Pedagogika va psixologa


Download 101.14 Kb.
bet7/12
Sana05.05.2023
Hajmi101.14 Kb.
#1431165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Muhayyo Mamatqulova 523-21

1. Muloqotga moyillik.
Ballar yigʼindisi: 1, 11, 21, 31, 41, 51, 61, 71, 81, 91
1-3 ball- moslashuvchan emassiz, atrofingizdagi hodisalarga sovuqqonlik va loqaydlik bilan qaraysiz, odamovisiz, odamlarga nisbatan qogʼozlar bilan qiziqibroq ishlaysiz, yolgʼizlikda ishlashni yoqtirasiz, kompromissiv qarashlar, nuqtai nazarlar, hukmlardan qochasiz. Baʼzan qaysarlikni, qahri qattiqlikni, atrofingizdagilarga yaxshilikni ravo koʼrmaslikni oʼzingizda namoyon qilasiz. Bunday shaxslar muloqotga moyillik sezmaydi va oʼz faoliyatida avtoritar uslubida ish tutadi.
4-7 ball. Bunday shaxslar boshqalar bilan hamkorlik qilishga tayyor, diqqat eʼtiborli, qattiq gʼazablanish yoki xursand boʼlish holatlariga (ichki hayajonlanish, ehtiros) tushmaydilar, hulqini boshqara olish qobiliyatiga ega, rahmdil va samimiy, lekin talabchandir.
8-10 ball (7.5 ball) –Sizdagi muloqotga moyillik yuqori darajada. Siz hislaringizin yorqinligi bilan xarakterlanasiz. Tez qaror qabul qilasiz, kun mobaynida kayfiyatingiz tez oʼzgarib turadi. Siz odamlarga diqqat etiborlisiz, rahmdilsiz, jonkuyarsiz. Shuningdek, yumshoq tabiatlisiz, bu xususiyatingizdan hammadan ham oʼzingiz jabrlanasiz. Yana istaklaringiz va intilishlaringiz oʼrtasidagi qarama-qarshilikni keskinlashib ketishidan ehtiyot boʼlishingiz kerak. Shu bilan birga, muvaffaqiyatga boʼlgan intilishingizni susaytirmang, shuningdek, jamoat ishlarida faol qatnashishni davom ettiring, chunki odamlar sizga toʼla ishonishadi.
2. Hissiy barqarorlik-beqarorlik.
Ballar yigʼindisi: 2, 12, 22, 32, 42, 52, 62, 72, 82, 92
1-3 ball (3.5 ball). Bunday kishilarning asablari charchagan, injiq, charchagan, tez hayajonlanadi, oʼz sogʼligi haqida qaygʼuradi., kuydi-pishdi, qiziqishlari oʼzgaruvchan va beqaror. Javobgarlikdan qochadi, baʼzi holatlarni boshdan kechirishda chidamsiz boʼlib, bu uning faoliyatiga salbiy taʼsir koʼrsatadi, natijada “Men”ini zaifligini namoyon qiladi. Siz uchun maktabda ishlash qiyin, lekin kim bilan ishlayotganingizni oʼylab koʼring.
5-6 ball (4, 4,5. 6, 7 ball) Umuman olganda siz oʼz hislaringizni va kayfiyatingizni boshqara olasiz. Аgar sizni “ Men” ingizin “kuchli yoki zaifligi” haqida fikr bildirish kerak boʼlsa, u holda sizning “Men” ingizni kuchi yuqoriroq boʼlib, “Men” kontseptsiyasini ijobiy boʼlshiga olib keladi. Siz pedagogik faoliyatda maʼlum darajada muvaffaqiyat bilan ishlashingiz mumkin. Аgarda sizda, hissiy barqarorlik yanada yuqori darajada boʼlsa, maqsadga muvofiq boʼlur edi.
8-10 ball (7,5 ball). Bu saranjomlik, kuchli iroda, xotirjamlik. Bunday shaxslar asabiylashishdan ozodlar, qiziqishlari barqaror, hayotga real qaraydilar, qatʼiylar. Sizdagi oʼz holatingizni tartibga keltira olish qobiliyatingiz, baʼzi salbiy psixologik xususiyatlaringizga qaramay, faoliyatingizni muvaffaqiyatli boʼlishiga yordam beradi.

Download 101.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling