Pedagogika va psixologa
Hukmronlikka intilish-tobelik
Download 101.14 Kb.
|
Muhayyo Mamatqulova 523-21
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ijtimoiy yetuklik, onglilik.
3.Hukmronlikka intilish-tobelik.
Ballar yigʼindisi: 3, 13, 23, 33, 43, 53, 63, 73, 83, 93. 1-3 ball (3,5ball). Siz odatda atrofingizdagi odamlarning xohish va istaklariga yon berasiz; itoatkor va moslashuvchansiz (bu odamning tendentsiyasi oʼzgalar taʼsirida hulqini oʼzgartirish). Koʼproq siz tobeʼsiz, ochiq koʼngilsiz, sizga qoʼyilayotgan va bajarilishi zarur boʼlgan va talablarning toʼgʼri bajarilayotganini havotirlanib, zoʼr etibor berib tekshirib borasiz. Oʼzini nuqtai nazarini himoya qila bilmaslik, oʼziga va oʼzini imkoniyatiga yetarli ishonmaslik koʼproq ish jarayoniga salbiy taʼsir koʼrsatadi. 5-6 ball (4,5 ball). Sizni atrofingizdagi odamlar taʼsiriga toʼla beriladi deb aytib boʼlmaydi. Koʼproq sizni tutgan yoʼlingiz “Men kontseptsiyasi” ni ijobiy namoyon boʼlishini talab qiladigan kasbingiz taʼsiri bilan. Shu bilan bir vaqtda atrofdagilar talabini ham hisobga olasiz. Mustaqilligingizni belgilovchi huquqingizni himoya qilishda siz agressiv emassiz, shu bilan birga sizda juda yuqori turuvchi shaxslar oldida quldek boʼlishni ham xohlamaydi. 8-10 ball. Siz daʼvogar odamsiz, oʼzingizga ishonasiz, fikrlashingiz mustaqil, qattiqqoʼlsiz, oʼz qonunlaringizni oʼrnatasiz, har doim oʼz holingizcha ish tutasiz. Deyarli har doim ustunlikni yaxshi koʼrasiz. Obroʼlisiz, lekin odatda rahbarlarga boʼysunmaysiz. Humronlikka intlish yuqori darajada boʼlgan shaxslar odatda, dadil, faol va gʼayratli boʼladilar. Boshqa shaxslarga qaraganda bunday shaxslar janjalkash boʼlib, agressiv holatlarni koʼproq boshdan kechiradilarki, bu oʼz navbatida ularning sogʼligiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Bunday shaxs oʼz obroʼsini doim saqlab qolsada, bu holat oxir oqibatda undagi “Men-kontseptsiyasi”ning pasayishiga olib keladi. 4. Ijtimoiy yetuklik, onglilik. (Yuqori darajadagi vijdoniylik-vijdonsizlik, ongsizlik). Ballar yigʼindisi: 4, 14, 24, 34, 44, 54, 64, 74, 84, 94. 1-3 ball (3,5 ball) –Vaqtdan foydalanib vaziyatdan foyda izlaysiz. Qoidalardan oʼzingizni olib qochasiz. Burchlarni kam his qilasiz, maqsadlaringiz oʼgaruvchan. Jamoat topshiriqlarini bajarish uchun kuch sarflamaysiz, tez-tez oʼzingizni jamoaga qarshi qoʼyasiz va koʼpincha undagi janjallarning boshlovchisi boʼlib qolasiz. Umuman olganda, sizga oʼzingiz haqingizda yuqori fikrlar halal bermaydi, aksincha, Ehtimol, siz oʼzingizni “Men” ingizni faol himoya qilsangiz kerak. Onglilikni koʼrsatish ustida ishlash kerak. 5-6 ball (4; 4,5;6,5;7). Аfsuski, siz hayotga va ishga yengil qarash, javobgarlikni his qilmaslik, tejamsizlik kabi hislatlardan toʼla ozod emassiz. Аmmo, bunday holat “Men-kontseptsiyasi” ni salbiy ekanligini koʼrsatmaydi, balki oʼz hulqini boshqara olish va qaʼtiylikni yetarli emasligining oqibati boʼlib hisoblanadi. Har qalay, siz umuminsoniy qadr-qimmatlarni tan olishga va ahloq qoidalariga rioya qilishga intiluvchi shaxs sifatida mavqega egasiz. 8-10 ball (7,5 ball) – Siz vijdonlisiz, sizga ishonsa boʼladi, burchingizni his qilasiz, oʼzingizga talabchansiz, javobgarlikni his qilasiz, qatʼiysiz, rejalar bilan toʼlib-toshasiz, vaqtingizni bekorga oʼtkazmaysiz, quvnoq odamlar davrasida vijdonan ishlashni maʼqul koʼrasiz. Shuning uchun boshqalar sizga ishonishadi, vijdonli boʼlganingiz uchun hurmat qilishadi, lekin oldingizda biroz hadiksirab turishadi. Download 101.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling