, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an’analar va odatlar yangi a’zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishni vujudga keltirish mumkin. Mazkur ta’sir natijasida asta-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqtai-nazar yo‘qolishi mumkin. Mexnat jamoasiga yangi quyilgan a’zo unda o‘z o‘rni va qadr-qimmatini qaror toptirish uchun bir qator yon berishga, o‘z maslagidan sal bo‘lsada chetlashishga majbur bo‘ladi. Bu yo‘l jamoasidagi psixologik iqlimga moslashish maqsadida ichki ruxiy ziddiyatlarga, murakab kechinmalarga, unsiz tug‘yonga qarshi qo‘yilgan qadam xisoblanadi. Shuning uchun yakka shaxs xarakterini shakllantiruvchi yoki uning mustaqil ichki rishtalarini emiruvchi omil mexnat jamoasidagi ijtimoiy fikrdir. Jamoaga bo‘ysunish xar bir a’zoning burchidir. Ayrim xollarda ko‘pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipiallik, adolatlilik singari xislar, shaxsiy nuqtai-nazar bo‘shashib qoladi., natijada unda ikkilanish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Yoshlik gashtini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva-buvisiga, opa-singillariga, aka-ukalariga, turmush o‘rtog‘iga farzandlariga oqilona munosabatda, oila a’zolarining har biri bilan to‘g‘ri muloqotda bo‘lishi, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilish shart. Oiladagi shaxslararo munosabatlar ko‘lami kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanishi shart. Lekin oila tinchligi, totuvligi va axilligiga xalal bermaslik niyatida Yosh yigit va qizlar vijdon amriga qarshi xatti-xarakat qilishga ham majbur bo‘ladilar. O‘z maslaklari, fikrlari, shaxsiy qarashlariga xilof yo‘l tutadilar. Dilkashlik uchun har bir oila a’zosi bilan umumiy «til» topishga intiladilar. SHunga ko‘ra oila muhiti ham yigit qizlarning ruxiyati hamda ma’naviyatini o‘zgartiradigan omil vazifasini o‘taydi.
Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istagi, maqsadi, qarashalri, yoshi va xulqi bir-biriga mos tengdoshlardan iboratdir. Ko‘ngilchanlik, do‘stlar ra’yiga qarshi bormaslik tufayli yoshlar xarakterida xislar, barqaror e’tiqod, ilmiy dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg‘ulari namayon bo‘ladi, ya’ni «Do‘sting uchun zaxar yut» qabilida ish tutiladi. Natijada maxsuliyatsizlik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, ulfatlar davrasida yangi fazilatlarni ishbilarmonlikni, amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyati ham yuzaga keladi.
Shu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqtai-nazaridan yondoshmay, uning mazkur imkoniyatlaridan foydalnish ayni muddaodir.
Yoshlik davri insonning kuch-quvvatga orzu havasga, ijodiy rejalariga, izlash va izlanishlariga, imkoniyatlarga boy davridir. Kelajak taqdiri, mo‘lko‘lchilik, farovonlik, madaniyat yoshlarga bog‘liq, shuning uchun ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyixalari, shakllanayotgan ma’naviy va ruxiy olami xech kimni befarq qoldirmasligi kerak.
Kamol topishning bu bosqichiga 28-35 yoshlardagi erkak va ayollar kiradilar. Yetuklik davrida odam o‘zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila oladi. Erkak va ayollarning bu davrda mehnat va ijtimoiy faoliyatida muayyan tajribaga egaligi ularni istiqbol sari etaklaydi. Yetuk shaxsning boshqalarga munosabati, ularni baholashi, dinamik stereotipda sezilarli o‘zgarishni yuzaga keltiradi. U endi faqat o‘zining xatti-xarakati uchun emas, balki boshqa odamlarning qilmishlari, uchun ham javobgarligini anglay boshlaydi, ayniqsa, hayot tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlarning o‘z farzandlarining xulq-atvori, yurish-turishi uchun ham kuydiradi, ularga imkoniyat boricha yordam berishga intiladi.
Yetuklik, kattalik, donishmandlik, rahnamolik, g‘amxo‘rlik, xomiylik davridir. Boshqa Yosh davrlaridagi kabi mazkur davrda ham muayyan darajada inqiroz bo‘ladi. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, qaysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli, ko‘ngilsizliklar vujudga kelganini anglay boshlayli. O‘ziga o‘zi xisob berish shu davrning muhim psixolgik xususiyatidir. Organizmdagi ayrim o‘zgarishlar, umrning tez o‘tishi, kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. U bundan keyingi hayotning har bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim orzu istaklarini amalga oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlari etishmasligini anglash uning psixikasida «turg‘unlik» tuyg‘usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33-35 yoshlarda mnemologik-attension majmua tubdan qayta qurilishidir. Yaxlit mnemologik markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur) qismlariga ajralishi ro‘y beradi. Attensional xolatning omilari saqlanib qoladi, lekin katta yoshdagi inson intellektida xotira va taffakur muhim o‘rin tutadi. Biroq o‘zgarishlar uning ruhiy dunyosida, kechinmalarida, his-tuyg‘ularida chuqur iz qoldirmaydi, etuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo‘lgan tasavvur obrazlari (yoshlik tuyg‘usi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qoladi. Etuklik bosqichida jismoniy va aqliy imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Bu xol butun kuch-quvvat, aqliy, zo‘riqish, iroda kuchi, asab taranglashuvi xisobiga emas, balki muayyan ko‘nikma, malaka va mahorat asosida ro‘y beradi.
Yetuklikning turli davrlarida kamol topish jabhalarining o‘zaro munosabatini tadqiq qilgan B.G. Anan’ev labaratoriyasida xodimlari 29-32 yoshlarda funksional darajaning oshishi 46,2 barqarorlashuvi 15,8 funksional darajaning pasayishi 38,,0, 33-35 yoshlarda 11,2, 33,3%, 55,5% tashkil qilishni aniqlashgan
YU.N.Kulyutkin tadqiqotining natijasiga qaraganda, 30-35 yoshlarda diqqat 102,8, xotira 99,5, tafakkur 102,3 birlikka barovardir. Yetuklik davri faoliyatining maxsuldorligini o‘rgangan G.Leman uning cho‘qqisi kimyogarlarda 30 yosh, matematiklarda 30-34, geologlarda 30-35 Yosh ekanligini va o‘rtacha maxsuldorlik cho‘qqisi 37 yoshda bo‘lishni qayd qilgan. Psixofiziolog S.V.Kravchkov ko‘zning farqlash sezgirligi yoshga qarab o‘zgarishini 4 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan odamlarda tekshirib, sezgirlikning ortishi 25 yoshgacha, sezgirlikning barqarorlagshuvi 25-50 yoshgacha davom etishi mumkinlini aniqlagan.
Z.F.Esarova oliy maktab o‘qituvchilari aqliy faoliyatining maxsuldorligi muammosini tadqiq qilib, kandidantlik dissertatsiyasini yoqlashni matematiklar-26, psixologlar-32, filologlar-34, tarixchilar-31, fiziklar-30, biologlar-32 yoshida amalga oshirish mumkinligini aniqlagan.


2 Bob. Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijtimoiy shart sharoitlari.

Yetuklik davridagi inqirozlar.


G‘arb psixologiyasida yetuklik davridagi inqirozlarni o‘rganish bu yosh davridagi rivojlanishni tahlil qilishning asosiy yondashuvlaridan biridir72. Ko‘proq shaxsiy o‘sishlar ro‘y beradigan yosh davrlarini ajratish mumkin: 20 yoshlar atrofida, 30 yoshlar atrofida (28-34), 40- 45, 55-60 yoshlarda va nihoyat keksalik davrida. Yetuklik davrida inqirozlamirig kechishi, davomiyligi shaxsiy hayotdagi sharoitlarga bog‘Iiqdir. Bu yosh davrida rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi o‘sishga va o‘z-o‘zini takomillashtirishga ichki intilish hisoblanadi. Inqirozni keskinlashtiradigan sharoitlar sirasiga sog‘Iiqning to‘satdan o‘zgarishi (kutilmagan kasallik, uzoq kasallanish, garmonal o‘zgarishlar), ijtimoiy va siyosiy hodisalar, talablaming, sharoitning va ijtimoiy kutilmalaming o‘zgarishi v. b.) kirishi mumkin. Kritik davming kechishi turii shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu davrning “inqiroziiligi” haqidagi tasavvurga barcha tadqiqotchilar ham qo‘shilmaydilar. Inson hayotining “ikkinchi yarmiga” K.Yung ham juda qiziqqan. Hayotning o‘rtasini u “ruhning chuqur va qiziqarli o‘zgarishlari” ro‘y beradigan kritik davr sifatida qaragan73. Yetuklik davrida inson ichki o‘z-o‘zini anglashi, K. Yungning ta’biri bilan aytganda “individualizatsiyani” amalga oshirishi zarur. Hayotining ikkinchi yarmida inson shaxs turii elementlarining muvozanati va integratsiyasi yordamida o‘z shaxsining yuksak rivojlanishiga erishishi mumkin. K. Yungning fikricha, shaxsining yuksak darajasiga hamma ham erishmaydi.
D. Levinsonning kattalar hayotini o‘rganishga bag‘ishlangantadqiqotlari qiziqish uyg‘otadi. U 35-45 yoshdagi 40 nafar amerikalik erkaklami o‘rgangan, ulamingg har biri bilan 15 soatlik biografik interv’yu o‘tkazgan hamda mashhur shaxslaming biografiyalarini o‘rgangan. Natijada erkaklaming hayot siklida har bir 20 yil davom etadigan uch asosiy eralami aniqlagan. Har bir era davomida individuum hayot strukturasini qayta quradi. Levinson quyidagi o‘tish davrlarini ajratgan: - Ilk yetuklik -17-22 yosh; - 30 yoshlarga o‘tish - 28-33 yosh; - 0 ‘rta yetuklik - 40-45 yosh; - 50 yoshlarga o‘tish - 50-55 yosh; - kechki yetuklikka o‘tish - 60-65 yosh. - Yetekulik davriga kirishning boshlanishi - 17-33 yoshlarga to'g^i keladi. To‘liq yetuk bo‘lish uchun yosh erkak rivojlanish jarayonida vujudga keladigan 4 vazifani uddalashi kerak:
1) Orzuga erishish va reallik haqida o‘ylab ko‘rish: asossiz fantaziyalar va umuman erishib bo‘lmaydigan maqsadlar, shuningdek, orzuning umuman yo‘qligi o‘sishga imkon bermaydi;
2) Ota-ona bola munosabatlaridan yetuk tengdoshlar dunyosi munosabatiga o'tishni amaiga oshirish uchun ustoz topish;
3) 0 ‘zining karyerasini qurish;
4) “0 ‘ziga xos ayol” bilan intim aloqalarni o‘matish, bu ayol unga kattalar dunyosiga kirishga yordamlashadi, uning umidlarini oqlaydi, uning bog‘liq xulq-atvori va boshqa kamchiliklariga chidaydi, orzulari amaiga oshishida uni qahramon deb qabul qiladi.
Levinsonning fikricha, o‘tish davrlarida inson stresslarni boshdan kechiradi, chunki bu davrda maqsadlar, qadriyatlar, hayot tarzi qayta quriladi va qayta baholanadi. Amerikalik olima G. Shixi, Levinsonning tadqiotlaridan ilhomlanib, shunday izlanishlarni ayollarda o‘tkazadi 74 . Uning tadqiqotlari ham Levinson natijalarini tasdiqladi. Dastlabki inqiroz ilk yetuklikka o‘tishda, 20-22 yoshda namoyon bo‘lib, “ota-ona ildizlaridan bo‘linish” inqirozi deb ataladi. Yoshlikning asosiy vazifalari va muammolari: hayotiy rejalarni aniqlashtirish va ulami aimalga oshirishga kirishish; o‘zligini topish individuallikni ishlab chiqish; o‘zining huquq va majbiriyatlarini bilgan yetuk inson deb anglash; turmush o‘rtoq tanlash va o‘z oilasini qurish; kasbiy faoliyatda ixtisoslashish va mahoratni egallash. 30 yoshlar - o‘rta yetuklik, “oltin yoshga” o‘tish yuqori darajada ishchaniik davri. 30 yosh inqirozi to‘plangan tajriba' asosida hayotiy rejalami korreksiya qilish vazifalari bilan bog‘liq, kasbiy faoliyat va oilada tartibli va oqilona hayot strukturasini yaratish bilan bog‘liqdir. Yoqimsiz hislarni bartaraf etishga intilgan inson ilgarigi tanlovlari - turmush o‘rtoq, kaiyera, hayotiy maqsadlarini qayta baholaydi. Ko‘pincha hayot tarzini tubdan o‘zgartirish kuzatiladi; erta qurilgan oilaning buzilishi; kasbiy qayta yo‘llash. 30 yoshdan keyin - “ildizlar va kengayish” - moddiy va yashash muammolarini hal qilish bilan bog`liq, xizmat pog‘onasida ko‘tarilish, ijtimoiy aloqalarning kengayishi, o‘z kelib chiqishini tahlil qilish, ilgari rad etilgan ocz Menini asta-sekin qabul qilish. 40 yosh inqirozi - hayot o‘rtasining inqirozi bo‘lib, 'keng tarqalgandir. Bu yosh davridagi inqirozning dastlabki belgilari ichki dunyoning o‘zgarishi — ilgari muhim, qiziqarli deb hisoblangan narsalarga befarq munosabat namoyon bo‘ladi. Identiklik inqirozi - o‘ziga o‘xshamaslik, boshqacha bo‘lib qolganini his qilishda ko‘rinadi. Inqiroz jismoniy kuchlari va yoqimtoyligining kamayayotganmi his qilish bilan bog‘liqdir. Hayotiy kuchlarining kamayayotganligini anglash - o‘z-o‘zini baholashga va Men konsepsiyasiga qattiq ta’sir qiladi. Ayniqsa bu yoshdagi inqiroz ijod bilan shug‘ullanuvchi kasb egalarida qiyin kechadi. 40 yosh inqirozi xavfli va katta imkoniyatlar davri sifatida anglanadi. Yoshligi tugaganini anglash, jismoniy quwatining kamayganligi, rollar va kutilmalaming o4zgarishi, xavotirlanish, chuqur o‘z-o‘zini tahlil qilish, kayfiyatning keskin tushishi bilan kechadi. Hayotini to‘g‘ri yashaganiga shubhalanish Ъи yosh davridagi yetakchi muammodir. Bundan tashqari G. Spixi ayottardagi yosh inqirozlarining erkaklardan farqlarini ko‘rsatib bergan. Ayollaming hayot yo‘li bosqichlari ko‘proq oilaviy sikl hodisalari bilan bog‘liq: turmush qurish, farzandlar tug‘ilishi, bolalarning ulg‘ayishi, “bo‘sh uya”(ulg‘aygan bolalar ota-ona uyini tark etishi).
Eriksonning ta’kidlashicha, o‘rta yetukiik davrida avlodini saqlash hissi kuchayadi, kelgusi avlod va uning tarbiyasiga qiziqish ortadi. Hayotning bu davri turli sohalarda yaratuvchanlik va mahsuldorlik bilan ajralib turadi. R. Рек Eriksonning g‘oyalarini davom ettirib, bu yosh davrida 4 inqirozning kuzatilishini va ulaming hal qilinishi navbatdagi shaxsiy rivojlanish uchun zarur sharoit hisoblanadi: - irisonda donolikni hurmat qilish rivojlanadi (jismoniy kuchga nisbatan); -jinsiy munosabatlarning ijtimoiy munosabatlarga almashinuvi (jinsiy rollaming susayishi); -emotsional egiluvchanlikni saqlash; -ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni bartaraf etish), xulq-atvoming yangi shakllarini izlash75. Inson inqirozli kechinmalarni muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun o‘zida emotsional egiluvchanlikni, o‘sayotgan bolalar va keksayayotgan ota-onalarga nisbatan hissiy barqarorlikni rivojlantirishi zarur. 0 ‘rta yosh inqirozini hal qilish — hayotiy maqsadlami qayta ko‘rib chiqish, insonga berilgan umming qisqaligini anglash, hayot sharoitlarini tuzatish, yangi Men obrazini ishlab chiqish, turmush o‘rtog‘iga, do‘stlariga, farzandlariga ko‘proq e’tibor qaratish, yangi holatini to‘g‘ri idrok etish yangi barqaror davrga olib keladi. Inqirozlarni muaffaqiyatli bartaraf etgan insonlarda 50-60dan keyin kundalik muammolar chetga chiqadi, yanada mahsuldor ishlash uchun sharoit yaratiladi. Hayotiy tajribani umumlashtirish asosida ikkilamchi ijodiy cho‘qqilarga erishish mumkinligi, o‘z tajribasini tizimlashtirish, ishxonadagi yoshlarga o‘rgatish shaxsga quvonch bag‘ishlaydi. Inqirbzli kechinmalaming hal qilinmasligi 50 yoshlarda uning yanada kuchayishiga olib keladi. Inson o‘zidagi o‘zgarishlami rad etib, lavozim kreslosiga yanada yopishib oladi: “Men xali shu yerda ekanman, men bilan hisoblashish kerak, menga yana ishingiz tushadi”. So‘nggi vaqtlarda jamiyatning tez rivojlanishi, axborotlashuv asrida yetukiik davri inqirozlarining yanada yasharganligini kuzatish mumkin. 60 yoshga yaqinlashganda nafaqaga chiqishga tayyorlanish munosabati bilan barcha motivatsiyada o‘zgarish kuzatiladi. Yetuklik davridagi inqirozlaming bolalik davridagi inqirozlardan farqlari quyidagilarda kuzatiladi:
- yetuklik davrida asosiy faoliyat turi doimiy bo‘ladi (mehnat, ishlab chiqarish, oila, muloqot v.b.), bolalik davrida esa yetakchi faoliyat doimiy ravishda o‘zgarib turadi;
- yetuk shaxs asosiy faoliyat turining ichida chuqur o’zgarishlar ro‘y beradi;
- yetuklik davri inqirozlari uzoqroq vaqtda (7-10 y) paydo bo‘ladi, ma’lum bir xronologik yoshga bog‘lanmagan, ko‘proq ijtimoiy vaziyatga, hayotning shaxsiy sharoitlariga bog‘liq;
- inqirozlar orasidagi intervallarda rivojlanish tekis kechadi, xronologik chegaralar shartlidir;
-yetuklik davridagi inqiroz anglangan holda, yopiq kechadi, atrofdagilarga keskin namoyon qilinmaydi;
-inqirozdan chiqish, uni bartaraf etish shaxsning ichki faolligiga, uning o’zigagina bog’liq.
Normal inqirozlardan farqli ravishda anomal rivojlanishda ichki qarama-qarshiliklarni hal qilish uchun nuqsonli shakllardan foydalaniladi. Masalan, spirtli ichimliklarga berilish motivatsion va mazmunli intilishlaming o‘zgarishiga olib keladi.

Yetuklik davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi.


Psixik funksiyalar rivojlanish mexanizmlarida quyidagi xususiyatlar aniqlandi: - Psixofiziologik funksiyalar rivojlanishi ikki fazali xarakterga ega. Birinchi bosqich - funksiyalar taraqqiyotida frontal rivojlanish bo4lib - tug4ilgandan ilk yoki o4rta yetuklikkacha kuzatiladi. Ikkinchi bosqich - psixofiziologik funksiyalarning ixtisoslashuvchi - 26 yoshdan keyin faolroq namoyon bo4 la boshlaydi. 30 yoshda ixtisoslashuv hayotiy tajribaning egallanishi va kasbiy mahorat evaziga ustunlik qiladi. -Yetuk insonning psixologik va psixofiziologik rivojlanishi qarma-qarshi va murakkab strukturaga ega bo4lib, bilish qobiliyati va alohida funksiyalar funksional darajasining susayishi, barqarorlashishi va kuchayishi jarayonlarining . almashishini (birgalikda kelishini) kuzatish mumkin. Aniqlangan qonuriiyat neyrodinamik, psixomotor xarakteristikalarga verbal va noverbal intellekt, xotira kabi oliy psixik funksiyalarga xosdir. - Rivojlanishning geteroxronligi( bir xilda kechmasligi) insonnning individ, shaxs va faoliyat subyekt i sifatida yutuqlari va rivojlanish darajasi mos kelmaydi. Bilish funksiyalarining dinamikasi. 17 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan davrda verbal va noverbal intellekt rivojlanishi bir xilda kechmaydi. Ilk yetuklik davrida (18-25 yosh) psixik funksiyalarning kuchli rivojlanishi xos. Xotira, diqqat tafakkur konstruktiv, ijobiy siljishlar, cho‘qqilar kuzatiladi. Barqarorlashuv 33-35 yoshda kuzatildai. 35 yoshgacha inson intellektual faoliyati funksional asoslarining bir butunligi davom etadi. 30-33 yoshda diqqat, xotira, tafakkur kuchli rivojlanadi, 40 yoshlarda ular birmuncha susayadi. 41- 50 yoshda 36-40 yoshga nisbatan tafakkur ham birmuncha susayadi. Ko‘pchilik soha vakillari uchun 35-39 yosh ijodiy faollik uchun o‘rtacha maksimum yosh hisoblanadi. Aniqroq to‘xtaladigan bo‘lsak, matematik, fizik, ximik kabi aniq fanlarda ijodiy cho‘qqiga erishish 30-34 yosh, geolog, vrachlarda 35-39 yosh, psixolog, faylasuf va siyosatchilarda bir muncha kechroq 40-55 yoshlarda kuzatiladi. Kattalarda bilish funksiyalarining saqlanishiga qadriyatlar yo‘nalganligi katta ta’sir ko'rsatadi. Hayotning turii sohalarida yangilikka faol intilish, ma’lumotlarni izlash, erishilgan natija bilan cheklanmaslik, obrazli tafakkur rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z kasbiy mahoratini takomillashtirish, maxsus adabiyotlarga doimiy murojaat qilish verbal-mantiqiy, amaliy va obrazli tafakkuming rivojlanishiga olib keladi. 51-55 yoshda ham tafakkuming har xil turlarining, diqqat va xotiraning rivojlanishiga kabiy faoiiyatdagi bilishga faol intilish, bo‘sh vaqtda ham nimalamidir o‘rganishga intilish ijobiy ta’sir qiladi. Kattalaming intellektual potensialini optimallashtirishning muhim omillari quyidagilardir:
ma’lumoti darajasi (oliy, texnik, gumanitar, o‘rta maxsus v.h.);
ta’lim - individual va tashkiliy bilish jarayoni sifatida;
kasbiy faoliyat turi;
mehnat faoliyati xarakteri (aqliy zo‘riqishga ehtiyoj, ijodiylikning mavjudligi) v.b.
Yetuk insonlar intellekti saqlanishi bilan bir qatorda uning sirukturasida sifat jihatidan qayta o`zgarishlar sodir bo`ladi. So`zli matnlami umumlashtirish ustunlik qiladi. Intellekt rivojlanishida yangi bo`lishi mumkin bo'lgan bosqich - muammoni o‘zi qo'ya olishidadir. Uzoq muddatli xotirada verbal esga tushirish keksalik davrigacha oczgarmaydi, reaksiya tezligi, qisqa muddatli xotira, qayta esga tushirish bir muncha susayadi. Shunga qarmay kasbiy xotiraning takomillashishi mnemik fimksiyalaming umumiy susayishi bilan mos kelmasligi mumkin. So`nggi zamonaviy longityud tadqiqotlarda aniqlanishicha, yetukiik davridagi insonlaming kognitiv rivojlanishi tugallanmaydi, lekin kattalaming aynan qanday qobiliyatlari qanday qilib o‘zgarishi haqida umumiy fikrga kelinmagan. Bunda ayrim olimlar “dialektik tafakkur va mustaqil tanlangan pozitsiya va ma’suliyat” tushunchalaridan foydalanadilar, bunda intellekt sifat jihatidan qayta qurilishi nazarda tutiladi. Tafakkur rivojlanishida dialektik bosqich bu qarama-qarshi fikrlami o‘ylab topish, ulami sintezlash yoki ideal va real holatlami integratsiya qilishdir. Boshqa tadqiqotchilar esa turli yosh davrlaridagi murakkab vazifalami hal qilish uchun intellektdan egiluvchan foydalanish va uni doimiy takomillashtirish haqida fikr yuritadilar.

3 Bob. Yetuklik davri inqirozi borasida tajriba sinov ishlari.

Yetuklik davri inqirozi borasida tajriba sinov ishlarini olib borish.

Tajriba sinov ishlari natijalarini tahlil qilish.


Yetuklik davri inqirozi borasida “kuzatish metodi” orqali tadqiqot olib bordim 20 ta sinaluvchidan shulardan 9 nafari muvaffaqiyatli òtdi. Yetuklik davrida inqirozlarning kechishi, davomiyligi shaxsiy hayotdagi sharoitlarga boģliq hisoblanadi. Bu yosh davrida rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi òsishga va òz-òzini takomillashtirishga ichki intilish hidoblanadi. Bu yoshdagilar òz-òzini anglashi ya'ni "individualizatsiyani" amalga oshirishi zarur bòladi. Òtkazgan sinaluvchilarimda bu xususiyatlarning hammasi mavjud edi. Qolgan sinaluvchilarda hayotga qiziqishi yòqolgan jismoniy quvvatining kamayganligini his qilganini aytdi. Men yana "Suhbat metodikasidan" ham foydalandim 6 nafar sinaluvchoi bilan suhbatlashdim shulardan ikki nafari ishga kirib ishlagan paytlari kòplab inqirozlarga duch kelganini ayti qolganlarida bunday inqirozlar yuz bermagan.

Xulosa.


Bu yosh davrida rivojianishning ijtimoiy vaziyati insondan ishlab chiqarish sohasiga, mehnat faoliyati sohasiga, o‘z oilasini qurish va farz&ndlar tarbiyalashga faol kirishishni talab etadi. Yetuklik davrida rivojianishning ijtimoiy vaziyati ichki tomondan mustaqil I ikka intilish, ma'suliyat hissining kuchayishida ifodalanadi. 0 ‘z hayoti va yaqinlarinifif hayoti uchun shaxsiy ma’suliyatni anglash, bu ma’suliyatni qabul qilishga tayyorlik -etuklik davridagi rivojlanish ijtimoiy Vaziyatining asosiy kechinmasidir.
Yetuklik davrida shaxsning rivojlanishi psixologiyadagi kam o‘rganilgan muammolardan biridir. Masalan, psixoanalitik nazariyalar shaxs anomaliyalariga, patologik variantlariga e’tibor qaratadi. Norma kasallik belgilarining yo‘qligi sifatida qaraladi. Boshqa yo‘nalish, gumanistik psixologiya vakillari o‘zligini namoyon qilgan mashhur shasxlarni absolyutlashtiradi.
Dastlabki inqiroz ilk yetuklikka o‘tishda, 20-22 yoshda namoyon bo‘lib, “ota-ona ildizlaridan bo‘linish” inqirozi deb ataladi. Yoshlikning asosiy vazifalari va muammolari: hayotiy rejalarni aniqlashtirish va ulami aimalga oshirishga kirishish; o‘zligini topish individuallikni ishlab chiqish; o‘zining huquq va majbiriyatlarini bilgan yetuk inson deb anglash; turmush o‘rtoq tanlash va o‘z oilasini qurish; kasbiy faoliyatda ixtisoslashish va mahoratni egallash.



Download 101.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling